2022 yil 28-Yanvarda Maktabda aniq fanlar metod birlashmasining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda metod birlashma rahbari Sh. Tursunova va metod birlashma a’zolari X. Boltaboyev, a qoraboyev, L
Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani XTB gaqarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida fevral-“Matematika va informatika ”fani oyligida bajarilgan ishlar yuzasidan
AXBOROTI
2022 yil 28-Yanvarda Maktabda aniq fanlar metod birlashmasining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi.Yig’ilishda metod birlashma rahbari Sh.Tursunova va metod birlashma a’zolari X.Boltaboyev, A Qoraboyev , L.Qambaraliyevalar bilan birgalikda fan oyligini o’tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi va tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Ushbu reja bo’yicha 8-fevral kuni ertalabki o`quvchilar yig`ilishida fan oyligini ochilish marosimi o`tkazildi. Matematika o`qituvchisi Sh.Tursunova fan oyligi davomida xar-bir sinf devoriy gazetalar, ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar, buyuk o`zbek matematiklari hayoti va ijodi aks etgan albom va buklamalar tayyorlab tanlovda ishtirok etishlarini va fan oyligi so`ngida taqdirlanishlarini e’lon qildi.Fan oyligi burchagi tashkil etildi, fanga oid yuzga yaqin ko’rgazmalar,ijodiy ishlar, buklamalar tayyorlandi.Bunda yuqori sinf o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi va matematika faniga oid bo’lgan turli shakllar,formulalar yozilgan devoriy gazetalar kabi ijodiy ishlar bajardilar.
Fan oyligi davomida o’quv jarayoni boshlangandan so’ng matematika va informatika darslarini ochiq dars deb e’lon qilindi. Shu yilning 9-fevral kuni A.Qoraboyev 9-sinfda matematika fanidan “keltirish formulalari” mavzusida ochiq dars o’tkazish Darsda 6 nafar o`qituvchilar qatnashdilar va dars yuzasidan fikir mulohazalar almashdilar.
15-fevral yana shu kuni informatika fani o’qituvchisi X.Boltaboyev 5-sinfda informatika fanidan “Klaviatura bilan ishlash” mavzuda ochiq dars o’tkazdi
24-fevral kuni matematika fani o’qituvchisi Sh.Abduqodirova 8-B-sinfda algebra fanidan “Viyet teoremasi.Kvadrat uchhad.Kvadrat uchhadni ko’paytuvchilarga ajratish” mavzusida ochiq dars o’tdi
25-fevral kuni matematika fani o’qituvchisi Sh Tursunova 8-sinflarda matematika fanidan “Zakovot intelektual o’yini”ni tashkil etish va o’tkazdi.
Fan oyligi davomida informatika o’qituvchisi X.Boltaboyev va matematika fani o’qituchilari fan to’garaklarini qizg’in olib bordilar. Fan oyligining yakuniy kengash yig`ilishida barcha o`tilgan darslar tahlil qilindi.
Fan oyligi yakunida oylikni mazmunli va qiziqarli o`tishini taminlagan matematika va informatika fani o`qituvchilari va faol sinf, bilimdon o`quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Aniq fanlar metod birlashmasi rahbari: Sh.Tursunova