23.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning son va sanoq bo‘yicha tasavvurlanini shakillantirish,xisoblash amallari bilan tanishtirish.
Reja:
1.Xisoblashga o‘rgatish.
2.Bolalarda son va raqam tushunchasi rivojlanishining mazmuni va uslubiyati.
3.Bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
4.Bolalarda son sanoq haqidagi bilimlarni rivojlantirishga qartilgan o‘yinlarni tashkil etish.
Mavzuning maqsadi: . Son va sanoqning dastlab qachon paydo bo‘lganligi noma’lum. Lekin bundan bir necha o‘n ming yillar burun odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun turli buyumlar yasab, mehnat qilganlar.
Topshiriq: Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini “Zinama-zina” metodi asosida yoriting va taqdimot tayyorlang.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlar.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlardan foydalanamiz.
«Chalkashtirish» o‘yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, to‘g‘ri sanash mashqlari, kuzatuvchanlik, xotira, diqqatni rivojlantirishga imkon beradi. O‘yinda doskaga tartib bilan qo‘yilgan 1 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi.
Bolalar ko‘zlarini berkitadilar, tarbiyachi raqamlardan bittasini olib qo‘yadi. Bolalar ko‘zlarini ochib, qaysi raqam olib qo‘yilganini aytishlari kerak. Bolalar o‘yin qoidasini o‘zlashtirib olganlaridan keyin trabiyachi bitta raqamni olib, qolgan raqamlarni surib qo‘yishi, sanash tartibiga rioya qilmay, raqamlarning o‘rnini almashtirib qo‘yishi, o‘yin boshida bo‘lmagan raqamlarni qo‘yib qo‘yishi mumkin.
Sonlar qatorini o‘zgartirmasdan qordan ldirish ham mumkin, lekin bunda bolalardan «nima chalkashtirilgani» so‘raladi. Bolalar bu gal hamma sonlar tartib bilan turganligini aytishlari kerak.
O‘yin tezlik tempida o‘tadi va bolalarning unda eng ko‘p qatnashishiga imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. O‘yin davomida bolalarning 15 gacha to‘g‘ri sanash malakalari mustahkamlanadi.
Uyga vazifa: Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini “Zinama-zina” metodi asosida yoriting va taqdimot tayyorlang.
Nazorat savollari:
1.Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
2.Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari bir-biridan qanday farq qiladi?
3. «Tengdan», «baravardan», «ko‘p», «kam» tushunchalarini o‘zlashtirish, shuningdek, sanoq ko‘nikmalarini puxta shakllantirpsh qanday amalga oshiriladi?
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qarori. 2016 yil, 29 dekabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori. 2017 yil, 19 iyul.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentyabr.
4. Bikbaeva N.U., Ibragimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 1995
Do'stlaringiz bilan baham: |