26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.


partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining 
o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning 
mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro 
hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi 
roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, siyosiy partiyalarning Qonunchilik 
palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy 
kengashlardagi partiya guruhlariga esa, viloyat hokimlarini iste’foga 
chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning 
mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
2010-yilda Prezident Islom Karimov tashabbusi asosida qabul qilingan 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» davlat hokimiyati va 
boshqaruvini demokratlashtirish, parlamentning roli va ta’sirini kuchaytirish 
bo‘yicha islohotlarning qonuniy va mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu muhim, 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatga muvofiq, Asosiy qonunimizga 
davlat hokimiyati tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati 
tizimini yanada takomillashtirish, parlamentning vakolatini kengaytirishga 
qaratilgan bir qator tuzatishlar kiritildi. Jumladan, Bosh vazir nomzodini
418


parlament quyi palatasiga saylovda eng ko‘p o‘rinlarni olgan siyosiy partiya 
tomonidan ko‘rsatilishini nazarda tutadigan yangi tartib joriy etildi. Milliy 
qonunchilikka Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish instituti 
kiritildi. Ayni paytda, hokimiyatning ijro etuvchi organlarini shakllantirishda 
Bosh vazirning roli va mustaqilligi sezilarli darajada kuchaytirildi.
2014-yil 16-aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi qonun milliy 
parlamentarizm rivojidagi navbatdagi muhim islohotlardan bo‘ldi. Mazkur 
qonunga muvofiq, parlamentning nazorat vakolatlarini kengaytirish va 
kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 78-moddasi parlament palatalari- 
ning parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini konsti- 
tutsiyaviy mustahkamlashga qaratilgan qoidalar bilan to‘ldirildi. Bu, o‘z nav- 
batida, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining konstitutsiya- 
viy asoslarini mustahkamlashda, parlament nazorati instituti ko‘lamining 
yanada kengayishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonun Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini yanada aniq belgilashni, 
uning mustaqilligi va ayni paytda Oliy Majlis oldidagi mas’uliyatini oshirish 
bo‘yicha Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritdi. Rivojlangan demokratik 
davlatlarning umume’tirof etilgan tajribalaridan kelib chiqqan holda hamda 
hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida 
qonunda Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda 
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan 
harakat dasturini taqdim etishi haqida qoidalar belgilandi.
Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har 
yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan 
ma’ruzalar taqdim etish vazifasi yuklandi. Asosiy qonunimizning avvalgi 
tahririga ko‘ra, bunday ma’ruzalarni parlamentning ko‘rib chiqishi uchun 
taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda parlament islohotlari mustaqil- 
likning ilk kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich va tizimli tarzda milliy 
davlatchiligimizning rivojlanish darajasi, jamiyatni demokratlashtirish va 
liberallashtirish jarayonlarining jadal sur’atlari, ko‘ppartiyaviylik tizimining 
mustahkamlanishi, mamlakatimiz aholisining tobora yuksalib borayotgan 
siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasi, ijtimoiy-siyosiy faol- 
ligiga mos tarzda amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar natijasi o‘laroq, 
bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i 
sifatida demokratik parlament tizimi shakllandi va izchil rivojlanib 
kelmoqda.
419



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish