11-Mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
REJA :
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy
hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
Qoraqalpog’istonda mustaqillik yillarida siyosiy sohasidagi o’zgarishlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy hayoti
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi hayotida
ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Tayanch iboralar. Orol fojiasi.Ekologik holat,
Ijtimoiy hayot. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili bo’ldi. SHu yili ular o’z taqdirini O’zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi. Qadimiy turkiylarning ikki qavmining yillar mobaynida tillari, qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlari, iqtisodiy hamkorligi natijasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. O’zbekiston respublikasi tarkibida o’tgan 84 yillik tarix (2020 yil) qoraqalpoq xalqi uchun jiddiy o’zgarishlar davri bo’ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq, sanat va adabiyotdagi yuksalish, qishloq. xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita o’zbek xalqining yordami va ko’magi bilan dunyoga keldi. Qoraqalpoq va o’zbek xalqi bir necha o’n yilliklar mobaynida to’planib qolgan muammolarni mustaqillik yillarida birga hal etishdi. Qoraqalpog’iston hududida asosan qoraqalpoq va o’zbeklar shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreyslar va boshqalar yashaydi. SHahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari o’zbek va qoraqalpoq tillari. Etnik tarkibi 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % o’zbeklar, 4,2 % Qozoqlar va boshqa millatlardan tashkil topgan Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka o’zbek xalqi ko’magida erishdi va o’zining kelajagini yaratishga erishdi..
O’zbekiston Respublikasi Qoraqalpog’iston Respublikasini har tomonlama qo’llab - quvvatlab kelmoqda. 1996 yili O’zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog’istonni rivojlantirish uchun 10 mlrd.so’m mablag’ ajratildi. Bu Qoraqalpog’iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qildi. Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o’sib bormoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy ko’magi tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholining turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bormoqda. Ayni paytda sanoat, qishloq. xo’jalik va savdoda bu ko’rsatkich 90 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi “Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq tumanini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida atigi 32 ming aholisi bor bitta tuman uchun 1 trilion 485 milliard 176 million so’m mablah ajratildi.
2020-2021 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasining Bo’zatov tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari bo’yicha Vazirlar mahkamasining 2020- yil 18-apreldagi 243-son qarori qabul qilindi va moliyalashtirildi.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’istonda ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. 1991-1996 yillarda Qoraqalpog’istonda ma’lum demografik o’zgarishlar ro’y berdi. Tug’ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga kamaydi. Demografik o’zgarishning asosiy sabablaridan biri ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy yashash sharoitlariga bog’liq. 1991-1996 yillarda respublikadan 26,7 ming kishi ko’chib ketdi. 1993 yilda aholisi 1.342,8 ming kishini tashkil qilgan 1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga o’sgan bo’lsa, 2001 yil 1 yanvarga kelib 1.527,0 ming, 2013 yilda esa 1.711.800 kishiga o’sdi. Nukus shahrida 2001 yil 1 yanvarga kelib 210,5 ming kishini tashkil qildi. Qoraqalpog’iston hududi-166,59 ming kv km.ni egallaydi. Qoraqalpog’istonda 15 ta tuman 12 shahar, 16 shaharcha, 107 ovul mavjud. (Amudaryo, Beruniy, Bo’zatov, Kegeyli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, CHimboy, SHumanay, Ellikqala, Qonliko’l) 12 shahar (Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Nukus, Taxiatosh, To’rtko’l, Xo’jayli, CHimboy, SHumanoy, Qo’ng’irot, Xalqobod) 16 shaharcha (Vodnik, YOshlik, Kegeyli, Komsomolsk-ustyurt, Leninobod, Oltinko’l, Oqmang’it, Oqsholoh, Pristan, Sumiktov, Taxtako’pir, Qizketken, Qozoqketken, Qoratov, Qorao’zak, Qoraqalpog’iston).
Qoraqalpog’iston Respublikasi doimiy aholi soni 2018 yil 1-aprel holatiga 1847,6ming kishini tashkil etadi. Ushbu ko’rsatgich 2018 yilning yanvar-mart oylarida 5,3 ming kishiga yoki 0,3 % ga o’sdi.
2019 yil yanvar-martda tug’ilganlar soni 8152 kishini tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga (7933 kishi) nisbatan 219 kishiga ko’p yoki 2,8 % ga oshdi. Tug’ilish darajasining ko’payishi reapublikaning deyarli barcha hududlarida kayd etildi. Bu ko’rsatgichning yuqori darajasi
Taxiatosh (15,0 dan 17,2 promillega), Mo’ynoq (14,6 dan 16,4 ga), Nukus shahri (16,2 dan 17,6ga) va Qo’ng’irot (16,7 dan 17,9 ga) tumanlarida kuzatildi.
2019 yilning yanvar-martida respublikada o’lganlar soni 1783 kishini tashkil qildi va 2018 yilning shu davriga (1890 kishi) nisbatan 107 kishiga yoki 5,7 % ga kamaydi. Bundan tashqari, 2017 yilning 1 fevralidan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga, birinchi navbatda, yolg’iz fuqarolar, pensionerlarga, boquvchisi nogiron oilalarga hamda boshqa kam ta’minlangan toifadagi aholi va oilalarga qishloq (mahalla) fuqarolar yig’inlarining komissiyalari qaroriga binoan tayinlanadigan eng kam ish haqining 2 barobaridan 5 barobarigacha miqdorda bir marta beriladigan moddiy yordam shaklidagi ijtimoiy nafaqaning yangi turi joriy etildi. SHu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq ichki yo’llar kapital ta’mirlandi va rekonstruktsiya qilindi. Mustaqillik yillarida respublikada ishchi va xizmatchilarning o’rtacha ish haqi izchil o’sib bordi. 1996 yilda u 1409 so’mdan, 2761,1 so’mga yoki 1.96 martaga ko’paydi. 2021-2022 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahridagi sharoiti og’ir mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy va infratuzulma holati bilan bog’liq muammolarni hal etish chora-tadbirlari to’g’risida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19-apreldagi 223-sonli qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |