Oʻzbekiston FAning yuqori organi — FA akademiklari va ilmiy tekshirish muassasalari direktorlaridan tashkil topgan Umumiy majlis. FA Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantirish va akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun uning Hayʼati tomonidan har yili kamida 1 marta chaqiriladi. Umumiy majlisda ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlari va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalari muhokama etiladi hamda ular boʻyicha zarur qarorlar qabul qilinadi, akademiya faoliyatining asosiy tashkiliy masalalari hal qilinadi, Oʻzbekiston FAning 122 aʼzosi bor (2005). Akademiya muassasalarida 5259 ilmiy xodim, jumladan, 360 fan d-ri va 860 fan nomzodi ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |