22-Mavzu: Reagent ho’jaligi va ularni saqlash. Ularni regeneratsiyalashda yayratish, regeneratsiya eritmasini filtdan o‟tkazish va yuvish jarayonlari Na kationitli filtrlardagi kabi amalga oshiriladi. Н – kationitli filtlar H2SO4 eritmasi bilan regeneratsiya qilinganda kationitda yutilgan kationlarning kislota tarkibidagi vodorod kationlari bilan almashishi sodir bo‟ladi.
R2]Ca+H2SO4=2R]H+CaSO4
R2]Mg+H2SO4=2R]H+MgSO4
2R]Na+H2SO4=2R]H+Na2SO4
Na – kationitli filtlarni regeneratsiya qilishda ishlatiladigan osh tuzi issiqlik elektr stantsiyalarida temir-beton hovuzlarda ho‟l yoki nam holatda saqlanadi, bu hovuzlar binolardan tashqarida bo‟lib, transport vositalari bemalol kira oladigan bo‟lishi kerak. Hovuzdagi tuz eritmasi teshikli to‟siqlar orqali qizdirgichlardan hovuzga o‟tib qizdiriladi. Eritma maxsus nasoslar orqali olinib, kvars qumli filtrdan 4-5 m/soat tezlikda o‟tkazilib, kerakli konstruktsiya keltirish uchun maxsus baklarga yuboriladi. Baklardagi tayyor tuz eritmasi nasos yokui ejektorlar orqali filtrlarga yuboriladi. Tuz sarfi bir kecha-kunduzda 500 kg dan kam bo‟lgan suv tozalash qurilmalarida tuzni isitilmaydigan xonalarda saqlab, yayratish uchun maxsus tuz erituvchi qurilmalardan foydalaniladi.
1 - rasm. Regenerasiyalovchi eritmani tayyorlashda suvli ejektorga ega “ho'l” tuz saqlash sxemasi:
1 – temir yo'l vagoni; 2 – panjara; 3 – “ho'l” tuzni saqlash bo'lmasi; 4 – nasoslar; 5 – tindirish bo'lmalari; 6 – loyqa va ko'pik yig'ish bo'lmalari; 7 – o'lchov baki; 8 – tindirish filtri; 9 – texnik suv; 10 – issiq suv; 11 – ejektor; 12 – natriy-kationit filtriga.
IESlarda sulfat kislota temir yo‟l orqali 50-60 tonnali sisternalarda har uch oyga yetadigan miqdorda keltiriladi va maxsus isitiladigan xonalarda joylashtirilgan sisternalarda saqlanadi, chunki sulfat kislota past xaroratda yaxlab qolish xususiyatiga ega. Bu sisternalardan kislota vakuum surgichlar orqali kislota sarfini o‟lchaydigan o‟lchov bakiga o‟tkaziladi. Bu idishdan ejektor orqali kerakli kontsentratsiyada suyultirilib, regeneratsiya qilinadigan filtrlarga yuboriladi.
Nazorat savollari . 1. Regeneratsiya qilish uchun ishlatiladigan reagentlarga misollar ayting?
2. Na – kationitli filtrlarning turlari, ularning ishlatish sohalari?
3. H – kationitli filtrlar yordamida suvni qanday kationlardan tozalash mumkin?
4. H – kationitli filtrlarni regeneratsiya qilish jarayoni?
5. H – kationitli filtrlarni regeneratsiya qilish uchun ishlatiladigan reagentlar va ularning xossalari?