Asl metall qotishmalari.
Asl metall ruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi.
Asl metall ruda konlariga oltin, platina va kumush konlari kiradi. Asl metall ruda konining eng katta zapasi kamdan-kam hollardagina o’n minglab t ga etadi va, odatda, o’nlarcha-yuzlarcha t bo’ladi, (masalan, 1 t rudada juda kam hollardagina 10 g dan ortiq oltin (0,001 %) bo’ladi). Oltin rudalari oltinli kvars va boshqa tarkibli gidrotermal tomirlar va shtokverklarda uchraydi (masalan — Shnmoli-Sharq, G’arbiy va Sharqiy Sibir, Ural, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqalarda). Uran (radiy) va toriy konlari radioaktiv metall ruda konini tashqi l etadi. Uran rudalari konlari ichida gidrotermal va cho’kindi konlar muhim rol o’ynaydi. Toriy rudalari granitoidlar va ishqorli jinslar bilan uzviy bog’liq;
Toriyning metallning asosiy qismi aksessor minerallar (monasit, sirkon, kseno-tim, ortit) tarkibida, bir qismi pegmatitlarda, qolgan qismi esa, Sn, Pb, Zn, Ag, Co, Ni, U va boshqa rudalari bilan to’planadi.
Oltin yugurtirish (zolochenie)— buyumlar sirtiga yupqa (mkm ning ulushlaridan bir necha mkm gacha) oltin qoplash; bunda buyum bezaladi, himoyalanadi yoki himoyalanib, ham bezaladi.
Kumushlash (serebrenie)— buyumlarni korroziyadan saqlash, yaltiroq qilish va bezash maqsadida ular sirtiga galvanik usulda kumush qatlami qoplash.
Palladiylash (palladirovanie)— metall buyumlarni korroziyadan saqlash yoki ular sirtlari nurni yaxshi qaytara oladigan qilish uchun ularni galvanik usulda palladiy bilan qoplash.
.
Platinalash (platinirovanie) — 1) metall buyumlarning korroziya bardoshligini, nur qaytarish xossalarini, eyilishga chidamliligini oshirish, shuningdek kontakt elektr o’tkazuvchanligining doimiyligini saqlash uchun ularning sirtiga elektrokimyoviy usulda yupqa (1—5 mkm) platina qatlamini qoplash.
Platinali qotishmalar (platinovie splavi) — platina (asos) ning boshqa asl metallar, ko’pincha rodiy (40% gacha), palladiy (50%gacha), iridiy, shuningdek nikel, kobalt, xrom, volfram va molibdenli qotishmalari. Ko’pchilik yemiruvchi muhitlarda korroziyabardoshlik, mexanik xossalarining yuqoriligi, ko’p hollarda esa katalizator kabi ta’siri bilan harakterlanadi. Qarshilik pechlarining qizdirgichlari, elektr kontaktlar, termoparalar uchun, kimyo va boshqa sanoat sohalarida olovbardosh va korroziya-bardosh materiallar sifatida ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar
Metallik bog’li qattiq jismlar qanday xossalarga ega?
Mono va polikristallarning xossalarini ayting.
Isiqlik va olovbardash metall qotishmalarga misollar keltiring
Do'stlaringiz bilan baham: |