III. Ta’lim jarayonini tashkil etish
17. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim jarayoni shakli maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarida belgilanadi.
18. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim jarayoni bolaning alohida, shaxsan yo‘naltirilgan rivojlanishini ta’minlaydigan tez moslashuvchan shakl va pedagogik texnologiyani o‘z ichiga oladi.
19. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish bolalarning imkoniyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyatning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
20. Qisqa muddatli guruhlarda belgilangan tartibda ota-onalar hisobidan, asosiy faoliyatdan tashqari, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda;2011-y., 25-son, 260-modda; 2017-y., 30-son, 732-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |