2023-yil 10-yanvardan 2023 -yil 9-aprelga qadar bo'lib o'tadigan katta. Uz «best» tanlovi shartlari



Download 95,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.02.2023
Hajmi95,86 Kb.
#914072
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
raffle-56-uz



2023-yil 10-yanvardan
2023
-yil 9-aprelga
qadar bo'lib o'tadigan KATTA.UZ
«BEST»
TANLOVI SHARTLARI
1.Umumiy qoidalar,
tanlovning ta'riflari
va atamalar
1.1. Ushbu Shartlar «Katta.uz» da tanlovni (keyingi o‘rinlarda
«Tanlov» deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soladi.
Tanlov, uni o‘tkazish Shartlari va qoidalari, muddatlari, tartibi
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
«Katta.uz»
mobil
ilovasida
yoki
https://katta.uz/ veb-saytida joylashtiriladi. Rasmiy matn (mavjud
bo'lsa, rasmiy matnga o'zgartirishlar kiritiladi).
1.2. Tanlov lotereya yoki xavfga asoslangan qandaydir o'yin emas,
shuning uchun u majburiy ro'yxatdan o'tishni yoki tegishli davlat
organlariga xabar berishni talab qilmaydi.
1.3. Atamalar:
1.3.1. Tanlov tashkilotchisi - «SAB-GAMES» MChJ va «ANY
MOBILE» MChJ.
1.3.2. Tanlovning rasmiy hamkori «Beeline» savdo belgisi ostida uyali
aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Unitel» MChJ (Operator) hisoblanadi.
1.3.3. Tanlov ishtirokchisi (Foydalanuvchi) – «Katta.uz» mobil
ilovasida Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish tartib-taomilini
o'tgan va «Katta.uz» mobil ilovasida joylashtirilgan foydalanuvchilar
shartnomasini Akcept qilish orqali «Katta.uz» bilan Shartnoma tuzib,
Tanlovda qatnashish huquqiga va oldindan to‘lov tizimi abonentlari
uchun mavjud bo‘lgan tarif rejasiga ega 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston
Respublikasining layoqatli jismoniy shaxsi.
1.3.4. Mobil ilova - SAB-GAMES nomi va akkauntidan Apple Store va
Google Play doʻkonlariga yuklangan dasturiy-apparat majmuasi.
1.3.5. Mobil ilova - axborot tizimidagi ma'lumot va intellektual mulk
obyektlariga (shu jumladan, EHM uchun dastur, foydalanuvchilar
ma'lumotlar bazasi, interfeysning grafik bezagi (dizayn) va boshqalar)
kiradigan yig'indisini tashkil etuvchi axborot resursi bo'lib, unga kirish
maxsus dasturiy ta'minot orqali Internetga ulangan turli xil
foydalanuvchi qurilmalaridan ta'minlanadi. Ilova ijrochilar tomonidan
taqdim etiladigan turli tanlovlar va o'yinlar haqida ma'lumot olish
uchun mo'ljallangan Axborot resursidir.
1.3.6. «Katta.uz» servisi – «Katta.uz» tomonidan taqdim etiladigan
mobil o‘yinlarni o‘ynash orqali tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatini
beruvchi «Katta.uz» mobil ilovasi.


1.3.7. Qoidalarda ushbu Shartlarning 1-bo’limida belgilanmagan
atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holda, bunday atamaning talqini
Shartlar matniga muvofiq amalga oshiriladi. Shartlar matnida
atamaning bir ma’noli talqini mavjud bo‘lmagan taqdirda, atamaning
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talqiniga amal
qilish kerak.
1.3.8. Reklama materiallari - reklama xarakteriga ega bo'lgan xabarlar
ko'rinishidagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish uchun mo'ljallangan
ma'lumotlar.
1.3.9. Liderbord «Best» - quyidagi tanlov davomida foydalanuvchi
tizimning barcha o'yinlarida erishgan eng yaxshi natija.
1.3.10. G'olib - tanlov tugashiga qadar sovrinli o'rin egallagan
foydalanuvchi hisoblanadi.

Download 95,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish