Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. - Ushbu soliq (qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan stavkalardan tashqari) stavkalarini inflatsiya darajasida 1,1 baravarga iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari (sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va kommunal xo‘jaligi bundan mustasno) va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa 1,3 baravarga indeksatsiya qilinmoqda;
- Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 so‘m, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsiyent qo‘llash tartibi saqlab qolinmoqda;
Do'stlaringiz bilan baham: |