Akademiya tashkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekshirish muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tekshirish ishlarining koʻlami va salmogʻi jihatidan katta tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari, taʼlim va maʼrifat masalalari, liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshliligini oshirishning metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi oʻzgarishlar, mehnatni ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash muammolari, moliyakredit, soliq va sugʻurta mexanizmini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati va kuchli demokratik davlatni shakllantirish masalalari boʻyicha tadqiqotlar olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |