2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq



Download 487,37 Kb.
bet1/9
Sana24.03.2023
Hajmi487,37 Kb.
#921390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-471 30.12.2022




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda;
foyda solig‘i to‘liq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno);
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno).
Bunda soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2022-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini o‘tkazish 2023-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2022-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
2023-yilda ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha 2022-yilda amal qilgan taqsimlash me’yorlari saqlab qolinadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ma’murchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi;
jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lovlar respublika budjeti daromadlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga 6-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini qo‘llash tartibi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
5. 2023-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:
a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda solig‘i 5-ilovaga muvofiq;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq oltin bo‘yicha — 10 foiz, palladiy, kumush va mis bo‘yicha — 15 foiz;
b) “O‘zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha — 15 foiz;
v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 gramiga 1 000 so‘m miqdorida tasdiqlansin.
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar:
“O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan dehqon ho‘jaliklariga yer solig‘ini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro tajribani hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash tartibini ko‘rib chiqsin va uni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Jismoniy shaxslarga soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan quyidagilar belgilansin:
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda barcha hududlarda birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qaror loyihasida ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin.
9. 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilsin:
5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 30 foiz.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning qo‘shimcha vakolatlari quyidagi tartiblarda amalga oshirilsin:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va ro‘yxatga oladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘ziga ajratiladigan mablag‘lar doirasida joriy xarajatlarini qayta taqsimlash, jumladan tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash orqali mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ushbu dasturlarda nazarda tutilmagan xarajatlar bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tashabbusi bilan yangidan ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari va tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘lar tegishli birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
12. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari:
o‘z tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilish;
o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarining to‘g‘ri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to‘liq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, jumladan ularning xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritilishi;
budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlar to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
davriy jamlanma moliyaviy hisobotlar to‘g‘ri shakllantirilishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tartiblarni tegishli axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga qo‘shimcha vakolatlar berilishi munosabati bilan ular tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirsin va 2023-yil I chorak yakunlari bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
13. Belgilansinki, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi:
har chorak yakuni bo‘yicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholanadi;
hisobot yili yakuni bo‘yicha Hisob palatasi tomonidan auditdan o‘tkaziladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga har chorak yakunida:
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;
Soliq qo‘mitasi va Bojxona qo‘mitasining Davlat budjeti daromadlari prognozi to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, qo‘llanilgan soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
14. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini oshirish orqali ularga ajratilgan budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2023-yil 15-fevralga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin;
2023-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholasin va ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rsin;
2023-yil 1-apreldan boshlab vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlarini davlat sektorida ichki audit va ichki nazorat sohasida doimiy o‘qitib borish tizimini joriy etsin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
kelgusida mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalarini belgilangan muddatda qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin;
birinchi navbatda mazkur qarorning 2-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan respublika budjetidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar hisobidan mahalliy budjetlarga ajratilgan maqsadli budjet ssudalarini qoplash choralarini ko‘rsin.
16. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning hamda mazkur jamg‘armalarning bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 20 foizi har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti taqchillik bilan tasdiqlangan davrda budjet ssudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga faqatgina yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan vaqtinchalik yuzaga kelgan kassa uzilishini qoplash uchun ajratiladi.
17. Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
2023-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga asosan “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
22. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
PQ-471-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga
1-ILOVA
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari


Download 487,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish