26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқур-



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.

Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқур-
лаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. - Т., 2010.
425


tutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan iboratdir. Qonunlarni qabul qilish, 
kuchga kiritish tartibi Konstitutsiyaning 84-moddasida, Konstitutsiyaga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi esa, uning oltinchi bo‘limida 
belgilangan.
Konstitutsiyaga ko‘ra (84-modda), qonun Qonunchilik palatasi 
tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan 
tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon 
qilinishi ular qo‘llanishining majburiy shartidir.
O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va 
uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish ham Oliy Majlis 
palatalarining birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. «O‘zbekiston 
Respublikasining referendumi to‘g‘risida» (yangi tahrir) 1991-yil 18-noyabr- 
dagi qonunga muvofiq, referendum O‘zbekiston Respublikasining qonun­
larini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat 
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz 
berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita 
ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
referendumni tayinlash tartibi mazkur qonunning 14-moddasida mustah- 
kamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish Oliy 
Majlis palatalarining birgalikdagi eng muhim vakolatlaridan hisoblanadi. 
Oliy Majlis palatalari ushbu vakolatlarini, qoida tariqasida qonunlar va 
muhim davlat dasturlarini qabul qilish orqali amalga oshiradi. Jumladan, 
2012 yildagi qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tashqi 
siyosiy faoliyati konsepsiyasi bilan O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy 
maqsadi, prinsip va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Parlament 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi (1997-y.) va 
boshqa bir qator strategik ahamiyatga ega davlat dasturlari qabul qilingan.
Oliy Majlis palatalarining muhim vakolatlaridan yana biri - bu 
O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud 
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilashdan iborat. Ushbu 
vakolat ham odatda qonun qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Xususan, Oliy Majlis «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to‘g‘risida», «Sudlar to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarni qabul qilish orqali 
ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimi va vakolatlarini 
belgilab bergan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hamda ma’muriy-
426


hududiy tuzilish masalalarini hal etish borasida ham keng vakolatlarga ega. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini 
qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi 
haqidagi qarorlarni tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy- 
hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini 
o‘zgartirish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning 
nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va 
Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi. Ushbu vakolatlarni amalga 
oshirish tartibi «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish 
masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida» (1996-y.) hamda «Geografik 
obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi (2011-y.) qonunlar bilan belgilangan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bojxona, valuta va kredit 
ishlarining qonun yo‘li bilan tartibga solishni ham amalga oshiradi. Bunga 
misol tariqasida «Boj tarifi to‘g‘risida» (1997-y.), «Valutani tartibga solish 
to‘g‘risida» (yangi tahrir) (1993-y.), «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» 
(1996-y.), «Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi (2006-y.) qonunlarni keltirish 
mumkin.
Konstitutsiyamizning 78-moddasida soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni joriy qilish ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 
birgalikdagi vakolatlari qatoriga kiritilgan. Ushbu vakolatning ijrosi, qoida 
tariqasida, qonunlar qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, 
parlament tomonidan 2007-yilda qabul qilingan Soliq kodeksida soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarning tizimi o‘z aksini topgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi 
vakolatlaridan yana biri - bu davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis 
etishdan iborat. Ushbu vakolatni amalga oshirish tartibi 1995-yilda qabul 
qilingan «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilangan.
Konstitutsiyamizning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 
va Senatining parlament nazoratini amalga oshirishga oid muhim vakolatlari 
ham mustahkamlangan. Jumladan, ushbu moddada Oliy Majlis palatalari 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilishi va uning ijrosini 
nazorat etishi belgilab qo‘yilgan.
Parlament palatalarining ushbu vakolatlarini amalga oshirish tartibi 
2003-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun­
chilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunlarda belgilab 
qo‘yilgan. Ularga ko‘ra, navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjeti 
loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy 
yilning 15 oktabridan kechiktirmay Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Davlat 
budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi
427


shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, bu ma’ruzadan so‘ng mas’ul 
qo‘mitaning vakili so‘zga chiqadi. Bunda mas’ul qo‘mitaning vakili 
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha 
fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Fraksiyalarning (depu­
tatlar guruhlarining) qaror loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga 
olinishi shart. Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 
joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunchi­
lik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti mazkur budjet qabul 
qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida ko‘rib chiqish uchun Senatga 
yuboriladi. Davlat budjeti bo‘yicha qaror Senat tomonidan joriy yilning 
15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida 
Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi 
axborotni va zarur materiallarni yuboradi. Qonunchilik palatasi Davlat 
budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. Uni 
ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
hisoboti, mas’ul qo‘mitaning xulosasi fraksiyalarning (deputatlar guruh­
larining) fikrlari va takliflari eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi va tegishli 
qaror qabul qilinadi.
Konstitutsiyamizning 
78-moddasida 
belgilangan 
Oliy 
Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatining parlament nazoratini amalga oshirish 
sohasidagi vakolatlari qatoriga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va 
muhokama qilish, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini 
ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston 
Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish 
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda 
urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon 
qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki 
tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlashni kiritish mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hokimiyati 
organlarini shakllantirish sohasida ham birgalikdagi muhim vakolatlarga ega. 
Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda 
tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
saylov komissiyasini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylashni kiritish 
mumkin.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Konstitusiyamizning 
78-moddasida belgilangan birgalikdagi vakolatlaridan yana biri - bu xalqaro 
428


aloqalar sohasiga doir bo‘lib, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va 
denonsatsiya qilishdan iborat. Parlament palatalarining ushbu vakolati qonun 
qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Oliy 
Majlis palatalarining barcha vakolatlari ifodalanmagan. Shu bois, ushbu 
moddaning 21-bandida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Konstitu- 
tsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mustah- 
kamlab qo‘yilgan. Bunday vakolatlar qatoriga, xususan, Oliy Majlis tomoni- 
dan Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilangan O‘zbekiston xalqi nomidan 
ish olib borish, 60-moddasida belgilangan siyosiy partiyalarning o‘z 
faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqidagi oshkora hisobot- 
larini eshitish, 98-moddasida belgilangan Bosh vazir lavozimiga nomzod 
taqdim etadigan Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga 
mo‘ljallangan harakat dasturini ko‘rib chiqish kabilarni kiritish mumkin.
Konstitutsiyaning 79-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 
mutlaq vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda «mutlaq vakolat» 
deganda, faqat Qonunchilik palatasining o‘zi amalga oshiradigan vakolatlar 
nazarda tutiladi. Bunday vakolatlarga:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning 
o‘rinbosarlarini saylash;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini 
daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
- o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar 
yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan 
qarorlar qabul qilish kiradi.
Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 
80-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, ular nafaqat Senat faoliyatini tashkil 
etish, balki davlat organlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarni shakllantirish, tashqi siyosat, amnistiya, davlat rahbari- 
ning farmonlarini tasdiqlash, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish 
bilan bog‘liqdir.
Xususan, Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi 
va Oliy xo‘jalik sudini saylaydi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muho­
faza qilish davlat qo‘mitasining raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki boshqaruvining raisini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod 
etadi.
Oliy 
Majlis 
Senati 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining
429


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Hisob palatasi raisi, Milliy 
xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimlaridan ozod etish 
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 
raisining hisobotlarini eshitadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo- 
matik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod 
etadi.
Oliy Majlis Senatining yana bir mutlaq vakolati - bu O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 
hujjatlarni qabul qilishdan iborat. 2005-yilda, ya’ni ikki palatali parlament 
shakllanguniga qadar amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi.
Senat, shuningdek, mutlaq vakolatlari doirasida:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik 
huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;
- o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar 
yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan 
qarorlar qabul qiladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish