O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan, maktabgacha talim tizimiga etibor qaratilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha talim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi 5198-farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respubliksi maktabgacha tilim vazirligi tashkil etildi. Shu bois eng yaxshi xalqaro tajribalar asosida tizimdagi dasturiy va o‘quv-metodik taminotni takomillashtirish maqsadida maktabgacha talim tizimini tubdan islox qilish vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkaasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Bolalarni boshlang‘ich talimga maeburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora tadbirdari to‘g‘risi”agi 999-sonli qaroriga asosan O‘zbekistonda Istiqomat qiluvchi 6-7 yoshli bolalarni maktabga to‘lovsiz majburiy bir yillik tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga talim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo‘li” dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi.
“Ilm yo‘li”variantiv dasturi bolada to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, ularni maktabda talim olishga samarali tayyorlanishini taminlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalar hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjatdir.
Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, talim-tarbiyaviy faoiliyat kuniga 3,5 soat davomida amalga oshiriladi, Uning majburiy qismi 80 % ni va variantiv qismi esa 20% ni tashkil etadi.
Vazirlar maxkamasining “Bolalarni boshlang‘ich talimga majburiy bir yil” tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 9-martda 132-sonli qarori ishlab chiqildi.
2022-yil 9-fevralda esa ushbu qarorga o‘zgartirishlar qiritildi.
“Bolalarni boshlang‘ich talimga majburiy bir yil” tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorga asosan 2018-2019 o‘quv yild Qoraqalpog‘iston Resublikasi To‘rtko‘l tumani va Quvasoy shaxrida hamda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Bektemir, Uchtepa, Yashnabod, Chilonzor, Yunusobod va Shayhontoxur tumanlarinida bolalarga boshlang‘ich talimga majburiy bepul bir yil tayyorlash tizimi tajriba-sinov tariqasida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shu tariqa sekin-asta viloyatlarda ham joriy etildi. Shu jumladan Navoiy viloyatida ham tashkil etildi. Hozirda Navoiy viloyati Navoiy shaharda joylashgan 24-sonli maktabgacha talim tashkilotida ham “Bolalarni boshlang‘ich talimga majburiy bir yil bepul tayyorlash” guruxi ochildi. Bu gurux Navoiy shahrida joylashgan 20-sonli maktabda ish faoliyatini boshladi. Guruhda 50 nafar bola bo‘lib, ulardan 25 nafari ertalab soat 8:00 dan, 12 gacha ,
25 nafari esa 13:00 dan 16:00gacha mashg‘ulotlarga jalb qilinadi. Mashg‘ulotlarda sentabr oyidan may oyining oxiriga qadar olib boriladi. Mashg‘ulotlar oy mavzusi va xafta mavzularidan kelib chiqib, o‘tqazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |