kuchlanish,
W
in
— suvli sovutish tizimiga kirish nayi,
W
out
— выпуск suvli
sovutish tizimidan chiqish nayi
Tormozlanish rentgen nurlanishi
Agar katod va anod o‘rtasidagi
U
ka
kuchlanish anod materiali atomining
kritik kuchlanishi
U
kr
dan kichik bo‘lsa
U
ka
< U
kr
,
elektron anod materiali
atomlarining elektrostatik maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida o‘z tezligini
keskin kamaytiradi. Ular o‘z kinetik energiyasining bir qismini yo‘qotadilar, bu
energiya esa rentgen nurlarini hosil qilish uchun sarf bo‘ladi va bu nurlanish
tormozlanish rentgen nurlanish
deb ataladi. Shu bilan birga, elektronlarning
kinetik energiyasining katta qismi (98% ga yaqin) atomlarga issiqlik sifatida
uzatiladi va kinetik energiyaning faqat 2% rentgen nurlari hosil uchun sarf bo‘ladi.
Vilgelm Konrad Rentgen
Xarakteristik rentgen nurlanish
Agar katod va anod o‘rtasidagi
U
ka
kuchlanish anod materiali atomining
kritik kuchlanishi
U
kr
dan katta bo‘lsa
U
ka
> U
kr
,
elektronning kinetik energiyasi
etarlicha katta bo‘ladi va shuning uchun bu elektron rentgen nurlari hosil qilish
bilan birga o‘zining kinetik energiyasini anod materiali atomlari elektron
qobiqlarida joylashgan elektronga ham berishi mumkin. Berilayotgan kinetik
energiya atomdagi elektronning bog‘lanish energiyasidan katta bo‘lsa, elektron
qobiqdagi bitta elektronning urib chiqarilishiga ya’ni ionlashishga sabab bo‘ladi.
Shundan so‘ng atomning elektron qobig‘idan urib chiqarilgan elektronning bo‘sh
qolgan o‘rniga energiyasi yuqori bo‘lgan yuqori sath elektroni kelib tushadi va
tushgan elektron o‘zidan rentgen nurini chiqaradi. Bunday rentgen nurlari
xarakteristik rentgen nurlari
deyiladi.
Xarakteristik rentgen nurlanishi spektrlarining asosiy xususiyatlari
quyidagilar:
1.
Spektral chiziqlari soni o‘nlab chiziqlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan optik
spektrlardan farqli o‘laroq kamdir.
2.
Spektral chiziqlarning joylashuvi anod materiali turiga bog‘liq. Shu bilan
birga har bir element erkin holatda yoki kimyoviy birikmaning tarkibida
bo‘lishidan qat'i nazar, o‘ziga xos spektrni beradi. Bunda rentgen spektrlarini
optik spektrlardan farqlash mumkin.
3.
Engil atomlardan og‘ir atomlarga qarab qisqa to‘lqin uzunlikli spektral
chiziqlar monoton siljib boradi. Rentgen spektrlarida optik spektrlarda
kuzatilishi mumkin bo‘lgan davriylikni ko‘rish qiyin.
4.
Spektral chiziqlar K, L, M,… harflari bilan belgilangan seriyalarni yuzaga
keltiradi. Seriya nomi elektron o‘tishi kerak bo‘lgan elektron qobiqni
bildiradi. K-qatlam eng qisqa to‘lqin uzunliklidir.