Tartib (Order) – o’zi ichiga, bir-biridan tartib va oila xususiyatlari bilan farqlanadigan umumiy tavsifli oilalarni biriktiradi va –virales suffiksi bilan belgilanadi. Hozir MKTB tomonidan 3ta viruslar tartibi mavjud: Caudovirales, Mononegavirales, Nidovirales.
Oila(Famili ) va oilacha (Subfamili) lar virus umumiy tavsifga ega bo’lgan va boshqa oila xususiyatlaridan farqlanadigan avlodlarni o’z ichiga oladi. Ular oilaga -viridae va oilachaga (ѐki kichik oilaga) -virinae suffikslari qo’shilishi bilan farqlanadi.
Avlodlar (Genus) viruslarni umumiy xususiyatga ega bo’lgan va boshqa avlodlardan farqlanadigan guruhlarga ajratiladi va ularga -virus suffiksi qo’shiladi.
Viruslarni turlari (Spetsies) deb nomlanadi. Klassifikatsiyalash sistemasida tur taksoni eng ahamiyatli ierarxik birlikdir. Tur taksonini quyidagicha ifodalanadi, ya’ni («Virusnыy vid yavlyaetsya politipicheskoy kategoriey (klassom) virusov, kotoraya sostavlyaet replitsiruyuщuyusya liniyu i zanimaet osobuyu ekologicheskuyu nishu») viruslarning turi - politipik kategoriya (sinf) bo’lib, ayrim ekologik nisha va replikatsiya liniyasiga ega bo’ladi.
MKTV da ko’pgina xollarda o’simlik viruslarini xalqaro inglizcha nom bilan atash qabul qilindi. Hozirgi vaqtda viruslarni taksonomiya qilish maqsadida viruslarni xarakteristikalarini - morfologiyasi, fizikaviy-kimѐviy va fizik xususiyatlari, genomi (nuklein kislotasini tipi), genomining o’lchami (par osnovaniy (juft asoslar), nuklein kislotasini zanjirlari soni, oqsili, lipidlari va uglevodlarinini xususiyatlari, viruslarni antigen xususiyatlari, serologik yaqinligi (rodstvo), tabiiy xo’jayin spektri, tabiatda tarqalish usuli, tarqatuvchilar bilan aloqasi, patogenligi, to’qimalarga bo’lgan tropizmi, hamda patologiyasi, gisto- va sitologiyasini aniqlashda ko’pgina zamonaviy metodlar ishlatilmoqda.
O’simlik viruslari klassifikasiya qilish ularning morfologiyasi aniqlanmasdan oldin mavjud edi. Fitovirusologiyaning tarixiga nazar soladigan bo’lsak, 1927 yilda D. Djonson tomonidan birinchi sistematika qilindi. Uni taklifi bo’yicha viruslarni belgilash uchun xo’jayin o’simlikka ―virus‖ so’zini qo’shish va mazkur o’simlikda aniqlanishining tartib raqami qo’yildi. Masalan, D.Djonson bo’yicha tamaki mazaikasi virusi ― tamaki virusi 1‖ belgilandi. Tamakida keyingi aniqlangan virus ―tamaki virusi 2‖ va hakozo. Ammo sistematikaga bunday ѐndoshishda bir guruhga ko’pincha bir-biri bilan hech qanday umumiylikka ega bo’lmagan viruslar kirib qolishi aniqlandi. Keyinchalik o’simlik viruslarni klassifikatsiya qilish uchun hasharot-tashuvchilariga asoslanib ham klassifikatsiya qilindi. Ammo bir virusni ko’p tashuvchilari, xar-xil viruslarni birdan-bir tashuvchiga ega ekanlagi aniqlangandan so’ng bu tartibda klassifikatsiya qilish ham keng qo’llanilmadi. Undan keyingi urinishda o’simliklarda hosil bo’lgan simptomlarning o’xshashligiga asoslanib klassifikatsiya qilindi. Lekin keyinchalik aniqlanishicha har-xil viruslar o’simlikni kasalantirganida ham o’xshash simptomlar hosil bo’lar ekan. 1935 yili viruslarni Stenli tomonidan kristal holatida olindi va shu asosida sistemalarga solindi (Kristallobiote va Plazmobiote). 1937 yili K.Smit D.Djonson sistematikasini birmuncha o’zgartirib viruslarni o’simlikni avlodi nomi bilan belgiladi va unga ―virus‖ so’zini va unga avval berilgan tartib raqamini qo’yishni taklif qildi. M., tamaki mozaikasi virusini Nitsotiana virus 1 deb nomlandi.. Viruslarni shtammlarini belgilash uchun virus nomiga harflar qo’shib atashni taklif qildi M., Nitsotiana virus 1 A va h.
1939, 1948 yillarda F. Xolms viruslarni binominal nomenklatura bo’yicha nomlashni taklif qildi. U hamma viruslarni bir xil printsip asosida klassifikatsiya qildi va barcha viruslarni Virales tartibiga birlashtirdi va ularni uchta tartibga ajratdi: Phagineae (bakteriofaglar), Phitophagineae (o’simlik viruslari) va Zoophagineae (hayvon viruslari). Ammo bu klassifikatsiya ham viruslarni barcha xususiyatlarini o’z ichiga olaolmadi.
1966 yili A.Ye.Protsenko viruslarni tuzilishi va virus zarrasi xususi imkoniyani berishi mumkinligini ko’rsatdi. U fitopatogen viruslarni Ribonukleoproteinales sinfiga birlashtiradi. Oila, avlod va turlarga ajratadi. M., tamaki mozaikasi virusini Batsilliaformae oilasiga, Virotrix avlodiga kiritadi va uni quyidagicha nomlaydi Virotrix ivanowskii Ryzkov. Viruslarni Vira olamiga ajratib ularni esa ikkita olamchalarga: Dexyvira va Ribovira larga bo’ladi.
Yangi ma’lumotlarni paydo bo’lishiga qarab klassifikatsiya ham boyib, o’zgarib bordi. 1971 yili B.D.Xarrison va boshqalar klassifikatsiyasida 50 ta belgini ishlatishni taklif qilishdi. Fitoviruslar xususiyatlarinini qiѐsiy o’rganib, ularni MKTV talablariga asoslanib 26 ta guruhga bo’linadi.
Dunѐ fitovirusologlari ―viruslar guruhi‖ degan tushunchani ishlataboshladilar. Har bir guruhda tipik vakilini asosiy xususiyatlari ѐziladi va uni qarindoshlari ko’rsatiladi. Guruhni nomi tipik vakilni nomi bilan ingliz tilida ataladi. M., tamaki mozaikasi virusi guruhi tobamoviruslar guruhi deyiladi (tobamovirus – tobatstso mosaits virus).
Ma’lumki fitoviruslarni Gibbs va Xarrison birqancha guruhlarga bo’ladi, unda u har bir virusni guruhi va hususiyatlarini kriptogrammalar orqali belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |