3- rasm. Sport tipidagi kostyum 4-rasm. "Fantaziy" uslubidagi kiyim (XX asr) (XIX asr)
Moda paydo boʻlgan davrdan boshlab qaror topmoqda, koʻpaymoqda, takomillashmoqda va oʻzgarmoqda. Parij, London va Rimdagi mashhur kiyim modellari uylarida, model' yaratuvchi firmalarda istiqboldagi yangi modellar namoyish qilinmoqda. Эng istiqbolli modellar mashhur moda jurnallarida e`lon qilinadi. Programmaga asoslangan modali kollektsiyalar oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (UIYoK) a`zolari hisoblanuvchi mamlakatlarning kiyim madaniyati boʻyicha doimiy ishchi guruhiga koʻrib chiqish uchun yil sayin taqdim etiladi. Ana shu kollektsiyalarga asoslanib uslubiy kollektsiyalaр tuziladi.
Model' kollektsiyalari mamlakatimizdagi Modalar uylari mutaxassisqlarining har yili oʻtkaziladigan kengashlarida namoyish qilinadi. Uslubiy kengashlar modellashtirishga sanoat nuqtai nazaridan yondashishning bir koʻrinishi hisoblanadi; bu kengashlarda model'er - rassomlar fikr almashadilar, boshqa Modalar uylarining tajribasini oʻrganadilar, shuningdek, etakchi modalarni sanoatga joriy etish masalalari hal qilinadi. SHundan keyin modellashtiruvchi tashkilotlar sanoat nuqtai nazaridan ahamiyatga ega boʻlgan kiyim modellari kollektsiyasini toʻzadi; bu kollektsiyalarda toʻqimachilик sanoati ishlab chiqarayotgan materiallar hamda kiyimni mukammallashtiradigan detallar ishlatiladi [4].
Moda jurnallari kishining va kiyimning yangi estetik (qiyofasi va koʻrinishini propaganda qiladigan, iste`molchilar) talab - ehtiyojini qoʻzgʻatadigan va kuchaytiradigan vosita hisoblanadi. Ilgarigi moda jurnallarida modellar katalogi berilmas edi; ularda koʻproq turli manzaralar tasvirlanib, manzara qatnashchilari yangi modadagi kiyimlarni kiyib hamda nafis harakatlarni namoyish qilishardi. Undagi matnda zamonaviy modaning tahlili berilib, moda turmush tarziga, odobqaxloq koidalari va hokazolarga bogʻlab ketilardi. Bu shunday jurnallarki, haqli ravishda san`at asarlar qatoriga kiritish mumkinlarning tiraji cheklangan boʻlib, rasmlar mohir ustalar qalamiga mansub boʻlardi [6].
hozirgi vaqtdagi konstruktorlar oʻzlarining kundalik ishlarida duch keladigan koʻp sonli moda jurnallari, kataloglar, bukletlar, moda al'bomlaridan ishning koʻzini bilib foydalana olishlari lozim.
Modaning asosiy hamda eng muhim yoʻnalishi "Modalar jurnali"da e`lon qilinadi; mazkur jurnalni Engil sanoat buyumlari assortimenti va Kiyim madaniyati Butunittifoq instituti bosib chiqarmoqda [6]. У boshqa moda jurnallari orasida alohida oʻrin egallaydi. Bu jurnalda kiyim modellari kamroq beriladi, lekin modaning hamma sohalari (bosh kiyimlar, soch turmagi, grim, poyabzal, gazlama, trikotaj, aksessuar)ni oʻz ichiga olgan yoʻnalishiga alohida e`tibor beriladi. Jurnal kitobxonlari estetika komissiyasining moda va kiyim madaniyati toʻgrisidagi fikrlari, qarorlari hamda Modalar uylaridagi va jahondagi mashhur model'erlar yaratilgan maqbul, ajoyib modellar bilan tanishtiradi [5].
Rivojlangan mamlakatlar oʻz modasini yaratmoqda va takomillashqtirmoqda. Bu moda birinchi navbatda mehnatkashlar didiga va ehtiyojiga mosdir. Kiyimning shakli va materialining odatdagicha oʻzgarib turishi fan va texnika taraqqiyotiga, insonning jamiyatdagi oʻrniga, erkaklar bilan ayollar oʻrtasidagi munosabatlar oʻzgarishiga, sportning rivojlanishi va hokazolarga bogʻliq [6].
Do'stlaringiz bilan baham: |