Keyinchalik Toshkent Xalq kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy kutubxonasi) dagi barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondiga topshirilgan. Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin kutubxonasining qo’lyozmalar fondidagi Qo’qon va Xiva xonliklariga tegishli arxiv hujjatlari 1962 yilda Toshkentga qaytarilgan va hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida tarixchi olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov XIX v.” nomli kitobini e’lon qildi. Mazkur kitobda mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi keltirilgan. Qo’qon xonligi arxivi hujjatlarini o’rganish borasida t.f.d., prof. A. Nabiyevning xizmatlari kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |