Nazorat uchun savollar:
1.Inflasiyaning mohiyati va turlari nimalardan iborat.
2. Inflasiya nima?
3.Iqtisodiyotda inflasiya darajasi.
Uyga vazifa: Inflasiya haqida umumiy o’rganish.
Mavzu:Inflasiya uning mazmuni,kelib chiqish sabablari va shakllari.
Reja: 1. Inflasiyaning ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlari.
2.Inflasiyaga qarshi siyosat.
3.Monetaristik yo’nalish.
Inflyasiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari
Iqtisodiyotda inflyasiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha
jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan
inflyasiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda
iqtisodiyotda inflyasiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so‘ng uning
salbiy ta’siri seziladi. Inflyasiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida
quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq.
1.Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real
daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning
yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda
xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning
moliyaviy holati yomonlashadi.
2.Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‘rtasida qayta
taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar.
Dj.Millning fikriga ko‘ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o‘sib borishi,
boshqacha so‘z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi,
kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi»35.
3.Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o‘z
ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek,
barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi.
4.Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar kamayib
boradi va oxir oqibat to‘xtaydi. CHunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida
olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda olinadi.
5.Aholining barcha shakldagi pul jamg‘armalarining (omonat, naqd pul,
obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. SHuningdek,
korxonalarning jamg‘armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati
inflyasiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda
rekonstruksiya qilishga imkoniyat qolmaydi.
6.Omonatlar bo‘yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal
ko‘rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining
banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablag‘larning bankdan tashqari
oborotining hajmi ortib boradi.
7.Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo‘lgan manfaatdorlik
yo‘qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi
tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini rag‘batlantirish pasayadi.
8.Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari
markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada xorijiy
valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda
qiyinchiliklar vujudga keladi.
9.Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga
shubha tug‘iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan
makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |