201-guruh talabasi Sherqulov Shaxzodning Kompyuterni tashkillashtirish fanidan mustaqil ishi. Mavzu:Super kompyuterlar uchun texnik tizimlarni va dasturiy ta`minotni tanlash.. Reja: 1) Tizimli plata. Protsessor. 2) Asosiy xotira, . 3) Yordamchi xotira, Dizayn, Dasturiy ta`minot.
1. Protsessor uchun mo`ljallangan soket. Intel firmasi uchun LGA soketlari. LGA-2066.
2. Asosiy xotira uchun interfeys (DDR3, DDR4)
3. Asosiy xotira va tizimli plataning ishlash tezligi.
Misol uchun OZU xotira 2400 MHz bo`lib, tizimli plataning tezligi 2133 MHz bo`lsa, Kompyuterning ishlash tezligi 2133 MHz ga teng bo`ladi.
4. OZU xotira uchun ajratilgan slotlar soni. 2x4x8 tagacha.
5. Form faktor ulanuvchi interfeyslar.
6. USB shinalar; USB 3, USB 2.
Tiziml plata haqida qisqacha.
2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi , u kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalar tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi. Yaxshilab nazar solinsa, ko‘rish mumkinki, plataning usti va tag tarafida son-sanoqsiz elektr «yo‘llar» chizilgan. Aynan mana shu chizilgan yo‘llar qurilmalarni bir-biri bilan bog‘lab beradi. Biz chiziq, yo‘l deb atayotganimiz aslida sim, kabel hisoblanadi. Faqat ular elektr sxema ko‘rinishida ixcham qilib plastmassa taglikka mis yoki kumush eritmasidan chizilgan bo‘ladi. Har bir qurilmaning o‘zi ulanadigan joyi bo‘ladi. Protsessor (CPU) uchun alohida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi, mayda teshikchalari bo‘lgan maxsus joy bor. Xarid qilingan protsessor o‘sha joyga o‘rnashtirilib, mahkamlab qo‘yiladi. BIOS ham tizim platasiga payvandlangan bo‘ladi. Agar modem yoki TV-karta kabi tashqi yordamchi qurilmalardan foydalanmoqchi bo‘lsak, ular uchun ham 3-4 ta maxsus slot (joy) o‘rnatilgan. Faqat bu slot DDR nikidan farq qiladi. Agar tashqi videokarta o‘rnatmoqchi bo‘lsak, xuddi DDR da bo‘lgani kabi, uning uchun ham maxsus slot bor. Quyidagi rasmda ona platani tuzilishi ko’rsatilgan. E’tiboriz uchun rahmat!!! Bajardi: Sherqulov Shaxzod.
Do'stlaringiz bilan baham: |