26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


-§. Qonunchilik jarayoni va uning bosqichlari



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.

4-§. Qonunchilik jarayoni va uning bosqichlari
Qonun chiqarish parlament faoliyatining eng asosiy yo‘nalishi bo‘lib, 
bu orqali qonun chiqaruvchi hokimiyat organi davlat va jamiyat hayotining 
eng muhim masalalarini tartibga soladi, ularga o‘z таъсирини ўтказади.
Qonunchilik jarayoni o‘z mohiyatiga ko‘ra parlamentning qonun 
chiqarish funksiyasini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib 
hisoblanadi. Qonunchilik jarayoni - bu davlat rahbari, parlament va 
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilangan tartibda qonun loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va qabul 
qilish, ma’qullash, imzolash va e’lon qilishdan iborat faoliyati hamda bu 
borada yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar tizimidir.
Mamlakatimizda qonunchilik jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
430


Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida», «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida», «Normativ- 
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida» (yangi tahrir), «Qonunlar loyihalarini tayyor- 
lash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
kiritish tartibi to‘g‘risida» qonunlar hamda parlament palatalarining 
reglamentlari bilan huquqiy tartibga solingan.
Mazkur qonun hujjatlarida belgilangan normalar mazmunidan kelib 
chiqib, mamlakatimizda qonunchilik jarayonini quyidagi to‘rtta asosiy 
bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1) qonunchilik tashabbusi bosqichi;
2) qonun loyihasini ko‘rib chiqish bosqichi;
3) qabul qilish bosqichi;
4) qonunni ma’qullash bosqichi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish bosqichi.
Qonunchilik jarayonining dastlabki bosqichi - bu 
qonunchilik
tashabbusi
hisoblanadi. Jahon mamlakatlari konstitutsiyaviy huquqida 
qonunchilik tashabbusi huquqi deganda, parlamentning tegishli vakolatga 
ega organiga qonun loyihasi yoki qonun loyihasi bo‘yicha taklifni 
konstitutsiya yoki qonunda belgilangan maxsus subyekt tomonidan rasmiy 
tarzda kiritish huquqi tushuniladi. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti 
tomonidan parlamentga kiritilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqilishi majburiy 
hisoblanadi. Aynan ushbu xususiyati bilan qonunchilik tashabbusi huquqi 
qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklifdan farq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga binoan, 
qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z 
davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Res­
publikasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari, Vazirlar Mahka- 
masi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuror 
egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan 
qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish orqali 
amalga oshiriladi.
Qonunchilik tashabbusi qonun loyihasini tayyorlashdan boshlanib, 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish va 
uni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy 
jihatdan ta’minlash;
- zarur materiallar va axborot to‘plash;
- qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqish;
- qonun loyihasini tuzish;
- huquqiy va boshqa zarur ekspertiza o‘tkazish.
Qonun loyihasining ilk bosqichda qanday ekanligi, uning g‘oyasi qay
431


tariqa ifodalanganligi hamda uning real ijtimoiy munosabatlarga nechog‘lik 
mos kelishiga ko‘p narsa bog‘liqdir. Bunda, qonun loyihasining konsepsiyasi 
g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi 
kerak:
- huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va 
predmeti;
- tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning 
mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan 
baho;
- qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
- qonun loyihasining asosiy qoidalari;
- bo‘lg‘usi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari 
taxmini.
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga 
olinadi. Ayni paytda, qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga 
muvofiq bo‘lishi kerak.
Qonun loyihasini tayyorlash qonunchilikning holatini chuqur o‘rga- 
nishga, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartib­
ga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni aniq- 
lashga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarining qo‘llanilish amaliyotini 
tahlil etishga asoslanishi zarur.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik 
palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga 
haqlidir.
Qonun loyihasi ustidagi ish tugallanganidan so‘ng, uning sifatiga baho 
berish uchun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining qaroriga binoan 
loyiha huquqiy va boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologiya va 
o‘zga) ekspertizalardan o‘tkazilishi mumkin. Ekspertlar qonun loyihasining 
ekspertizalari natijalari bo‘yicha tegishli xulosa taqdim etadilar.
Ekspertlar sifatida qonun loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok 
etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish 
uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, boshqa davlatlar hamda 
xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Qonun loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan yoki ekspert- 
larning xulosalarida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya 
xususiyatiga egadir.
Ta’kidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq qonun loyihasi huquqiy 
ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda qonun 
loyihasi normalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
432


qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, 
havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvo­
fiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi 
huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi 
qonun hujjatlari monitoringi instituti va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizalari davomida ularda davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquq- 
buzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek, tadbirkorlik 
subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy 
hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor- 
yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlillarni amalga oshiradi.
Moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonun loyihasini tayyorlashda 
unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi, mazkur asoslarni qonun­
chilik tashabbusi huquqi subyekti O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga kelishuv uchun majburiy tartibda yuboradi. Javob O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli yozma murojaat kelib tushgan 
sanadan e’tiboran, o‘ttiz kundan kechiktirmay qonunchilik tashabbusi huquqi 
subyektiga yuboriladi.
Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘pay- 
tirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari 
bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi 
qonunlarning loyihalari 
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi 
bo‘lishi zarur. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
tegishli yozma murojaat kelib tushgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan 
kechiktirmay, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga yuboriladi.
Qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha tegishli barcha ishlar yakun- 
langach, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini 
Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi. Qonun 
loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorda qonunchilik 
tashabbusi huquqi subyektining vakili ko‘rsatiladi, u qonun loyihasini 
Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda ishtirok etadi.
Qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik 
tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat 
tilida kiritiladi. Bir vaqtning o‘zida ularning boshqa tillardagi tarjimasi 
taqdim etilishi mumkin.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda, qonunchilik 
tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi 
kerak:
- qonun loyihasining konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
433


- o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek, qonun 
loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan, deb topish 
to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
- o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan, deb 
topilishi yoki qabul qilinishi kerak bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;
- xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjat-larining, 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, O‘zbekis- 
ton Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qo‘llanishining maqbul- 
ligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy 
qiyosiy jadval;
- moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun 
moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
- davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘pay- 
tirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari 
bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi 
qonunlarning loyihalari 
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Qonunchilik jarayonining navbatdagi bosqichi -

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish