evristik (yunoncha-heurikos - izlayman, topaman, kashf etaman) suhbat. O‘qituvchining mohirlik bilan qo‘ygan savollariga talabalarning javoblari orqali yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirishlarini ta’minlashga qaratiladi.
Katehyezik suhbat (yunoncha - katechesis – nasihat, o‘git), biron bir ta’limot asoslarini savol, javob shaklidagi bayoni tarzida olib boriladi.
Germenevtik suhbat (yunoncha – hermeneutikos – tushuntiruvchi, talqin etuvchi), o‘qitilayotgan, o‘rganilayotgan uzviy savolni yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish– demak nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishga qaratiladi.
Suqrotchasiga va maevtikaga (yunoncha – maieutike – insonda yashiringan bilimlarni yuzaga chiqarishga undaydigan) asoslangan suhbat. Dialektik fikrlashga, bahs-munozara san'atiga o‘rgatish, qat’iyan man qilingan fikrlardan qochishga o‘rgatadigan suhbat.
Suhbat metodi o‘quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutiladi. Bu uslubni qo‘llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faolllashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jumlasidandir. Uning samaradorligining shartlari: rejani qunt bilan o‘ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko‘rgazmalarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishishdir.
Ma’ruza – bilimni so‘z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og‘zaki bayon qilishni ko‘zda tutib, o‘z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.
Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og‘zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o‘quvchi-talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi.
Bu metodning samarasi, asosan, o‘qituvchi mahoratiga, uning ta’sirchan, tushunarli, diqqatni tortadigan emotsional bayon qilishiga, har bir so‘z, ibora uning ko‘zida, chehrasida qanday ifodalanishiga bog‘liq. Suhbat talabalarning intellektual darajasiga mos bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi ushbu metod asosida dars o‘tishga tayyorlanar ekan, zarur materialni, mavjud sharoitda eng yaxshi maksimal natijaga erishish uchun metodik usullar tanlaydi. Ko‘pincha xotirada qoladigan usullar qo‘llaydi. Taqqoslash, solishtirish, o‘xshatish, xulosa chiqarish kabilar xotirada qolishga yordam beradigan usullardir.
Suhbat mashg‘ulotlarda o‘qitishning boshqa metodlari bilan ko‘rgazmali vositalar bilan olib borganda yaxshi natijalar beradi. Bundan tashqari hikoyada qanday voqea, hodisa, dalillar, kishilar bayon qilinayotgani ham katta rol o‘ynaydi.
Talabalar ham amaliy mashg‘ulotlarda o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga shunday tarzda bayon qilish bilan javob beradilar.
O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan suhbat, ya’ni qo‘yilgan savolga atroflicha, aniq, tushunarli javob berish bilan suhbatdoshning diqqati masalaning turli jihatlariga qaratiladi.
Suhbat didaktik jarayondagi eng ko‘hna metodlardan hisoblanadi. Suhbat - unda qatnashuvchilarda bilim olishga, o‘qish, o‘rganishga istak tug‘diradi. Shu bois u keng tarqalgan.
Suhbatning afzallik tomoni shundaki, u fikrlashni maksimal darajada faollashtiradi, bilish jarayonini boshqarish imkonini beradi, buning uchun sharoit yaratadi. Lekin bu metodni samarali ravishda qo‘llash uchun o‘quvchi-talabalar ma’lum darajada bilim zahirasiga ega bo‘lishlari lozim.
Mavzuni bu metodni qo‘llab o‘rganishda induktiv va deduktia suhbat tarzida o‘tkaziщning imkoni katta. Bunda o‘qituvchi tadabalarni amaliyotdan nazariyaga, umumlashtirishga yoki nazariya, umumiy qoidalarni amaliyot bilan bog‘lash orqali qo‘yilgan maqsadga yetadi.
Keyingi paytda uning hozirgi talablarga javob beradigan usullari keng qo‘llanilmoqda. Ulardan biri suhbatni «intervyu berish» usulida o‘teazishdir. Bu usulda bir talaba intervyu oluvchi rolini bajarsa, ikkinchisi intervyu beruvchi sifatida qatnashadi. Natijada talabalar faolligi oddiy suhbat tarzida o‘tkazilgan darsga qaraganda ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Undan tashqari «dumaloq stol atrofida suhbat», «tig‘iz payt», «mutaxassis-mehmonimiz» va boshqa usularni qo‘llab o‘tkazish mumkin. Eng asosiysi qanday savollar bilan murojaat qilinadi va qanday javoblar kutiladi, o‘qituvchi nihoyatda oldindan puxta tayyorgarlik qilishi kerak.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, suhbat metodini qo‘llash orqali:
o‘quvchi, talabalarni darsda faol qatnashishga tayyorlash;
yangi o‘quv materiali bilan tanishtirish;
egallagan bilimlarini mustahkamlash va ma’lum bir tizimga solish;
egallagan bilimlari qay darajada ekanligini aniqlash va joriy nazorat qilish amalga oshiriladi va bu borada unga teng keladigani yo‘q.
Savol-javob va suhbat metodlarini qo‘llab dars o‘tishning boshqa barcha uslublarga o‘xshab, o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilar:
Afzalliklari:
Darsda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.
Talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish.
Har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali, darsda faol qatnashishni ta’minlash ko‘rsatkichini oshirish.
Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida guruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |