23-Mavzu. Abdusamiy soliyevning geografya faniga qushgan hissasi



Download 55,85 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi55,85 Kb.
#618570
  1   2
Bog'liq
23-Mavzu

23-Mavzu. ABDUSAMIY SOLIYEVNING GEOGRAFYA FANIGA QUSHGAN HISSASI.

  • REJA
  • 1Abdusami Soliyev haqida qisqacha.
  • 2. Abdusami Soliyev 1964-yili sobiq Toshkent davlat – hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetiga uning dekani.
  • 3. 1974-yil oktyabrida Abdusami Soliyev yana universitetga, o’zining geografiya fakultetiga ishga taklif qilindi.

Abdusami Soliyev haqida qisqacha.

  • Xalq orasida jannatiy odamlar deb qanday kishilarni aytiladi deganda, "yaxshi bilimli shogirdlar tayyorlagan, xalqqa foydali ilmiy, badiiy, adabiy kitoblar yozgan, odamlarga foydasi tegadigan odobli, komil farzandlar tarbiyalagan, o’zidan mevali bog`lar qoldirgan kishilarga aytiladi”, degan ibora bor. O’zbekiston Geografiya jamiyati raisi, geografiya fanlari doktori, professor, marhum ustozimiz Abdusami Soliyev ana shunday jannatiy insonlardan biri edilar.
  • Abdusami Soliyev 1943-yil 3-fevralda Tojikiston Respublikasi Sug`d viloyatining Isfara tumanida oddiy duradgor oilasida tug`ildi. Kulkent qishlog`idagi sakkiz yillik o’zbek maktabni bitirgandan so’ng 1957-yilda Konibodom, so’ngra Panjakent shaharlarida pedagogika bilim yurtini o’qib, boshlang`ich sinflar o’qituvchisi mutaxassisligini oldi.
  • 1961-1962 yillarda Dushanbe shahri yaqinidagi maktabda o’qituvchilik qildi, o’zbek va tojik tillarida har xil fanlardan dars berdi.
  • 1962-1964-yillarda A.Soliyev Harbiy desant qo’shinlarida (Chirchiq sh.) askarlik xizmatini o’tadi. Xizmat davrida o’zining harbiy bilimi va intizomi bilan boshqa safdoshlaridan ajralib turardi. Bu haqda o’sha davrdagi Turkiston harbiy okrugi ro’znomasida askar Soliyev to’g`risida katta maqola e’lon qilingan edi. Xizmatga 6 oy to’lar-to’lmas, okrug qo’mondoni general I.Fedyunininskiydan tashakkurnoma olgan va muddatidan oldin ta’tilga jo’natilgan.

Abdusami Soliyev 1964-yili sobiq Toshkent davlat – hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetiga uning dekani.

  • Abdusami Soliyev 1964-yili sobiq Toshkent davlat – hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining geografiya fakultetiga uning dekani – marhum ustoz No’g`mon aka Dolimov taklifi bilan o’qishga kirdi. U talabalik davrida faqat "a’lo” baholarga o’qidi, guruh sardori edi. O’sha davrdayoq ustozning ilmga qiziqishi sezilib turardi, u Dushanbe va Bishkek (avvalgi Frunze) shaharlarida bo’lib o’tgan O’rta Osiyo va Qozog`iston oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy anjumanlarida qatnashib birinchi o’rinni olgan. "A’lochi” talaba – Soliyev haqida "Toshkent universiteti” ro’znomasida qator maqolalar e’lon qilingan edi.
  • Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgach, uni Xo’jand, Angren pedagogika institutlari va O’zFA Geografiya bo’limiga ishga taklif qilishdi. Biroq, universitet rektori akademik S.H.Sirojiddinov va fakultet dekani professor H.H.Hasanov Abdusami Soliyevni istisno tariqasida bevosita aspiranturaga tavsiya qilishdi. Nomzodlik dissertatsiyasini ("Tojikiston shaharlarining shakllanishi va rivojlanishi”, ilmiy rahbar dotsent T.Raimov) aspirantura muddati tugamasidan tayyorladi va uni 1973-yilda himoya qildi.
  • 1973-1974-yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi "Ishlab chiqarish kuchlarini o’rganish kengashida” (SOPS) kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi. Ana shu qisqa davrdagi faoliyati uning kelajakda yirik iqtisodchi geograf bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Yosh olim Kengashda O’zbekiston shaharlarining muammolari bilan shug`ullandi, akademiklar S.K.Ziyodullayev, K.N.Bedrinsev, K.I.Lapkinlar bilan birga ilmiy tadqiqot olib bordi. Ta’kidlash joizki, aynan shu davrdagi faoliyati iqtisodiy geografiya – mintaqaviy iqtisodiyot haqidagi bilimlariga zamin yasadi.

Download 55,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish