22-mavzu: orqa miya fiziologiyasi. Reja



Download 309,5 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2023
Hajmi309,5 Kb.
#942054
  1   2   3
Bog'liq
22-Ma\'ruza (1)


22-MAVZU: ORQA MIYA FIZIOLOGIYASI.
Reja:

  1. Orqa miyaning tuzilishi,

  2. Reflektor va o’tkazuvchi funktsiyasi.

  3. Spinal reflekslar, haqida ma’lumot.


Orqa miya. Organizmdagi har qanday ta’surotga markaziy nerv sistemasi bir butunligicha javob beradi. Shuning uchun ham faoliyat nuqtai nazairdan markaziy nerv sistemasining qismlarga bo’lish shartlidir. Markaziy nerv sistemasi faoliyati shartli ravishda orqa miya, uzunchoq miya, o’rta miya, oraliq miya, miya po’stloq osti tuzilmalari. Miya yarim sharlari po’stlog’i, vegetativ nerv sistemasi faoliyatlariga bo’linadi.
Orqa miya markaziy nerv sistemasining eng qadimgi felogenetik qismi. U organizmni barcha murakkab harakatlarni boshqarishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo’l, oyoq terisidagi ekstroretseptorlardan, proprioretseptorlardan va deyarli barcha retseptorlardan keladigan impulslardan qabul qilinadi. Orqa miya bosh muskullardan tashqari hamma skelet muskullarini innervatsiyalaydi.
Orqa miya nervning uzun, ingichka silindrli cho’zilgan to’qima. Uzunligi 45 sm (18 dyuym) va diametri 2 sm (taxminan.) bosh barmog’ingizning kattaligi).



5.1-rasm. Orqa miya tuzilishi.
Organizmdagi ko’plab harakat reaktsiyalari orqa miyaning reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslar markazlari orqa miyada joylashgan. Ba’zi reflektor harakatlar markazlari miyaning yuqori qismida joylashgan.
Ana shu reflekslarni yuzaga chiqishida orqa miya efferent impulslarini retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslaridan shu markazdan muskullarga o’tkazadi.
Orqa miya ikkita asosiy faoliyatni, reflektor markaz va o’tkazuvchi yo’l vazifasini bajaradi. Orqa miyada yana simpatik va parasimpatik nerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a’zolar faoliyatini boshqarishda ichki muhit turg’unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8-bo’yin, 12-ko’krak, 5-bel, 5-dumg’aza va 2-3 dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizi bor. Oldingi ildizlardan markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizdalaridan esa markazga intiluvchi afferent tolalar o’tgan. Orqa ildizdagi tolalar soni oldingi ildizlaridagidan deyarli ikki marta ko’p.
Orqa miyadagi 13 mln. ga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent neyronlardir. Qolgan 97% oraliq neyronlar. Afferent neyronlarning tanalari markaziy nerv sistemasidan tashqarida joylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga beradigan neyronlar tanalari spinal tugunlarida, ichki a’zolarning sezgirligini ta’minlaydigan neyronlarning tanalari esa vegetativ nerv tizimining ekstra va intramural tugunlarida joylashgan.
Afferent neyronnining bitta o’simtasi bo’lib, tanadan sal uzoqlashgan ikki shoxga bo’linadi. Biri retseptordan qo’zg’alishni somaga, ikkinchisi esa impulslarni hujayra tanasidan orqa yoki bosh miyadagi neyronlarga yetkazadi. Bu tolalarni neyronlarga yetkazadi. Bu tolalarni qo’zg’alishni o’tkazish tezligi, uyg’onganligiga ko’ra A,V va S guruhlariga kiritish mumkin.
Orqa miyaning hamda vegetativ nerv tizimining proganglionar neyronlaridan iborat. Alfa-motoneyronlar (ganglionar) orqa miyada shakllangan signallarni skelet muskullariga yetkazadi. Bu neyronlarning aksonlari yaqinlashib, bir qancha shoxchalarga bo’linadi va 10 dan to 100 gacha muskul tolalarni nervlab, harakat birligini hosil qiladi.
Gamma-motoneyronlar skelet muskullarining murakkab retseptorlari-muskul duklari ichidagi intramural muskul tolalar tarangligini ekstramural tolalarning qisqarishiga moslab, tarangligini ekstrafuzal tolalarning qisqarishiga moslab, retseptor sezgirligini yuqori darajada bo’linishi taminlaydi.
Orqa miya ko’krak va bel segmentlarining yon shoxlarida proganglionar simpatik neyronlar, dumg’aza qismida esa parasimpatik proganglionar neyronlar joylashgan.
Orqa miyaning oraliq neyronlari o’simtalari miyadan tashqariga chiqmaydi. Bu o’simtalarning yo’nalishiga ko’ra asl spinal va proektsion interneyronlar tafovut qilinadi. Spinal dendritlari va aksoni bir necha yondosh sigmentlar sohasida tarqaladi.
Proektsion interneyronlar aksonlari orqa miyaning ko’tariluvchi yo’llarini tashkil qiladi.
Orqa miya bir qancha reflekslar markazi bo’lsa, ikkinchidan pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o’tadigan bir qancha yo’llarning yig’indisi hisoblanadi. Shunga ko’ra uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatiga va o’tkazuvchi yo’l faoliyatiga bo’ladilar.
Orqa miyaning bajaradigan faoliyatlar doirasi juda ko’p. U deyarli barcha harakat reflekslarini yuzaga chiqaradi, ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan tashqari) siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to’g’ri ichak faoliyati, harakatning barqarorligini saqlab turish va modda almashinuvini boshqarish, ko’pchilik qon tomirlari tonusini saqlash bilan bog’liq bo’lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.
Orqa miyaning harakat va tonik reflekslarini tananing fazodagi harakatlarini, tana qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, turish, o’tirishni ta’minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati 5.1-jadvalda berilgan.
Klinik ahamiyatga ega bo’lgan orqa miya reflekslari
Jadval 5.1


Download 309,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish