21-Ma’ruza: Mollyuskalar (Mollusca) tiplari. Rej


Ovkat xazm kilish sistemasi



Download 29,47 Kb.
bet5/5
Sana29.01.2022
Hajmi29,47 Kb.
#417930
1   2   3   4   5
Ovkat xazm kilish sistemasi xalkum, kizilungach, oshkozon, urta ichak va orkadan iborat.
Qon aylanishsistemasi. Yurak va Qon tomirlardan iborat.
Ayirish organlari. 6 juft buyraklardan iborat.


Plastinkajabralilar yoki ikki pallalilar
(Lamelli branchiata yoki Bivalvia) sinfi, Haqiqiy plastinkajabralilar (Eulamelli branchia) turkumi, Anadonta (Anadonta cygnea) ning tuzilishi.
Anadonta chuchuk suv havzalari, daryolar va qo’llarning tubida tanasining oldingi tomoni qumga yoki balchikka qumilib yashaydi. Xuddi shunday suvlarda anadontaga o’xshash sadafdor ham uchraydi lekin uning chig`anog`i uzunrok bo’lib, pallalari o’zaro "qo’lf" deb ataluvchi chuqurcha va tishcha bilan birikkan bo’ladi. Anadonta chig`anog`ida esa bunday moslamalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham uni "tishsiz" deb ham ataydilar.
Anadontaning tanasi ikki pallali chig`anoq orasida joylashgan. Bu pallalar elka tomonidan elastik paylarligament, ikkita. Oldingi va keyingi yopuvchi muskullar-retraktorlar bilan birikkan. Chig`anoqning pastki tomoni ochik bo’lib, undan muskullik o’simta"oyoq" chiqib turadi. Oyok yordamida anadonta suv tubida juda sekin haraktlanadi. Chig`anoq pallalarining oldingi tomoni kengrok, orqa uchi esa ingichka bo’ladi.
Anadontaning chig`anog`i ham boshqa mollyuskalarniki singari uch qavatdan iborat. Ustkisi shoxsimon moda qonxialindan iborat bo’lib. Unda yillik halqalarni ko’rish mumkin. Kolgan ikkala qavat-oxak va sadaf qismlari esa oxaktoshdan iboratdir. Chig`anoq pallalarining ichki yuzasini koplab turadigan mantiya pardasi anadonta tanasini ustki va yon tomonlaridan o’rab olgan bo’ladi. Mantiya pardasi bilan tana oraligidamantiya bo’shlig`i hosil bo’ladi. Bu bo’shliq tananing oldingi qismida, qorin tomonida va keyingi uchida ochik bo’ladi. Chig`anoq pallalari yopilganda mantiya pardasining chetlari ham bir-biriga zich birikadi. Natijada mantiya bo’shlig`i tashqi muhitdan ajralib turadi. Mantiya pardasi mollyuskalarga xos organ bo’lib, u chig`anoqni hosil qilish, tanaga har doim suv kirib va chiqib turishini ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Anadonta tanasining orqa tomonida mantiya ikkita naycha yoki sifon hosil qiladi. Ularning yuqorigisi sillik devorli bo’lib, uni chiqarish yoki kloakal sifon deyiladi. U orqali suv va qoldiq moddalar tashqariga chiqariladi. Uning pastiga joylashgan naycha kirish yoki jabra sifondir. U orqali esa mantiya bo’shlig`iga suv va ozuqa (mayda suvo’tlari, organiq chirindilar) moddalari ham kiradi. Keyin ovqat zarralari og`izoldi kurakchalari yordamida og`iz teshigiga keladi va qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tadi. Oshqozondan boshlanadigan ichak mollyuskaning orqa tomoniga qarab yunalib, sirtmok hosil qiladi va yurak qorinchasi orqali o’tibr, kloaka sifoni yaqinida anal teshigiga ochiladi.
Nafas olish organlari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan ung va chap jabra plastinkalaridan iborat. Shunga ko’ra ikki pallalilarni plastinka jabralilar ham deyiladi. Har qaysi jabra plastinkasi kush qavatli bo’lib, ichki va tashqi pardani hosil qiladi. Jabra sifoni orqali kirgan suv mantiya bo’shlig`ini tuldiradi, keyin jabra plastinkalarini yuvib, jabra bo’shlig`iga o’tadi va chiqarish sifonidan tashqariga chiqadi. Jabralarda gaz almashinadi va suvda erigan kislorod qabul kilinib, karbonat angidrid ajratiladi.
Anadontaning qon aylanish sistemasi ochik, yurak tananing elka tomonidagi ikkilamchi tana bushligning (stelom) qoldig`i – yurak oldi xaltasining (perikardial bo’shliq) ichida joylashgan. Yurak ikkita yurak bo’lmasidan va bitta yurak qorinchasidan tashqil topgan. Yurak qorinchasidan oldinga va orqa tomonlarga aortalar chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o’tadi. U kapillyar qon tomirlari yordamida bo’tun tanaga tarqaladi. Karbonat angidridga tuyingan qon esa lakunlardan o’tibr, venalar orqali jabraga keladi va oksidlanib, yurakning bulmachalariga olib keladi. Undan yurak qorinchasiga o’tadi va aortalar orqali yana tanaga tarqaladi.
Nerv sistemasi uch juft (bosh, oyoq, visteral) nerv tugunidan iborat bo’lib, ular o’zaro Qonnektivalar orqali birikkan bo’ladi.
Ayiruv organlari sistemasi juft buyrak yoki boyanusov organidan va yurak oldi bezi (Keberov organ) dan iborat.
Anadonta ayrim jinsli juft gonadalarning yo’llari mantiya bo’shlig`iga ochiladi.
Download 29,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish