22-variant Fe’lning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo`shma fe’llar. Juft fe’llarning o`ziga xos xususiyatlari



Download 29,89 Kb.
bet7/8
Sana07.09.2021
Hajmi29,89 Kb.
#167342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Turlari

Ta’rifi

Modal so`zlar

1

Sof modal so`zlar

Faqat modal ma’no uchun xoslangan so`zlar

haqiqatdan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalambor, xullas, koshki, masalan

2

Vazifadosh modal so`zlar

Boshqa turkumlarga xos vazifalarni bajarish bilan birga modal ma’noda ham qo`llaniladi

aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz

Sintaktik belgilariga ko`ra modal so`zlar o`ziga xos xususiyatga egadir. Ularning hech qaysisi gap bo`laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Modal so`zlar gapda alohida o`rin egallab, to`lig`icha gapga, gapning bir bo`lagiga tegishli bo`ladi. Modal so`zlarning bunday xususiyatlari ularning gapda erkin bo`lishiga imkoniyat beradi, ya’ni gapning boshida, o`rtasida kelishi mumkin. Masalan:

1.Chamasi, Tillaboy fe’li aynib, xiyonat ko`chasiga kirganga o`xshaydi.

2. Tillaboy, chamasi, fe’li aynib xiyonat ko`chasiga kirganga o`xshaydi.

3. Tillaboy fe’li aynib, xiyonat ko`chasiga, chamasi, kirganga o`xshaydi.

Keltirilgan misollarimizdagi chamasi modal so`zi gapning turli o`rnida kelyapti va to`lig`icha gapning mazmuniga tegishlidir. Qo`shma gaplar tarkibida kelgan modal so`zlar esa qaysi gap qismida kelsa, o`sha qismgagina tegishli bo`ladi. Masalan:

Shu gapim qulog`ingizda bo`lsinki, men ishning ikki kuninigina o`z ehtiyojim uchun sarflayman, xolos.

Modal so`zlarning ishlatilish o`rniga ko`ra ham tasniflanishi mumkin.

1. Faqat gapning boshida ishlatiladigan modal so`zlar: to`g`ri, afsuski, xullas, umuman kabi.

2. Faqat gapning oxirida ishlatiladigan modal so`zlar: shekilli.

3. Gapning har bir o`rnida: boshida, o`rtasida, oxirida ishlatiladigan modal so`zlar: qolgan modal so`zlarning barchasi.

Modal so`zlar sintaktik funksiyasiga ko`ra ham ikki guruhga bo`linadi.

1. Kirish so`z vazifasida keluvchi modal so`zlar.

2. Gap bo`lagi yoki so`z – gap vazifasida kelishi mumkin bo`lgan modal so`zlar.

Modal so`zlarning lug`aviy ma’nosiga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Fikrning tasdig`ini va isbotini ifodalovchi modal so`zlar;

2. Fikrning taxminini, gumonini, shubhasini ifodalovchi modal so`zlar;

3. Fikrni ajratib ko`rsatuvchi modal so`zlar;

4. Fikrni kimga qarashli ekanligini ko`rsatuvchi modal so`zlar;

5. Fikr tartibini ko`rsatuvchi modal so`zlar;

6. Fikrning yakunini ko`rsatuvchi modal so`zlar;

7. Fikrni eslashni ifodalovchi modal so`zlar;

8. Shodlik, afsus, nadomatni ifodalovchi modal so`zlar;

9. Zaruriylik, shartlilik, talabni ifodalovchi modal so`zlar.

1.Fikrning tasdig`ini va isbotini ifodalovchi modal so`zlarga albatta, chindan, haqiqatdan, o`z- o`zidan, darhaqiqat, shaksiz, tabiiy, so`zsiz, tabiiyki, beshak, shak –shubhasiz, durust, rost, to`g`ri, tuzuk, aniqrog`i, xo`p, yaxshi kabilar misol bo`la oladi. Bu guruhga kiruvchi modal so`zlar so`zlovchi tomonidan boshqa aytilgan fikrni tasdiqlash, yoki ma’lum bir fikrni isbotlash uchun ishlatiladi. Masalan:

Kelinni kuyovning onasi, albatta, ko`rishi kerak 2.Fikrning taxminini, gumonini, shubhasini ifodalovchi modal so`zlar. ( aftidan, mazmunan, shekilli, chamasi, chamamda, balki, ehtimol, mumkin, mabodo, yoki, hoynahoy, g`olibo, chiqar, chog`i ) o`zga fikrga yoki o`zi ifodalayotgan fikrning to`g`riligiga shubha bilan qaraydi.

Xayrlashish payti keldi chog`i, bir- birlariga qarab to`xtab qoldilar.


Download 29,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish