olgan, ishlov berish ko‘zda tutilgan. Mazkur liniyalar
alohida operatsiyalar
guruxlarini (tokarlik va frezalash ishlov berish, jilvirlash, parmalash va boshqalar)
bajarish uchun ham keng ishlatiladi.
Konstruktiv va tuzilish belgilari bo‘yicha avtomatik liniyalar quyidagilarga
bo‘linadi:
1)
Agregatlararo bog‘lanish turi bo‘yicha: bikr bog‘lanish bilan,
egiluvchan bog‘lanish bilan, to‘plagichlarga ega uchastlarga bo‘lingan;
2)
Agregatlashtirish turi bo‘yicha: ketma-ket, parallel, aralash.
Ketma – ket agregatlashda
(23.3-rasm, a)
ishlov berish xajmi
differentsiatsiyalashadi, ya‘ni ish xajmi bir xil uzunlikdagi kichik elementlarga
bo‘linadi. Barcha pozitsiyalarda bir vaqtda ishlov berish davr davomiyligini
qisqartirishga imkon beradi. Bikr bog‘langan agregatlarni o‘zaro ta‘siri
oqibatida
davrdan tashqari yo‘qotishlarni ortadi, bu unumdorlikning imkoniyati bor o‘sishi
sekinlashtiradi va unumdorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ketma – ket agregatlashda unumdorlikni pozitsiyalar soni bilan Q = f (q)
munosabat orqali bog‘lanishi ekstremumga ega, shuning uchun har bir texnologik
jaraѐn uchun maksimal unumdorlikka mos keladigan «q» pozitsiyalar soni aniqlash
mumkin. Ketma-ket agregatlashtirish ko‘p holatlarda murakkab va ko‘p mexnat
talab qiladigan va ishlar umumiy xajmini elementlarga bo‘lish maqsadga muvofiq
bo‘ladigan ishlar uchun qo‘llaniladi
q
a)
Q
q
b)
q
v)
23.3-rasm. Avtomatik liniyada agregatlashtirish turlari: a) ketma-ket; b)
parallel; v) aralash
3
4
5
6
2
Parallel agregatlashtirish
bir vaqtda bir necha pozitsiyalarda bir xil ishni
bajarish mumkin bo‘lgan nisbatan oddiy operatsiyalar uchun qo‘llaniladi. Bu holda
bir avtomatik liniyada bir xil ijrochi mexanizmlar birlashtiriladi. Ishchi davr
davomligi bir xil bo‘lib
kolaveradi, unumdorlik esa bir vaqtda bir necha
zagotovkalarga ishlov berish evaziga ortadi.
Parallel agregatlashtirishda unumdorlik Q ni pozitsiyalar soni q bilan
bog‘lanishi maksimumga ega emas. Pozitsiyalar soni o‘sishi bilan unumdorlikning
o‘sishi sekinlashadi va asimptota bo‘yicha davrdan tashqari yo‘qotishlar uzunligi
bilan bog‘liq chegaraga yaqinlashadi. Pozitsiyalar soni
unumdorlik talablari va
pozitsiyalar soni evaziga uni oshirish maksadga muvofiqligidan kelib chiqib
aniqlanadi.
Aralash agregatlashtirishda
avtomatik liniyalar
parallel va ketma-ket
pozitsiyalarni o‘ziga oladi. Bu jihozlarning texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi
va unumdorlikni o‘sishiga qo‘shimcha rezervlarni beradi. Mazkur sxemada
ishlaydigan liniyalar ―r‖ parallel ishlaydigan va ―q ― ketma-ket bog‘langan
pozitsiyalarni o‘z ichiga olgan oqimlardan tashkil topadi. Aralash agregatlashtirish
uchun ma‘lum pozitsiyalar soni «q
maks
»da unumdorlik maksimumi mavjudligi xos
bo‘ladi.
Avtomatik liniyalarda oqimlar soni o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. 23.4-
rasmda har biri boshqa oqimlar soniga ega uch sektsiyali avtomatik liniyaning
sxemasi ko‘rsatilgan. Birinchi sektsiya konveyer 1
bilan yuklanadigan uchta
oqimga ega. Har bir oqim 4 ta bikr bog‘langan stanoklardan (2) iborat. Stanoklar
ishlov berilgan zagotovkalarni konveyer 3 ga uzatadi. Konveyer 3 dan
zagotovkalar ishlov berish uchun bitta oqimga ega (oqimda ikkita agregat 4
mavjud) ikkinchi sektsiyaga kelib tushadi. Keyin konveyer 5 zagotovkalarni
uchinchi sektsiyaga uzatadi. Bu sektsiyada uchta agregat 6 dan iborat ikkita oqim
mavjud. Ishlov berilgan zagotovkalar konveyer 7 bilan keyingi pozitsiyalarga
uzatiladi.
23.4-rasm. O‘zgaruvchan oqimlarga ega avtomatik liniyaning sxemasi