Asosiy adabiyotlar
MA’RUZA MATBI
MAVZU: KASB-HUNAR TA`LIMINI AMALGA OSHIRISH METODLARI
1. Kasb-hunar ta’lim metodlarining umumiy tavsifnomasi. Kasb ta’lim metodalri deganda о‘qituvchi, o’quv ustasi va о‘quvchilarning birgalikda bajaradigan faoliyat usullari tushuniladi va bu usullar о‘quvchilarning texnik-texnologik bilimlar, kо‘nikma va malakalarni egallashlariga, mustaqil ravishda bilim olish va bu bilimlardan amalda foydalanish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bо‘ladi.
Ta’lim metodlaridan unumli foydalanishimiz uchun ularni bir tizimga keltirib olishimiz zarur.
Pedagogik amaliyotda kasb-hunar ta’limida quyidagi metodlar – og‘zaki metodlar (og‘zaki bayon, tushuntirish, suhbat), (instruktiv materiallar), kо‘rgazmali metod (kо‘rgazmalar, kino, videofilm, slaydalar, kuzatuv…), amaliy metod (kitob bilan ishlash, mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlar)lardan keng foydalaniladi.
Didaktik vazifalarga bog‘liq holda quyidagi metodlar qо‘llaniladi – bilimlarni hosil qilish, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni qо‘llash, mustahkamlash, bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish.
Ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatiga mos ravishda ikki metod ajratiladi va ular 2 guruhga birlashtiriladi: reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
Ta’lim metodini 3 ta asosiy guruxga bо‘lishimiz mumkin:
О‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodi.
О‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodi.
О‘quvchilar о‘quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodi.
Metodning har bir guruhi ham о‘z navbatida kichik guruhlarga bо‘linadi, ularning alohida metodlari bо‘lib, ular ta’lim jarayonining quroli hisoblanadi.
О‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodiga quyidagilar – suhbat, kо‘rgazmali va amaliy metod, о‘qituvchi boshchiligida induktiv yoki deduktiv reproduktiv yoki produktiv yо‘nalishlardagi metodlar kiradi.
О‘quv faoliyatiga qiziqtirish va rag‘batlantirish metodiga – о‘quv bilish va о‘quv ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish hamda о‘qish faoliyatiga qiziqtirish metodlari kiritilgan.
О‘quv faoliyati samaradorligini va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodiga – og‘zaki, yozma va amaliy nazorat о‘z-о‘zini nazorat, hamda bilim darajalari bо‘yicha testlar о‘tkazish kabi metodlar kiritiladi.
Ta’lim metodi – kо‘p manoli tushuncha hisoblanadi. Bu metodlarni bir-biriga qarama-qarshi qо‘yib bо‘lmaydi, balki ulardan kerakli о‘rinda unumli foydalanish zarurdir. Har doim metodlar bir-birini tо‘ldirib keladi, о‘qituvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi faoliyatda keng qо‘llaniladi. Agar aniq bir metod muayyan vaqtda keng qо‘llanilayotgan bо‘lsa, bu metod shu vaqt (jarayon)da didaktik vazifalarni yechish uchun juda muhim va qulaydir.
Har bir metod boshqa bir metod yordami bilan qо‘llaniladi. Masalan, reproduktiv va muammoli-izlanish metodi suhbat, kо‘rgazmalar, amaliy faoliyat yordamida qо‘llaniladi. Shu navbatda suhbat, kо‘rgazmali va amaliy faoliyat metodlari ham reproduktiv yoki izlanish metodlari orqali qо‘llanilishi mumkin.
Metodlarning nomlaridan ham shuni kо‘rishimiz mumkin: muammoli bayon, evristik suhbat, izlanish, tajribaviy-amaliy ishlar, kuzatuv va hokazolar.
Mazkur metodlar nomlari о‘zida ularning yо‘nalishlari mazmuni hamda qо‘llanilish maqsadini ham ifoda etadi.
О‘quv jarayonining eng muhim jihati ushbu metodlarning turlarga bо‘linishi emas, balki о‘qituvchining chuqur bilimga ega bо‘lishi, metodlardan unumli foydalana olishi, ta’lim oluvchilarga о‘quv hamda о‘quv ishlab chiqarish faoliyatida mazkur metodlarni tо‘g‘ri qо‘llay olishga о‘rgatishdan iboratdir.
Ta’lim metodlari о‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi. Shunga kо‘ra ularning uch jihatini kо‘rishimiz mumkin: umumdidaktik va xususiy metodik.
Umumiy didaktik jihat – о‘zida obyektiv mohiyatni, didaktik metodning imkoniyat va talablarini aks ettiradi, bu esa о‘quv jarayoni davriga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Xususiy didaktik jihat – metodning ta’lim jarayoni davrlarida qо‘llash sharoiti hamda ta’lim mazmunining о‘ziga xos xususiyatini ifoda etadi.
Xususiy metodik jihat – metodlarning umum didaktik va xususiy – didaktik tavsifiga asoslanadi va alohida predmetlarni xususiy metodik jihatdan о‘rganilishini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |