AXBOROT XATI
Hurmatli ishtirokchilar, Sizlarni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2023 yil 5-6-may kunlari boʻlib oʻtadigan "Janubiy Orolboyi arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
Xalqaro konferensiyaning maqsad va vazifalari: Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixidagi Janubiy Orolboyi xalqlarining o‘rni va ahamiyati, manbashunosligi, arxeologiyasi, etnologiya va tarixshunoslik masalalari, moddiy madaniyati va ma`naviyatiga doir masalalari to`g`risida zamonaviy qarash va yondashuvlar asosida o‘rganish, qadimgi Janubiy Orolboyi xalqlarining sivilizatsiyasi tarixiga oid yangi maʼlumotlar, oʻrta asrlar va yangi davlar tarixini oʻrganilish holati va qiyosiy tahlil natijalarini yoritish, mintaqa xalqlarining xolis va haqqoniy tarixini yaratish masalalarini koʻrib chiqishdan iborat. Shuningdek, Janubiy Orolboyi arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalariga doir mavzularni o`qitishda innovacion texnologiyalardan foydalanish zarurati, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, Janubiy Orolboyida turizmni rivojlantirish jarayoniga taqdim etish uchun xulosa va takliflar tayyorlashdan iborat.
Anjumanda qatnashish uchun quyidagi yoʼnalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
1-shoʻba: Janubiy Orolboyi arxeologiyasi va etnografiyasiga doir yangi tadqiqotlar;
2-shoʻba: Janubiy Orolboyi xalqlari manbashunosligi, tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalari;
3-shoʻba: Janubiy Orolboyi xalqlarining tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
Maqolani rasmiylashtirish talablari:
– Maqolalar anjuman yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
– Maqola annotatsiya, kalit so‘zlar va asosiy matndan (kirish, asosiy qism, natijalar va xulosa) iborat bo‘lishi va quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanishi kerak:
- 4 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz) 5-7 qatorli rezyuma yoki annotaciya;
- kalit so‘zlar 8-12 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak;
– Matn (Microsoft Word, Times New Roman) oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi. Chet ellik mualliflar maqolalarini ingliz va rus tillarida yuborishi mumkin.
– Matn oʻlchami – 4 - 8 betgacha, qogʻoz oʻlchami – A4, oraliq – 1,5 harf oʻlchami – 14, betning chap chegarasi – 30 mm, oʻng, yuqori va pastki chegaralari – 20 mm.
– Matnning boshlanishi: maqola sarlavhasi, muallif (ismi, familiyasi, rasmiy lavozimi, ilmiy darajasi).
– Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati matn soʼnggida keltirilib, havola kvadrat qavs shaklida ([1.12] birinchi adabiyot raqami, ikkinchi adabiyot beti) beriladi.
Matnda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va aniqligiga muallif yoki mualliflar javobgar hisoblanadi.
– Maqolada hammualliflar soni 2 tadan oshmasligi kerak.
Maqola va tezislar elektron shaklda har bir shoʻba nomi koʻrsatilgan va muallif familiyasi, ismi bilan nomlangan holda taqdim etiladi (Namuna: 1-shoʻba: B. Turganov.).
ESLATMA: Berilgan maqolalar ekspertlar tahlilidan oʻtadi. Ilmiy-amaliy anjuman mavzusi va nashr talablariga javob bermaydigan, ekspertlar tahlilidan oʼtmagan maqolalar matni qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Anjuman materiallari 2023-yil 15- aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Xalqaro konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, qaraqalpoq, rus, ingliz.
Maqolalarning to‘lov badali bir beti uchun 20 ming so‘m.
– Maqolalar uchun toʻlov mavjud emas (Aniqlashtiring).
–Maqolasi qabul qilingan ishtirokchilarga toʻplam elektron shaklida tarqatiladi. Anjuman ishtirokshilari sertifikat bilan taqdirlanadi.
Anjumanga xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlari, oliy ta’lim muassasalarining mahalliy professor-o‘qituvchilari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar tomonidan taqdim etilgan maqolalar qabul qilinadi.
Maqola matni va ariza xarezm2023conference@gmail.com elektron pochtasiga yoki @Janubiy Orolboyi tarixi 2023conference telegram manziliga yuborilishi kerak.
Xalqaro anjuman toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovichdan olinadi. Telefon raqami +99897-769-72-43.
Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, A. Dosumov guzari koʻchasi, raqamsiz uy
"Janubiy Orolboyi arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchilari uchun
Ariza formasi
Davlat.
Muallif (hammuallif)
Ish joyi
Lavozim
Ilmiy daraja, ilmiy unvon
Maqola sarlavhasi
Xalqaro konferensiya yo‘nalishi
Aloqa telefon raqamlari
Elektron pochta manzili
Do'stlaringiz bilan baham: |