Ming tuman tog'ni tuymoq
Bag'ir qoni bilan falakni bo'yamoq,
Yuz yil zindonda yotmoq -
Nodonning suhbatidan yaxshiroq
Navoiyning fikrlarini tahlil qiling:
"Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm - bepovon"
Yoki:
Ilm-asI gavhar, ilm - bir ummon,
Ilmla yechilur mushkullar - oson.
Ilm sohibi bo'l, ilmdir iymon,
Ilm mevasidir mukammal inson.
Komil inson qiyofasini iloji boricha aniqroq tasavvur qilish uchun nazarda tutilgan komillik shakllantiruvchi tarkibiy qismlarni belgilash va tavsiflash zarur deb hisoblaymiz. Bular qatoriga quyidagi insoniy sifatlarni
kiritish mumkin:
1. Olijanoblik, 2. Oqillik, 3. Ilmlilik, 4. Fozillik, 5. Odillik, 6. Qobillik va boshqalar.
Komil inson darajasi barchaga ham nasib etavermagani bois ushbu sifatlar qatorini yanada ko'paytirish ham mumkin. 2000-yilning "Sog'lom avlod yili", 2001-yilning "Onalar va bolalar yili" deb e'lon qilinganligidan, amalda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar hajmining serqirraligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, komillik yo'li - mashaqqat va haqiqat yo'li, mehru muhabbat, sabru qanoat, ilmu ma'rifat yo'lidir. Ana shu ma'noda milliy istiqlol g'oyasi - komillikka eltuvchi ulug' va muqaddas yo'ldir. Eng muhimi - bu yo'ldan chiqmaslik va qat'iylik bilan oldinga intilishdir. Yana muhimrog'i - bu yo'lning asosi bor, tarixi bor, bu yo'l biz uchun notanish emas. Chunki bizning bu yo'lni bosib o’tgan obolarimiz bor, bugunning yetuk insonlari bo'lgan zamondoshlarimiz bor, istiqlol g'oyalar bilan hamqadam o'sayotgan barkamol avlodimiz bor.
Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |