24-МАVZU.O’ZBEKISTON INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI INFRATUZILMASI.
O’zbekistonda raqamli platformalarini rivojlanish tendentsiyasi ko’rib chiqadigan bo’lsak aloqa sohasidagi islohatlarni ko’rib chiqishimiz lozim bo’ladi. Aloqa sohasi butun iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardosh, samarali va qiymati nuqtai nazaridan afzal bo‘lgan aloqa tarmoqlari ishlab chiqarishning umumiy samaradorligini oshirishga, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga, eksport salmog‘i va soliq tushumlari o‘sishiga, ya’ni iqtisodiy taraqqiyotni orqaga tortuvchi monopol xizmat ko‘rsatishdan tubdan farq qiladigan ijobiy tendensiyalarni shakllantirishga olib keladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bularning barchasi o‘z navbatida sohaning o‘zini yanada jadalroq rivojlantirishni taqozo etadi. Chunonchi, bugungi kunda Rossiyaning 1% iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun aloqa sanoatining 3% o‘sishiga erishish zarur bo‘ladi. Bu esa aloqa tarmoqlari nafaqat jamiyat taraqqiyotini va mamlakat xavfsizligini ta’minlashning, balki mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sib borishining muhim omili bo‘lib qolishining asosiy shartlaridan biridir.
Mamlakatimizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “O’zbekiston Rspublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’grisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724 -sonnida elektron tijorat platformalarini jahox standatlariga asosan ishlab chiqish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Unda elektron tijorat sub’ektlari uchun qulay sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, elektron tijorat sub’ektlari Milliy reestrining joriy etilishi shular jumlasidandir.
Elektron tijorat sub’ektlari milliy reestri – bu elektron tijoratning mahalliy sub’ektlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qatoriga quyidagilar kiradi: elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatini tizimli monitoring qilish va baholash, shuningdek, axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini o‘rganish.
Milliy reestr 2018 yilning 1 iyulidan boshlab elektron shaklda onlayn www.e-tijorat.uz internet-portalida ishga tushirilgan. Milliy reestr regulyatori – O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hisoblanadi. Regulyator milliy reestrni yuritish, shakllantirish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida elektron tijorat platformalariningrivojlanishida xizmatlar bozori tuzilishini shakllantirish uchun elektron tijorat bozori qatnashchilarini aniqlab olishimiz lizom.
Do'stlaringiz bilan baham: |