23-Mavzu. Abdusamiy soliyevning geografya faniga qushgan hissasi


-yil oktyabrida Abdusami Soliyev yana universitetga, o’zining geografiya fakultetiga ishga taklif qilindi



Download 55,85 Kb.
bet2/2
Sana29.05.2022
Hajmi55,85 Kb.
#618570
1   2
Bog'liq
23-Mavzu

1974-yil oktyabrida Abdusami Soliyev yana universitetga, o’zining geografiya fakultetiga ishga taklif qilindi.

  • 1974-yil oktyabrida Abdusami Soliyev yana universitetga, o’zining geografiya fakultetiga ishga taklif qilindi. U o’zi bitirgan iqtisodiy geografiya kafedrasida avval katta o’qituvchi, 1979-yildan dotsent lavozimida ishlab keldi. 1984-yilda universitet rektori – akademik S.X.Sirojiddinov A.Soliyevni mazkur kafedraning mudirligiga tavsiya qildi. U ushbu vazifani 2010 yilgacha, ya’ni salkam 26 yil davomida bajarib keldi.
  • Mudir – Abdusami Soliyev kafedraning o’quv, o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy pedagogik salohiyatini mustahkamlashga katta e’tibor qaratdi. Kafedrada magistratura, aspirantura va doktorantura mavjudligi ham bevosita A.Soliyev tashabbusiga bog`liq. U iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlarini universitetning boshqa fakultetlarida (falsafa, jurnalistika, tarix, biologiya va b.) o’qitilishini tashkil qildi, ularning dasturlarini tayyorladi va o’zi dars berishni boshlab bergan edi. Geografiya fakultetida esa, u asosiy va maxsus fanlardan yuqori pedagogik mahoratda talabalarga saboq berib kelmoqda. Unda kasbiy mohirlik va olimlik o’zaro mujassamlangan edi.
  • Abdusami Soliyev 1986-yilda sobiq Ittifoq FAning Geografiya institutida o’zining "O’rta Osiyo respublikalari aholisining joylanish omillari va qonuniyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 1989 yildan umrining oxirigacha professor lavozimida faoliyat yuritdi.
  • 1995-yilda A.Soliyev Xitoy Xalq Respublikasi Sinzyan-Uyg`ur avtonom respublikasi taklifiga binoan bir oy davomida Urumchi universiteti talaba va tadqiqotchilariga iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning zamonaviy muammolari bo’yicha turkum ma’ruzalar o’qidi. Shuningdek, u Qozog`iston Milliy universiteti, O’sh, Janubiy Qozog`iston (Chimkent), Krasnoyarsk davlat universitetlarida ham dars bergan. O’zimizning respublikamizda esa professor Abdusami Soliyev Samarqand, Nukus, Andijon, Buxoro, Namangan, Urganch, Farg`ona, Qarshi universitetlarida, Toshkent viloyati (Angren) hamda Navoiy, Qo’qon va Jizzax pedagogika institutlarida ma’ruzalar o’qigan. U universitetning sobiq rektori akademik To’rabek No’monovich Dolimov tavsiyasi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida ham 1994-1998 yillarda o’rindosh sifatida dars bergan. Biroq, qanchalik takliflarga, va’da qilingan lavozimlarga qaramasdan A.Soliyev o’zining jonajon universitetiga sodiq qoldi, uni tark etmadi.
  • Abdusami Soliyev butun umri mobaynida katta metodik ishlarni ham bajardi. U Respublika Ta’lim markazi kengashining a’zosi, O’zbekiston xalq ta’limi a’lochisi sifatida umumta’lim maktablarning o’qituvchilariga ma’ruzalar o’qir edi. Maktab o’quvchilariga darslik va kartalar yaratishni esa o’zining muqaddas burchi deb bilardi. A.Soliyev VIII sinflar uchun darslik, kollej va akademik litseylar uchun o’quv qo’llanma va darsliklar yozgan.
  • 1998-yilda professor Abdusami Soliyevning tashabbusi bilan O’zbekistonda ilk bor Milliy universitetning geografiya fakultetida "Mintaqaviy iqtisodiyot” yo’nalishi ochildi va uch yil davomida unga talabalar qabul qilindi. O’zi esa mustaqil mamlakatimizda dastlabki mintaqaviy iqtisodiyot va mintaqaviy siyosat bo’yicha ilmiy ishlar, o’quv qo’llanmalar yaratdi. A.Soliyev qator mintaqaviy, respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar, shuningdek, 1976-yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xalqaro geografik kongress ishtirokchisi edi.
  • Pedagog, tashkilotchi, rahbar Abdusami Soliyev ayni vaqtda katta olim ham edi. U 350 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirgan, shundan 40 dan ortig`ini risola, uslubiy ko’rsatma, ma’ruzalar matni, o’quv qo’llanma va ilmiy monografiyalar tashkil qiladi.
  • Professor A.Soliyev chinakam fan fidoiysi, u iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining fundamental va frontal rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Jumladan, sotsial geografiya, tarixiy geografiya, jinoyatchilik, fan va ilmiy tadqiqot, tibbiyot, turizm geografiyasi kabi noan’anaviy yo’nalishlarga respublikada asos soldi.
  • Abdusami Soliyevning ilmiy rahbarligida 40 taga yaqin fan nomzodi tayyorlangan, ulardan Xitoy Xalq Respublikasi, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog`iston fuqarolari ham bor. Shuningdek, uning ilmiy rahbarligida 4 nafar fan doktori tayyorlangan. Professorning shogirdlari turli millat vakillariga mansub: o’zbeklardan tashqari, xitoy, qozoq, qirg`iz, tatar, tojik, ukrainlar ham bor. A.Soliyevning 6 shogirdi iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Hozirgi kunda uning rahbarligida yetishib chiqqan yosh olimlar turli nufuzli davlat tashkilotlarida, ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarida ishlab kelishmoqda. Shu o’rinda aytish joizki, professor A.Soliyev o’zining el-yurt tanigan va tan olgan maktabini yaratgan edi.
  • Abdusami Soliyev serqirra olim edi. Uning ilmiy asarlari iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot fanlarining nazariy va amaliy masalalari, shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya, sanoat geografiyasi, iqtisodiy rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat, ijtimoiy geografiya muammolariga bag`ishlangan.
  • Professor A.Soliyev 1989-2001-yillarda geografiya fakultetidagi ixtisoslashgan kengashda raislik qilgan, 1998-2010-yillarda u Qozog`iston va Qirg`iziston Milliy universitetlari Ixtisoslashgan kengashining a’zosi bo’lgan. 2010-yildan umrining oxirigacha ustoz O’zGidromet qoshidagi ixtisoslashgan kengashning a’zosi, shu bilan birga Ashxobod shahrida (Turkmaniston) chiqadigan xalqaro "Problemы osvoyeniya pustыn” ilmiy hamda "Turkiy tilli davlatlar” (Almati) o’quv-uslubiy jurnallarining tahririyat a’zosi, O’zbekiston Geografiya jamiyati axborotining bosh muhurriri sifatida ham faoliyat ko’rsatib keldi.
  • Abdusami Soliyev universitetning jamoatchilik ishlarida ham faol qatnashgan, ko’p yillar davomida O’zMU katta Ilmiy kengashining a’zosi bo’lgan. Ustoz nafaqat yuksak ilm sohibi, balki to’rt farzandning mehribon otasi, bir nabiraning suyukli bobojonisi edi.

Download 55,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish