Tarixiy shaxs
|
Yil
(lar)
|
Jang nomi
|
1
|
Jaloliddin Manguberdi
|
1231
|
Arzinjon
|
2
|
Amir Temur
|
1365
|
Loy jangi
|
3
|
Abdullatif
|
1447
|
Tarnob yaqindagi jang
|
4
|
Mirzo Ulug’bek
|
1449
|
Damashq qishlog‘i yaqinidagi jang
|
5
|
Mirzo Abdullo
|
1451
|
Bulung‘ur anhori yoqasida jang
|
A)1,3,5 B)2,3,4 C)2,4,5 D)1,2,4
69.Birinchi jahon urushi arafasida qaysi davlatda trestlarga qarshi qonun qabul qilindi
A) AQSh B) Fransiya
C) Germaniya D) Buyuk Britaniya
70. ”Shimoliy urish” qancha davom etgan?
A) 9 yil B) 30 yil C) 20 yil D) 21 yil
71. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari bo’lib o’tgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida bosh mukofotni qayerning maqom akademiyasi qo’lga kiritadi?
A) Eron B) O’zbekiston
C) Tojikiston D) Turkiya
72. XX asr boshlarida Fransiya eksportida fransuz vinolari 1),jun (2), ip gazlama (3), shoyi gazlama (4) vino
mahsulotlarining egallagan o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) 1-o’rin; b) 2-o’rin; c) 3-o’rin; d) 4-o’rin
A) 1-a;2-c;3-b;4-d B) 1-d;2-a;3-b;4-c
C) 1-d;2-b;3-c;4-a D) 1-b;2-d;3-a;4-c
73. Ma’lumki, Pyotr I ning O’rta Osiyo xonliklariga uyushtirgan harbiy ekspedisiyasi inqirozga
uchragach, harbiy istehkomlar qurishga kirishgan edi. Shunday istehkomlardan Irtish daryosi
sohilida nechtasi barpo etilganligini aniqlang.
A) 7 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 5 ta
74. Qadimda Urartu davlati hozirda qaysi davlat hudutlariga to’g’ri keladi?
1.Suriyaning bir qismi 2.Turkiyaning sharqi; 3.Livanning hududi; 4.Armaniston; 5.Falastinning janubi
A) 2,4 B) 1,3 C) 3, 5 d) 1,4
75.Qaysi qatorda noto’g’ri javob berilgan?
A) Afinada davlat maktablari bo’lmagan
B) Jinsidan qat’i nazar barcha fuqarolar Xalq Majlisida ishtirok eta olardi
C) Afina xususiy maktablarida adabiyot ,she’r yozish va musiqa o’rgatilgan
D) Afina davlatiga kumush konlari va tuz qazib chiqarish katta daromad kelt
Ona tili : A-variant
76. Qaysi javobda yasama shaxs oti nisbatan ko’proq?
A) Ko’plab o’zbek ijodkorlari bog’bon, dehqon, xizmatchi, savdogar oilalarida tug’ilganlar
B) Bozorda baqqollar zargarlar, gulchi, dehqon hamda kulollar issiqqa chidalmay terga botishdi
C) Dehqonchilik va hunarmandchilik bilan oila tebrata olmagan Holmat endi savdogar bo’lib ishlardi
D) Barcha javoblarda yasama shaxs otlari bir xil berilgan
77. Ot va fe’l tuzilishidan tarkib topgan qo’shma ot qaysi javobda keltirilgan?
A) iskabtopar B) ishyoqmas
C) beshiktebratar D) ertapishar
78. Li yasovchi qo’shimchasi bilan ma’nodosh bo’la oladigan qo’shimchalar qaysi javobda keltirilgan?
A) lik/bon B) ser/bon C) kor/ba D) be/ser
79. Qaysi javobda nisbiy sifatlar berilgan?
A) o’qigan, bo’ladigan B) g’ishtin, ertalabki
C) yam-yashil, ko’rkam D) kamtar, aqlli
80. Qaysi javobda fe’ldan yasalgan sifatlar keltirilgan?
A) siniq, og’riq B) belanchak, issiq
C) sotqin, to’lin D) erkin, tirishqoq
81. Qaysi javobda javobi tasdiq ma’nosini ifodalovchi ritorik so’roq gap berilgan?
A) O’zi yuvosh va aqlli bo’lsa, kim ham uni so’kishni xohlardi?
B) Kim ham onasiga gap qaytara oladi?
C) Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig’ardi?
D) Kim baxtli va farovon yashashni xohlamas ekan?
82. Tobe va hokim qismi yasama so’z bilan ifodalangan so’z birikmasi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) chiroyli kiyim B) doskaning changi
C) birdan gapirmoq D) qimmatbaho ko’ylak
83. Mayin esgan yel ta’sirida gulxan yana-da lovvullab yona boshladi. Ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi so’z turkumiga tegishli?
A) ravish B) taqlid C) undov D) fe’l
84. Qaysi javobda yordamchi so’z turkumidan yasalgan so’z ifodalangan?
A) Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar
B) Qars ikki qo’ldan chiqadi
C) Kampirning dodiga odam tezda to’plandi
D) Otlarning dupur-dupuridan cho’chib uyg’onib ketdik
85. Qaysi javobda o’zlik olmoshi shaxsni emas, narsani ifodalab kelgan?
A) Avvaliga hayron bo’ldim, nahotki shuncha paxtani o’zim tergan bo’lsam?
B) Qobul bobo ekkan yong’oqlar o’zi pishib o’zi to’kiladi, uni kimdir qiynalib qoqishi shart emas
C) Tushida alahsirab o’ziga-o’zi gapira boshladi
D) Rostini aytsam, o’zim ham yomon bola emasman
86. Ham so’zi birikmasi, ham ibora vazifasida kela olmaydigan birikmani toping?
A) boshiga ko’tarmoq B) ko’nglidan o’tkazmoq
C) yaxshi ko’rmoq D) kapalagi uchib ketmoq
87. Qaysi javobda yasama so’zlar berilgan?
A) eskicha, uycha, tushuncha
B) tushuncha, bog’cha, charcha
C) qizilcha, tushuncha, yigitcha
D) o’rtacha, beshtacha, qishloqcha
88. Qaysi qo’shimchalar orqali fe’l yasaganda so’z asosida fonetik o’zgarish hosil bo’ladi?
A) i/illa/la B) a/ar/ay C) ira/illa/la D) q/vchi/qi
89. Quyidagi javoblarning qaysi birida qo’shma fe’l ifodalangan?
A) Yomg’irdan keyin ariq yana-da kengayib ketdi
B) Alisher uygacha gapirib ketdi
C) Holmatning onasi bizga yoshligi haqida gapirib berdi
D) Bog’imizdagi eng chiroyli gullardan uzib onamga sovg’a qildik.
90. Qaysi javobda II shaxs orqali I shaxs ma’nosi ifodalangan?
A) Hamma ishni Shermat qiladi, ammo huzurini boshqalar ko’radi. Kimga kerak bunaqa hayot?
B) Ba’zida insonlarning kuyib-yonishini ko’rib bu hayot shunga arzirmikan deb o’ylab qolasan?
C) Anvar, bu yoqlarda ne qilib yuribsan? –dedi maxdum
D) Iye taqsir, kelsinlar, qadamlariga hasanot.
91. Sog’lom va zehnli bo’lib ulg’aygan bola hayotda hech qachon qiynalmaydi va hech kimni ranjitmaydi. Ushbu gapda ishtirok etgan fe’llar haqida to’g’ri ma’lumotni toping?
A) 2 ta yasama fe’l ishtirok etgan B) yasama fe’llarning barchasi fonetik hodisaga uchragan
C) barcha fe’llar tarkibida lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan
D) barcha fe’llar kesim vazifasida kelgan.
92. Har-xil so’z turkumlari doirasida shakldoshlik qila oladigan so’zlar berilgan javobni ko’rsating?
1) bor 2) kul 3) atlas 4) suq 5) oshiq 6) yara 7) qari 8) mol 9) yot 10) soch
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 B) 2,4,5,6,7,9,10 C) 1,2,4,5,6,9,10 D) 2,3,4,5,6,8,10
93. Bemor ayollar bilan gaplashdi-yu, lekin ko’ngli, turmushi haqida ochiq gapirmadi. Ohang o’zgarishiga qarab bemor so’zi qaysi gap bo’laklari bo’lib kela oladi?
A) ega/to’ldiruvchi B) faqat ega
C) undalma/ega D) ega/aniqlovchi
94. O’z paronimi bilan har xil so’z turkumi doirasida paronimlik hosil qila oladigan so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) da’vo/ball B) urish/afzal C) toblanmoq/asil D) oriq /she’r
95. Qaysi ijodkor o’zini o’tmishda erkinlik uchun qattiq kurashgan isyonkor qullarning so’nmas avlodi ekanligini o’z asarida ta’kidlab o’tgan?
A) Sheroziy B) Ezop C) Abdulla Qodiriy D) Usmon Nosir
96. Xalq dostonlari qahramonlaridan qaysi biriga nisbatan “O’zi zo’r-ku, zo’r bo’lsa ham, juda qo’rqoq sal do’qdan ham qo’rqadi”-deya ta’rif berilgan?
A) Alpomish B) Ravshan C) Mohiboy D) Qorajon
97. Quyidagi ijodkorlardan qaysi biri uchta taxallus ostida she’rlar yozgan?
A) Navoiy B) Nodira C) Uvaysiy D) Lutfiy
98. Quyidagi xalq dostonlaridan qaysi biri XX asrning 50- yillarida sho’ro rahbarlari tomonidan qattiq tanqidga uchragan?
A) “Go’ro’g’lining tug’ilishi” B) “Ravshan” C) “Alpomish” D) “Kuntug’mish”
99. O’zbek xalqining Chor Rossiyasi va sho’ro bosqini ostida o’tgan hayotini – yuz yildan ortiq tarixini o’zida mujassam etgan asar?
A) “O’tkan kunlar” B) “Kecha va kunduz” C) “Ufq” D) “Otamdan qolgan dalalar”
100. Qaysi asarlardan farzandi tufayli aqldan ozib, telba bo’lgan onalarning achchiq taqdiri aks ettirilgan?
A) “Asrga tatigulik kun”/ ”Kecha va kunduz” B) “Ikki eshik orasi”/ “O’tkan kunlar”
C) “Dunyoning ishlari”/ “Ufq” D) “Kecha va kunduz”/ “Ufq”
101. Qaysi ijodkor mansabni buyuk qoyaga o’xshatgan
A) Abay B) Navoiy C) Sa’diy D) Avloniy
102. Qaysi ijodkorning hayoti va ijodini o’sha ijodkorning hali hayotlik chog’idanoq o’rganish boshlangan
A) Gulxaniy B) Navoiy C) Sa’diy D) Muqimiy
103. “Baxt va shodlik” kuychisi deya tariflangan ijodkorning ilk she’riy to’plami berilgan javobni toping?
A) “Ko’klam” B) “Hayot varaqlar” C) “Tuyg’ular” D) “Shu’lalar qo’ynida”
104. Qaysi ijodkor o’z asarida “Yaxshi odamning uyida yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir, bunday xotin bilan yashamoqdan Yaratganning do’zaxi olovida yonmoqni Afzal bilaman”-deb aytib o’tgan?
A) Gulxaniy B) Navoiy C) Sa’diy D) Muqimiy
105. Qodiriy, Cho’lpon va Fitrat kabi ma’rifatparvarlar qattiq ta’qibga uchragan paytda Cho’lpon haqidagi bo’htonlarga qarshi maqola yozgan hamda “Abdulla Qodiriyning ijodiy yo’li” degan risolasi bilan ulug’ yozuvchi himoyasiga chiqqan ijodkor berilgan javobni toping?
A) Oybek B) G’.G’ulom C) Maqsud Shayxzoda D) Said Ahmad
Ona tili : A-variant
46. Qaysi javobda yasama shaxs oti nisbatan ko’proq?
Do'stlaringiz bilan baham: |