2022 O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fakulteti termiz davlat universiteti termiz – 2022



Download 69,42 Mb.
bet11/90
Sana23.11.2022
Hajmi69,42 Mb.
#870954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Bog'liq
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 2021 ЎУМ

Tayanch iboralar: Sobiq sovet Ittifoqini saqlab qolish haqidagi harakatlar. 1991 yil 19-21 avgustda Moskvada davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinish. Favqulodda holat davlat qo‘mitasining tuzilishi (FHDQ) O‘zbekistonning mustaqillik yo‘li to‘g‘risidagi bayonoti. O‘zbekiston mustaqil davlat. O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustdagi XII chaqiriq VI sessiyasi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.


«Mustaqillik», «suverenitet», «erkinlik» tushunchalari aynan o‘xshash, bir xildagi tushunchalar sifatida talqin etiladi va bular davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini yurgizishda, davlat qurilishini, hokimiyat va muhim boshqaruv tizimlarini belgilashda hech kimga tobe bo‘lmagan oliy huquqga ega ekanligini, hududning daxlsizligini va unda joylashgan barcha ishlab chiqarish korxonalari, tabiiy boyliklar madaniy qadriyatlardan foydalanish va tasarruf etishga xech qanday cheklanmagan huquqni bildiradi. SHunday bo‘lsa ham, xalqaro va davlat ichkarisidagi siyosiy tajribalar, bu tushunchalardagi bir qadar izchil bosqichma-bosqichlikni va ularning muayyan siyosiy-iqtisodiy belgilar va alomatlar bilan shartli bog‘lanishini ko‘rsatib beradi.



Mustaqillik

Suverinitet

Erkinlik




Siyosiy jihatdan

Iqtisodiy jihatdan




1.

O‘zining ijtimoiy siyosiy qurilishini belgilashda, ichki va tashqi siyosatini yurgizishda davlatning hech kimga qaram tobe bo‘lmaganligini bildiradi.

Barcha ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kuch - qudrat va imkoniyatlarga, tabiiy boyliklarga to‘la egalik qilish huquqi.

Xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub’ekt, xalqaro tashkilotlarda, ikki va ko‘p tomonlama davlatlararo munosabatlar o‘rnatish, to‘la huquqli vakolatlilik.

2.

.

Davlat boshlig‘i

Jahon hamjamiyati davlatlari tomonidan tan olinishi.



3




Milliy valyuta jahon va davlatlararo xalq, xo‘jaligida ishtirok etish.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zolik.

4.




O‘z kuchlari va aholining hayot faoliyatini ta’minlash.

Boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish.

5.

Davlat ramzlari Gerb (davlat tamg‘asi), bayroq, madxiya.

Mulkchilik shakllari va munosabatlarini qonunchilik yo‘li bilan belgilash.

Eng muhim xalqaro bitim, shartnoma va kelishuvlarga qo‘shilish.

6.

Davlat mukofotlari

Jahon bozorida ikki va ko‘p tomonlama iqtisodiy munosabatlarda teng huquqli hamkorlik qilish.






Yuqorida ko‘rsatib berilgan jadvaldan ko‘rinadiki, mustaqillikni e’lon qilinishi uning amalda tashkil topishi, mustahkamlanishi va rivojlanishi-murakkab ko‘p qirrali, mas’uliyatli, bosqichma-bosqichli jarayon bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan ulkan masalalarni hal etish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992 yil) nomli asarida yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlab shunday degan edi: «O‘zbek xalqining ajralmas huquqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ruyobga chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respulikasining mustaqilligini e’lon qildi. Muqaddas orzu ushaldi, O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu xalqning ko‘p asrlik tarixida buyuk voqeadir. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda respublikadagi ko‘p millatli aholining xohish-irodasi mustahkamlanib qo‘yildi va umumxalq, referendumi buni qat’iy tasdiqladi. Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga zarhal harflar bilan yozib qo‘yildi.
1991 yil 19-20 avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasi (FHDQ) tuzilib, SSSRning Prezidenti M.S.Gorbachev zo‘ravonlik bilan o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Fitnachilar Prezident vakolatlari vitse-prezident G.YAnaevga o‘tkazilganligini e’lon qildilar. Ularning maqsadlari ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov Hindiston safaridan qaytishi bilanoq, 19 avgustь kuni kechqurun Toshkent shahrining faolllari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtai-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan yuboriladigan va qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarini bajarishni man etdi. 20 avgustda O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Bayonotda respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday ig‘vogorona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
SHu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti I. Karimov Respublika ahliga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligi yana bir bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda «O‘zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda harakatlar bo‘lmasin biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Bu yo‘l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo‘ldir» deb qat’iy ta’kidladi. SHuningdek, turli ijtimoiy siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi. Prezident xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasining (GKCHP) O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi. I.Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP) faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeida turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasini Kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi.
Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan buyon KPSS Markaziy
Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Mrkaziy Qo‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi (KGB) qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va boshqa qo‘shilmalar partiyadan butunlay holi qilindi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz muhim boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik yo‘lidagi barcha to‘siqlar, olib tashlanishi, har bir respublika so‘zda emas, amalda tenglar orasida teng bo‘lishi lozim.
Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy Nazorat qo‘mitasining 1991 yil 28 avgustda bo‘lib o‘tgan qo‘shma Plenumi Respublika kompartiyasining KPSS MK bilan har qanday aloqasini to‘xtashishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chaqirib olishga uning o‘z vakillarini chiqarib olishga qaror qiladi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII-chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgust kuni o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O‘zbekiston Respublikasining "Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida markaziy xukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskvada Favqulotda holat Davlat qo‘mitasi (GKCHP) a’zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solish, butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini xalqqa ro‘yi-rost bildirdi. Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z yo‘li va maqsadi borligi bu xalq, manfaatiga mos yo‘l ekanligi, qanday sharoit bo‘lmasin, undan qaytmasligi aytildi.
Birinchi Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mustaqil davlatlar maqomiga to‘xtalib quyidagilarni ta’kidladi: «Bo‘lajak mustaqil davlatlar erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma’qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. YAna ta’kidlab aytaman bu hech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz hohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hohish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hohish-irodasi biz uchun muqaddasdir.
Oliy kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali xalqaro-huquq xujjatlarida qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun ma’suliyatni anglab O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat O‘zbekiston respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda 1-sentyabrь O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb" belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu xujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ruyobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to‘xtab o‘tish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.
1-Moddada, O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi.
2-Moddada, O‘zbekiston Respublikasining suveren ekanligi va u respublika davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta’kidlandi.
3-Modda, O‘zbekiston Respublikasining to‘la davlat hokimiyatiga egaligi, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va muhim boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilashi qonunlashtirildi.
5-Modda, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi belgilandi.
8-12-14 moddalar, O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berildi.
13-14 moddalar, O‘zbekistonning tashqi siyosiy, iqtisodiy asoslari izohlab berildi.
15-moddada, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyaga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etildi. Fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular Respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo‘lishlari qonunlashtirildi.
16-Moddada, davlat ramzi bo‘lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapiriladi.
17-moddada, O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi. Uning O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. (Bu moddada O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlashtirilgan). SHuningdek, bu moddada Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e’tirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham ushbu qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabrda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:

  1. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalariga «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin».

SHu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O‘zbekiston mustaqilligi barcha dillarni quvonchlarga to‘ldirdi.
Oliy Kengashda Davlat ramzlari haqidagi masala ham ko‘rildi va quyidagi qaror qabul qilindi:
SHu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi va ro‘yobga chiqdi. Uzoq yillar davom etgan kurash natijalarida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelik, asoratidan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta-mustaqil davlat O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush sharoiti yaratish imkoniyati vujudga keldi.
1. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin davlat muhim boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi mazkur tizim o‘zagini tashkil etdi. 1991 yil oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tarixiy voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib yoshi 35 dan kam bo‘lmagan va yoshi 65 dan ortiq bo‘lmagan kishi saylanish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkindeb belgilandi.
O‘zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o‘zi ketma-ket ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas, deb belgilab qo‘yildi. 1991 yil 29 dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq hohish-irodasi bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faolllik, milliy yaxlitlik, g‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo‘ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi berdi, 13-saylov okrugi va qariyib 7 mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi.
Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonun talablarini og‘ishmay amalga oshirish, bir tomondan millionlab fuqarolarga o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishga, ikkinchi tomondan prezidentlikka nomzodalarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi. Saylovga tayorgarlik jarayonida Markaziy saylov komissiyasi eng avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirgan holda tayyorlash va joylarga o‘z vaqtida etkazish choralarini ko‘rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilarga etadigan miqdorda 11 mln. nushada qilib chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlarning har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 3001 ming nusxadan iborat plakatlari nomzodlarning 40 ming nusxada saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o‘z saylovoldi dasturlarini ommaga namoyon qilishi uchun teng imkon yaratish masalalariga Prezidentlik saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda alohida e’tibor berildi. Umumxalq Prezident saylovi mamlakat tarixida ilk bor o‘tayotganini saylovchilarimizda hali etarli tajriba va ko‘nikma yo‘qligini inobatga olib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida faolllar keng ko‘lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi.
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy kengash va mahalliy kengashlar deputatlari keng faoliyat ko‘rsatishdi.
O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solix) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga. Ko‘ra 86% 914 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86% I.Karimov nomzodini, 1 mln. 220 ming 474 saylovchi (12,3) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.Karimov 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. O‘zbekiston Oliy Kegashining 1992 yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida I.Karimov qasamyod qildi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, Respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingan holda saylovchilarning yuksak faolligida o‘tdi. Saylov puxta tashkil e’tilgani, saylovlarning o‘tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish uchun qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va Malaziyadan hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi. Saylovlar natijalari o‘zbek xalqining mustaqil taraqqiyotini va rivojlanishini, yutuqlarini I.Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoiyligi bilan bog‘lashning yaqqol dalili edi.
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning natijasida davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini jahon taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham tan olmoqda. Tarixan g‘oyat qisqa muddatda qo‘lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng. Zotan qisqa muddatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish, huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushimizda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Ana shu keng miqiyosli islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 26 martda Prezidentning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazishga qaror qildi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni takomillashtirish aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g‘oyalar bilan boyitish uzoq muddatli jarayon.
YOki boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonning yang asrdagi dasturiy faoliyatidir. O‘tish davridagidek murakkab, ziddiyatli keng miqiyosli islohatlar avj olgan bir paytda esa Davlat muhim boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlang‘ich og‘ir va xayirli ishlarni bir me’yorda olib borish va oxiriga etkazish jamiyat hayotida ham fuqarolar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000 yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarori, shu qaror asosida o‘tkazilgan referendum katta siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etdi, qolaversa mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o‘ta muhim, xar bir fuqaro hayotiga daxldor masalalar aniq ko‘rsatib berilgan.
Shu yerda o‘quvchilar e’tiborini rivojlangan mamlakatlarda (deylik AQSH, Germaniya, Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy xodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo‘lmaydi. Chunki ular aniq, mukammal qonun asosida o‘zlarini o‘zlari boshqarishi hayot tarziga aylanib qolgan, demak amaldagi qonunlar bo‘yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa jamiyat taraqqiyotining umumiy yo‘nali7shlarni, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boraveradi, xolos.
O‘tish davrida esa vaziyat boshqacha, ya’ni ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimini va qonunchilikning, izchillikning saqlab turilishi tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, taьbir joiz bo‘lsa xalq iborasi bilan aytganda kechuvda otlar almashinmaydi. Chunonchi qo‘shni mamlakatlarda ro‘y berayotgan noxush voqealar bunga misol bo‘la oladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo‘lgan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston va Tojikistonda davlat rahbarlari uch marta, Ukraina, Belorussiya, Moldova va Boltiq bo‘yi davlatlarida esa ikki-uch martadan almashdi. Rossiya Federatsiyasidagi chigal holat esa butun xalq boshiga kulfat keltirdi. Har qanday mamlakatda siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi munosabat iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda umuman har tomonlama barqarorlikni to‘la saqlash mumkin.
Kelajagi buyuk qilib barpo etilayotgan davlatimiz dunyoga yuz ochib, avvalo eng buyuk va eng taraqqiy topgan davlatlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatib, umumjahonssivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida ravnaq etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi samarasi o‘laroq qisqa davr ichida O‘zbekiston yonilg‘i mustaqilligiga erishdi, o‘z avtomobilsozlik sanoatiga ega bo‘ldi. Asakada chiqarilayotgan zamonaviy engil avtomobillarimizga taqdirning to‘g‘ri keltirganini qarangki yaqindagina "avtomabilsozlikda dunyo bo‘yicha" oldingi o‘rinlardan birini egallab kelgan Rossiya havasmand va u eng birinchi xaridor bo‘ldi. Dunyo aviasozlarining peshqadamlaridan bo‘lmish AQSH lik va Rossiyalik samolyotsozlar O‘zbekistonlik hamkasblarini salohiyat bobida teng ko‘rib, o‘zaro hamkorlik qilish haqida shartnoma imzoladilar.
Mamlakatimizda g‘alla mustaqilligi uchun kurash bormoqda. Yaqin kelgusida paxta hosilini gektar boshiga oltmish-etmish sentnerga yetkazish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalar, ijtimoiy qadriyatlarga ijodiy yondoshgan holda asoslanib, respublikamizda demokratik, huquqiy, dunyoviy davlat qurayotgani xorijliklar tomonidan ham mamnuniyat bilan e’tirof etilmoqda.O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’naviy tadbirlar vatanimiz azaldan bashariyat taffakuri xazinasiga munosib hissa qo‘shib kelganini bugungi kunda yana bir bor tasdiqlamoqda.
Xalqimizning ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi fazilatlari asrlar mobaynida SHarq falsafasi va diniy ta’limoti bilan uzviy rivojlanib, o‘z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta’limotlarni o‘z dahosi ziyosidan bahramand etgani ma’lum. Davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, buyuk mutaffakir ajdodlarimizning dono fikrlariga hamohang shakllanib tobora yuksalib borayotgani Amir Temur, M.Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy, Xoja Ahrori Valiy va boshqa buyuk vatandoshlarimizning yubileylari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari e’tiborga molik ishdir.
Ayonkim, har bir elsevar, yurtsevar va erkparvar kishi uchun ayniqsa, o‘z mamlakati va millatining porloq va shon-shavkatli o‘tmish tarixidan ozmi-ko‘pmi xabardor bo‘lgan ziyoli yozuvchi uchun o‘z ona-vatanida ona tilining kamsitilishiga shohid bo‘lishdan ko‘ra og‘irroq va kuchliroq jabru-sitam bo‘lmasa kerak.
1980-yillarning oxirlariga kelib bu holat kuchayganidan kuchayib xo‘rlikka aylandi. Buning ustiga o‘sha paytda respublikada hokimiyat tepasida turganlar milliy siyosatda, jumladan, tilga bo‘lgan munosabatda telba-teskari ish tutib, uning yanada alanga olib ketishiga sababchi bo‘ldilar. Natijada hayot mamotlari, ijtimoiy faoliyatlari til bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyot ahli va chin ixlosli adabiyot muxlislari-kitobxonlar o‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini erilishini talab qilib chiqdilar Bunday talbning kun tartibiga quyilishiga xuddi o‘sha kezlari Boltiq buyi respublikalarida Litva, Latviya va Eston tillariga davlat tili maqomi berilishi haqidagi xabarlar ham turtki va dalda bo‘ldi, albatta. SHu tariqa respublikamizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uchun kurash kuchayib bordi. Aytish mumkinki, biz kim o‘zbeklarning milliy istiqlol uchun kurashi bu davrda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rnini tiklash va qadrlash uchun kurashishdan boshlandi. Bu kurashchilar safida chindan ham o‘z xalqiga sidqi dildan xizmat qilishga otlanganlar ham, o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab maydonga tushganlar ham borligini keyingi voqealar, kimning aslida kimligini tarixning o‘zi ayon qildi-qo‘ydi.
3. O‘zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turadi. CHunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solishga ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etardi.
SHuni aytish kerakki, jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham mamlakatbop tamoyillari hamma uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari xech qachon bo‘lmaydi. SHu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadimiy makonda ham o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo‘ldi. Biroq vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish to‘tish lozim edi. SHuning uchun ham Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o‘zi yurishga majbur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim karomatgo‘ylar O‘zbekistonga nisbatan «o‘zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilar edi. Mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o‘rtasida esa «EndiO‘zbekiston qanday yo‘ldan boradi?» «Qanday jamiyat quradi?» «Markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?»-qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim o‘zicha javob qidirar edi.
Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘zbekistonda o‘z navbatida bunday vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va hulq-atvor normalari shuni taqozo etar edi Ayni paytda, O‘zbekistonning o‘z iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali qismini o‘zlashtirish bilan birga O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi. SHuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlardanoq jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi.
Albatta mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi sharoitga mos muhim boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etadi O‘zbekistonning o‘ziga hos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiqlolining tashabbuskori va rahnamosi sifatida I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi. Hali sobiq ittifoq mavjud bo‘lgan bir paytda u respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi
I.Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaati asosida ish tutdi. U Oliy Kengashning 1992 yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi; «Menga qanday yuksak ma’suliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni kutayapdi. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor iqtisodiyoti zarbalariga bardosh beruvchi qatlamni o‘z homiyligiga olish kerak. Bular ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar, nogironlar.
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib, qolaveradi» Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan nutqida davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Iqtisodiy barqarorlikni, millatlararo tinchlikni ta’minlash, totuvlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Jumladan, o‘z fikrini davom ettirar ekan, I.Karimov «Huquqiy davlatda qurol ham qalqon ham qonundir... Qonun bu xalq irodasi va muqaddasdir»,-deb uqtirdi. Tabiiyki, Prezident nutqidagi ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib intizomga rioya qilish, qonun ustivorligiga intilishi mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ldi.
I.Karimov O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan, o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘da 1990-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir»,-degan xulosaga keldi. U O‘zbekistonning chinakam mustaqilligini ta’minlash yo‘llarini ishlab chiqishda avvalo Respublikani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini hisobga oldi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashashga odatlangan. To‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko‘maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik, o‘zgalarga yordam tuyg‘usi o‘zbek xalqiga tarixan xosdir. Shuning uchun ham I.Karimov 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo‘llari va muammolari» mavzusida nutq so‘zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o‘tar ekanmiz, milliy tarixiy turmush tarzini, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz»,-dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.
Bu birinchidan va ikkinchidan, respublikadagi o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto undan ko‘proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. Xulosa shuki, qishloq, joyda va tuman markazlarida mavjud bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga ,tuman markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz lozim.

Download 69,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish