21-laboratoriya ishi



Download 1,52 Mb.
bet2/3
Sana30.05.2023
Hajmi1,52 Mb.
#946403
1   2   3
Bog'liq
Tarmoq 19-25 lab.Ulug`bek1

21-laboratoriya ishi


MAVZU: TARMOQ MUAMMOLARINI IZLASH VA BARTARAF ETISH: TROUBLESHOOTING.
Ishdan maqsad: Tarmoq qurilmalarini sozlangandan so’ng kelib chiqadigan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish ko’nikmalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumot
Tarmoqning normal rejimda qanday ishlashi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lgan odamgina tarmoqdagi muammolarni muvaffaqiyatli aniqlay oladi va tuzatadi. Faqatgina ushbu sharoitda me'yordan chetga chiqishni tezda aniqlash va muammoni aniqlash mumkin.
Yaxshi texnik mutaxasis avvalo o'zida mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlarni batafsil o'rganib chiqadi, barcha tarkibiy qismlarning ishini yaxshilab tushunishga harakat qiladi va ularni qanday qilib to'g'ri ishlashni o'rganadi. Tajribali tarmoq muhandislari katta muvaffaqiyatsizlikni dasturni noto'g'ri ishlatilishi yoki "inson omili" deb nomlangan natijalar bilan xato qilish mumkinligini bilishadi.
Muammolarni izlash va tuzatishning bir qator tuzilgan usullari mavjud.



22-Laboratoriya ishi


Mavzu: Tarmoq muammolarini izlash va bartaraf etish: Virusga qarshi himoya serverini o‘rnatish va sozlash.
Ishdan maqsad: Virusga qarshi himoya serverini o’rnatish va sozlash. Antivirus dasturiy ta’minotini o’rnatish va sozlash ishlarini o’rganish.
Operatsion tizimni turli virus va hujumlardan himoya qilish maqsadida turli antiviruslar mavjud. To'g'r bular sizni butunlay himoya qila oladi demaymiz lekin ma'lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta'minlay oladi. Bunday antivirus dasturlar juda ko'p bo'lib ularning mashhurlaridan misol sifatida ko'rsak, Kasperskiy, Doctor Web, Eset Nod32, Avast kabi antiviruslarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz Eset Nod32 Antivirusining o'rnatish va ish prinsipini ko'rib chiqamiz.



Antivirus dasturini o‘rnatish uchun uning o‘rnatiluvchi paketini tanlaymiz

So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak:
1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi;
2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi.



Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun «Я принимаю» tugmasini bosamiz


Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar:
1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xoxlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin;
2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xoxlasak buni belgilash kerak.
Bulardan o'tganimizdan so'ng " Установка" tugmasini bosamiz

Bu oynaga kelganimizda antivirus dasturi xotiradan o'rnatish uchun joy yetarlikmi yo'qmi shuni tekshiradi

So'ng antivirus dasturining o'rnatilish jarayoni boshlanadi



Bizning dastur o'rnatildi, «Готова» tugmasini bosamiz


Antivirus dasturimiz ishga tushgandan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz antivirusni aktivatsiya qilishimiz kerak bo'ladi. Buni quyidagicha amalga oshiramiz.




Yuqoridagi aktivatsiyani quyidagi kalitlardan biri orqali aktivatsiya qilamiz. Odatda eset antivirusida 30 kunlik kalit bo'ladi



Endi bizda kalit bor lekin bu kalitlarning hammasi ham bizning antivirusga mos kelmasligi ham mumkin.
Buning sababi esa antivirusning versiyasidadir. Biz kalit olganda antivirusimizning versiyasiga mos antivirus tanlashimiz lozim. Bizning hozirgi versiyamiz «Eset Smart Security Premium». Kalitdan ham xuddi shu versiyaning kalitini tanlaymiz.


Versiyani aniqlab olganimizdan so'ng biz, shu versiyaga tegishli kalitni olib antivirusimiz so'ragan joyga qo'yamiz





Kalitimiz haqiqiyligini tekshiruvchi oyna hisoblanadi (ESLATIB O'TAMIZ, antivirusni aktivatsiya qilish uchun bizga internet kerak bo'ladi)

Antivirusimiz kalit haqiqiyligini tekshirdi va bizda quyidagicha tasdiqlash oynasi ochiladi va «Готова» tugmasini bossak bizning antivirus ishga tushadi



1. «Password Manager» — bu internet brauzerlarda saqlangan parollarni xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi;
2. «Secure Data» — bu orqali biz kompyuterimiz xotirasidagi o'zimiz xoxlagan ma'lumotlar faqat bizning kompyuterda ocha oladigan boshqa kompyuterga o'tganda shifr holatida ko'rinadigan holatga keltirish mumkin;
3. «Родительский контрол» — bunda biz farzandlarimiz yoki boshqa insonlarimizni internetdan be'mani ma'lumotlardan saqlash uchun turli saytlarni bloklash yoki faqat kerakli saytlarni ochib qo'yish va shu kabi nazorat ishlarini qilish mumkin;
4. «Антивор» — buni ishga tushirsak biz kompyuterimiz yo'qolgan paytda uni qayerda ekanligini topa olishimiz uchun yordam beradi.
(ESLATMA, yuqoridagilarni aktivlashtirish uchun ma'lum qadamlarni bosib o'tish kerak).



Endi dasturning ishchi oynasi o'tganimizda antivirus o'zi avtomatik tarzda baza yangilanishini va dastur yangilanishi yuklab oladi va yangilanishni tugatish uchun OTni qayta yuklashni tavsiya etadi.



Dasturimiz o'z ishini boshladi va sizning operatsion tizimingizni o'z himoyasiga oldi.
Saytimiz a'zolariga yana bir maslahat, yuqoridagi rasmda qizil rang bilan belgilangan joyga e'tibor qaratishingizni so'raymiz, bujoyda agar yashil rang yonib turgan bo'lsa demak antivirus to'liq ishlamoqda degani, agar sariq ranga o'zgarsa antivirusimizda qandaydir kamchilik mavjud bo'ladi (bu kamchilik havfli emas), agar qizil rang bo'lsa antivirus operatsion tizimni kam kuch bilan himoya qilayotgan yoki umuman himoya qilmayotgan bo'ladi (bularga sabab bo'lishi mumkin, ba'zamiz eskirsa, aktivatsiya muddati tugasa va shu kabilar bo'lsihi mumkin).

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish