O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti
Biologiya (turlari bo’yicha) yo’nalishi
204-guruh talabasi
O’rozboyeva Kamolaning
“Gistologiya va embriologiya” fanidan
“Sutemizuvchilarning individual rivojlanish xususiyatlari”
mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi:
Ibragimov Q.
Bajardi:
O’rozboyeva K.
Toshkent-2022
Mavzu: Sutemizuchilarning individual
rivojlanish xususiyatlari
Reja:
1.
Sutemizuvchilarning jinsiy organlari tuzilishi
2.
Sut emizuvchilarning jinsiy sikli
3.
Sutemizuvchilarda implantatsiya va uning turlari
Sutemizuvchilarning
jinsiy organlar tuzilishi
Jinsiy organlarning ikkita muhim fiziologik vazifasi bo’lib, birinchidan, ular
jinsiy hujayralar-gametalar (tuxum hujayra va spermatozoid) hosil bo’lishini
ta’minlasa, ikkinchidan, jinsiy hujayralar va jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradigan
gormonlar ishlab chiqaradi. Jinsiy organlar 2 xil bo’lib, jinsiy hujayralar
rivojlanadigan bezlar (tuxumdon va urug’don) va jinsiy hujayralar o’tadigan
yo’llardan iborat.
Jinsiy organlarning taraqqiyoti.
Jinsiy organlarning taraqqiyoti bir necha
jarayonlar va bocqichlardan iborat. Sut emizuvchilar jinsiy organlarining
taraqqiyotida ikkita muhim xususiyatga e’tibor berish lozim. Eirinchidan, jinsiy
organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichida indifierent morfologik belgilar, ya’ni
ham erkaklik, ham urg’ochilik jinsiy organlarga xos belgilar shakllanadi va ularnnig
qaysi jins ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Keyinchalik har xil jinsga oid belgilar
shaklanadi. Ikkinchidan, erkaklik jinsining ta’sviri yo’qligi tufayfi, urug’chilik jinsiy
organ rivojlanadi.
Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug’lanish bo’lib, bunda
spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota
erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik
zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi
indifferent gonadani urug’don hosil bo’lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy
hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo’ladi. Y-xromosomaning bu
vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo’lmasa, gonada
tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya’ni gonada
jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi.
Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi.
Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo’ladi.
Bulardan biri. mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir.
Urug’donning testosteron gormoni ta’svirida mezonefros kanaldan urug’ olib
ketuvchi kanal hosil bo’lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va urug’
saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog’liq. Urug’chilik paramezonefros
(myuller) kanalining regenerasiyasi urug’doiming boshqa gormoni - myuller nayi
faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni ta’svirida sodir bo’ladi. Urg’ochi embrion
gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo’qligi tufayli
mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi
omil gormoni yo’qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo’li, bachadon va
qinning bir qismi hosil bo’ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent hollda
taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik, testosteron
yo’qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo’ladi.
Jinsiy takomillashishning oxirgi bosqichi tug’ilishdan keyin sodir bo’ladi.
Yangi tug’ilgan bola, qanday tashqi muhit tufayli o’z jinsiy belgilarini namoyon
qiladi. Jinsiy balog’atga yetish davrida esa bu jarayon oxiriga yetadi va jinsiy
gormonlar ta’svirida, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |