203-umumta’lim maktabi boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi Valiyeva Umidaning bir soatlik dars ishlanmasi. Toshkent-2014



Download 0.97 Mb.
Sana24.01.2017
Hajmi0.97 Mb.
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi
Uchtepa tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi
203-umumta’lim maktabi
boshlang`ich ta’lim o`qituvchisi

Valiyeva Umidaning

bir soatlik dars ishlanmasi.





Toshkent-2014
Darsning ta`lim texnologiyasi modeli

I. Ta’lim berish texnologiyasi


Vaqti : 45 minut

O`quvchilar soni: 38

Darsning shakli va turi:

Yangi bilim beruvchi dars

Darsning rejasi:

  1. Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishni tushuntirish

  2. Qo`shiluvchilarning o`rin almashtirishga doir misol-masalalar yechish

  3. Yangi mavzuni mustahkamlash

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishga doir misol-masalalarni yechishga o`rgatish;

  2. tarbiyaviy: o`quvchilarga bilim berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarlik, hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish;

    1. rivojlantiruvchi: o`quvchilarni topqirlik, tezkorlik bilan topshiriqni bajarish faolligini rivojlantirib borish.

Pedagogik vazifalar:
- Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishni tushuntirish;

- Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirilsa yig`indi ozgarmasligini tushuntirish;

- Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirib amallarni bajarishni o`rgatish.


O`quv faoliyati natijalari:
- Qo`shiluvchilarni o`rinlarini almashtirishni mevalar yordamida berilgan misollar bilan tanishadilar;

- Ikkinchi qo`shiluvchini topish orqali yig`indini hosil qilish haqida tushunchaga ega bo`ladilar;

- Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishga doir teskari masalalarini bajarishni o`rganadilar;

- Geometrik shakllarni taqqoslab, kerakli shaklni topishni shakllantiradilar.



Ta’lim metodlari:

Ko`rgazmali, tezkor savol-javob, didaktik o`yin ( “Tipratikanga yordam ber!”, “Matematik estafeta”)

Ta’lim shakli:

Frantal , jamoaviy va yakka tartibda ishlash

Ta’lim vositalari:

Darslik, “Matematika” daftari, texnik vositalar, multimediali taqdimot, mavzuga mos plakatlar

Ta’lim berish sharoiti:

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona.

Manitoring va baholash:

Og`zaki so`rov: tezkor so`rov va boshq.

Yozma so`rov: chiroyli va xatosiz yozish.



II. Darsning texnologik xaritasi


Ish bosqichlari va vaqti:

Faoliyat

O`qituvchi

O`quvchi


1- bosqich.

O`quv mashg`ulotiga kirish ( 3 daq )



1.Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg`ulot rejasi bilan tanishtiradi.

2.Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishga doir misol-masalalarni yechishga o`rgatadi.

3. O`quv mashg`uloti qoidalari va o`quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.


Tinglaydilar .

2- bosqich.

O`tilganlarni takrorlash.

( 7 daq )


1. Qo`shishning hadlarini takrorlaydi.

2. Misollar orqali takrorlanadi. “Tipratikanga yordam ber!” didaktik o`yinining qanday bajarilishini tushuntiradi.



1.Qo`shishni hadlarini takrorlaydilar.

2.Misollar orqali takrorlaydilar.



3 – bosqich.

Asosiy


( 15 daq )

1. Tezkor so`rov orqali bilimlarini faollashtirishga ko`maklashadi.

2. Qo`shiluvchilarning o`rinlarini almashtirishga doir misol-masalalarni yechish.

3. Dam olish daqiqasi


1.Javob beradilar.

2. Yozadilar

3. Bajaradilar


4- bosqich.

Mustahkamlash

( 10 daq )


1.Yangi mavzuni mustahkamlay- di.

2. Tarqatma materiallarga yozilgan misollarni yechishni topshiriq sifatida beradi.



1. Guruhlarda ishlaydilar, taqdimot qiladilar va boshqalar.

3. Ishlaydilar




5- bosqich.

Yakuniy


( 10 daq )

1. Mavzu bo`yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kelgusi kasbiy faoliyatda ahamiyatga ega ekanligiga o`quvchilar e’tiborini qaratadi.

2. O`quvchilar ishlarini baholaydilar, darsning maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.

3. Uyga vazifa – qo`shiluvchilarni o`rinlarini almashtirishga doir 4 ta misol ishlab kelish.

1. O`z – o`zini, o`zaro baholashni o`tkazadilar.


2. Savol beradilar.

3. Eshtadilar.




Darsning borishi:

Tashliy qism: O`qituvchi darsning tashkiliy qismida o`quvchilarni dars tartibi, mavzusi va baholash mezonlari bilan tanishtiradi.




O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`qituvchining qo`shiluvchilarning o`rinlarini almahtirishga doir rasmli masala misollardan foydalaniladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.


Yangi mavzuni mustahkamlash. Misollarni yechishda o`quvchilarning faolligini oshiruvchi “Hushyor bo`l!” nomli o`yindan foydalanish ancha samarali kechadi.

4+5=9 6+2=8

5+4=9 2+6=8

Bunda bir o`quvchi doskada ilib qo`yilgan plakatli jadval asosida ishlaydi. Mustaqil misol yozadi, ikkinchi o`quvchi hushyorlik bilan qo`shiluvchilarni o`rnini almashtirib sonlarni tartib bilan qo`yadi.

Qatorlardan o`quvchi tanlanib olinadi. Tarqatma materiallar tarqatilinadi. “Daqiqali misollar”. Bunda o`quvchilar “Kim chaqqon?” shioriga amal qilgan holda birinchi va to`g`ri bajarishga harakat qiladilar. O`qituvchi daqiqasini belgilab, o`rinlarini aniqlab baholaydi va rag`batlantiradi.

Daftar bilan ishlash.

8+1= +8=9


7+2= +7=9

6+3= +6= 9




5+4= +5=9




4+5= +4=9



3+5= +3=9



2+6= +2=9




1+8= +1=9


6 + 3 = 7 + 2 = 5 + 4 =


3 + = 9 2 + = 9 4 + = 9
Darsni yakunlash. O`quvchilardan dars haqida fikrlar so`raladi. “Bugungi darsda biz nimalarni o`rgandik?” degan savol yordamida darsdagi ishtirokiga ko`ra o`quvchilar rag`batlantiriladi.












Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa