23.3.
Ko`p operatsiyali stanoklar va MICHM avtomatik liniyalari.
Moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishlarni
(moslanuvchan
ishlab chiqarish tizimlari – MICHT) barpo etish ishlarning asosiy maqsadi yangi
mahsulotlar turlarini o‘zlashtirish vaqtini ancha qisqartirish, mexnat unumdorligi
keskin oshirish, jihozlardan foydalanishni yaxshilashga imkon beradigan ishlab
chiqarishni tashkil etishni yaxshilashdan iborat.
MICHTni barpo etish
ishlab chiqarish jaraѐni va jihozlar boshqaruvini
jamlangan holda avtomatlashtirishga imkon beradigan (1) detallar ishlab
tayѐrlashning
progressiv
texnologiyalarini
qo‘llash, (2) guruxli ishlab
chiqarishning ilmiy asoslaridan foydalanish, (3) yuqori unumli texnologik
jihozlardan foydalanish, (4) yuklash-tushirish va transport-ombor ishlarini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, (5) asbob ta‘minoti va tekshirishni
avtomatlashtirish, (6) hisoblash texnikasi va dasturiy ta‘minot vositalardan
foydalanishga asoslanadi.
MICHT quyidagilarni ta’minlash uchun yaratiladi
:
Mahsulot ishlab chiqarish mexnat sarfligini kamaytirish;
Jihozlardan foydalanish va yuklash koeffitsientlarini oshirish;
Ishlab chiqarish davr muddati va tugatilmagan
ishlab chiqarish
xajmlarini qisqartirish;
Ishlab chiqarish sharoitlari o‘zgarishiga uyg‘unlanish;
Yangi mahsulotni chiqarishda o‘zlashtirish davrini kichraytirish;
Mexnat sharoitlarini
yaxshilash, og‘ir va zararli
operatsiyalarni avtomatlashtirish;
Ishlab chiqarishda chiqastlanishni kamaytirish.
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi nima?
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi (MICHT) bu turli tarkibda raqamli
dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunalar, robotlashgan texnologik
komplekslari, moslanuvchan ishlab chiqarish modullari hamda avtomatik ravishda
ishlashni ta’minlash.
MICHTning asosiy tarkib qismlari quyidagilardan iborat: 1) robotlashgan
texnologik komplekslari (RTK); 2) moslanuvchan ishlab chiqarish modullari
(MICHM); 3) raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar (RDBD); 4)
avtomatik ishlashni ta‘minlovchi tizimlar (AITT).
RTK - bu texnologik uskuna, sanoat roboti va ta‘minlovchi vositalardan
tashkil topgan va avtonom ravishda ishlashga moslashgan majmua (tuzilma).
MICHM – raqamli dastur bilan boshqariladigan texnologik uskunadan tashkil
topib, belgilangan mahslot nomenklaturasini tayyorlash va mahsulotni ishlab
chiqarishi bilan bog‘lik barcha funktsiyalarni bajarishga moslashgan tuzilma.
23.5-rasm.
Ishlashni
ta‘minlovchi
tuzilmalar
tarkibi:
ATOT
–
avtomatlashtirilgan transport-ombor tizimi; AATT - avtomatlashtirilgan asboblar
bilan ta‘minlash tizimi; ATT - avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimi; ICHABT -
ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimi; CHCHTT - chiqindilarni chiqarib
tashlash tizimi; ALT - avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi; TJALT - texnologik
jarayonlarni avtomatik oyihalash tizimi
ITT – ishlab chiqarish bilan bog‘langan va uning ishini ta‘minlaydigan
hamda elektron hisoblash mashinalari orqali boshqariladigan avtomatlashtirilgan
tizimlar majmuasi. ITT ning tarkibi quyidagi tizimlardan tashkil topishi mumkin
(rasm 4).
AITT ning tarkibi quyidagi tizimlardan tashkil topishi mumkin (23.5-rasm):
1. ATOT – avtomatlashtirilgan transport-ombor tizimi, bu mexnat buyumlari
va texnologik moslamalarni taxlash, saqlash, vaqtinchali jamg‘arish,
tushirish va eltib berish uchun o‘zaro bog‘langan transport va ombor
qurilmalari tizimi.
2. AATT – avtomatlashtirilgan asboblar bilan ta‘minlash tizimi, bu
asboblarni tayѐrlash uchastkalari, ularni transportlash va jamg‘arish,
asboblarni almashtirish va sifatini tekshirish qurilmalaridan tashkil topgan va
asboblarni tayѐrlash, saqlash, avtomatik o‘rnatish va almashtirishni ta‘minlovchi
tizim.
3. ATT – avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimi, mahsulotning ishlab tayѐrlash
jaraѐnlari barcha bosqichlarida material, zagotovkalar, asboblar, ishlov berish
rejimlari parametrlarini tekshirish yo‘li bilan mahsulotning talab etilgan sifat
darajasi, hamda MICHT elementlarning ishlash qobiliyatini ularni nazorat
qilish va diagnostika orqali ushlab turishni ta‘minlovchi tizim.
4. CHCHTT – chiqindilarni chiqarib tashlash avtomatlashtirilgan tizimi,
uning vazifasi nomidan kelib chiqadi.
5. TJALT – texnologik jaraѐnlarni avtomatik loyihalash tizimi, tizim
vazifasi nomidan bilinadi.
6. ICHABT – ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimi, tizimning
vazifasiga (1) tizimdagi har qaysi ishchi pozitsiyani boshqarish; (2) boshqarish
komandalarni ishchi pozitsiyalarga taqsimlash; (3) ishlab chiqarishni boshqarish;
(4) tizimdagi transport vositalar harakatini boshqarish; (5) material oqimlar
harakatini boshqarish; (6) tizim tavsiflarini tekshirish, hisobotlarni tuzish va
boshqa vazifalar
Yuqoridagilarni umumlashgan holda MICHTning elementar tuzilish
sxemasi quyidagicha bo‘ladi (23.6-rasm):
23.6-rasm. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimining elementar tuzilish
sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |