2022 O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fakulteti termiz davlat universiteti termiz – 2022



Download 69,42 Mb.
bet25/90
Sana23.11.2022
Hajmi69,42 Mb.
#870954
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи 2021 ЎУМ

Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi davlat delegasiyasining 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risida dastlabki hujjatlar imzolandi. 1992 yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomobil’ ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo qilish to’g’risida kelishib olindi. Ushbu qo’shma korxona ta’sischilari qilib Janubiy Koreya respublikasi tomonidan «DEU» korporasiyasi, O’zbekiston Respublikasi tomonidan esa «O’zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O’zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «O’zDEUavto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartnomaga ko’ra har ikki tarafning qo’shma korxonadagi ulushi miqdori «DEU» korporasiyasi uchun 50% va «O’zavtosanoat» uyushmasi uchun 50% hisobida belgilandi. 1993 yilning mart oyida avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod «O’zDEUavto» nomi bilan ro’yxatga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida uni qurish boshlandi. Qo’shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming kvadrat metr bo’lib, korxona qurilishiga ilg’or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o’zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o’zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga borib “DAEWOO” kompaniyasida iishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribasini o’rganib qaytdilar. Loyiha quvvatiga ko’ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chiqara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (1997 yil). 1996 yil 19 iyulda “O`zDAEWOO” qo’shma korxonasining ochilish marosimi bo’ldi.
O’zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirishga doimiy ravishda e’tibor berib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasida chet el investisiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 30 mayda «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonalarini tashkil etish to’g’risida» qaror qabul qildi. Natijada mashina detallarini ham O’zbekistonning o’zida ishlab chiqarishga keng yo’l ochildi.
Vazirlar Mahkamasi «O’zDEUavto» qo’shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish maqsadida 1996 yil 3 sentyabrda «O’zDEUavto» qo’shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat ko’rsatish masalalari to’g’risida qaror qabul qildi. Ushbu qarorda «Mersedes-bens» va «DEU» kompaniyalarining hamda boshqa yirik avtomobillar kompaniyalarining mutaxassislarini jalb etgan holda «O’zDEUavto» qo’shma korxonasi avtomobillarini ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida sotish bo’yicha marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish ko’zda tutildi. Ayni choqda bu markaz «DEU» korporasiyasi bilan kelishgan holda avtomobil modellarini yangilashga doir tadbirlar ishlab chiqish kerakligi nazarda tutildi.
Andijon viloyati Asaka shahrida 1996 yildan boshlab bir qancha rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi: 1996 yil - Damas, Tico, Nexia; 2001 yil – Matiz; 2002 yil - Nexia Donc; 2003 yil - Chevrolet Lasetti; 2004 yil - Matiz Best; 2006 yil – yangilangan Damas; 2007 yil - Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma; 2008 yil - Nexia II; 2010 yil - Chevrolet Spark; 2012 yil - Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt; 2013 yil - Lasetti II (Gentra); 2014 yil - Chevrolet Orlando; 2015 yilda esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan “Malibu II”, “Ravon” milliy markasi ostida Nexia – 3 modelining taqdimotini amalga oshirdi.
Bugungi kunda “O‘zavtosanoat”AK tizimiga kiruvchi “GM Uzbekistan” AJ (2007 yil), “SamAuto” (Samarqand avtomobil zavodi, 1999 yil), “MAN Auto Uzbekistan”(2009 yil), “GM Powertrain Uzbekistan” QK asosiy iishlab chiqarish kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston avtomobil sanoatida mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish samarali yo’lga qqo’yilishi natijasida “O‘zavtosanoat”AK tarkibida 75 dang ortiq korxonalar ishlab turibdi.
Mamlakat Prezidentining 2017 yildagi “Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi “Uzbekistan Pejo Sitroen Automotive” korxonasini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat”AK Fransiyaning “Pejo Sitroen” guruhi bilan hamkorlikda “Pejo” va “Sitroen” brendlari ostida yo’lovchi va yuk tashishga mo’ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. U yerda 2019 yildan boshlab har yili ichki va tashqi bozor uchun yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona qurilmoqda.
1996 yil 3 oktyabrda - O’zbekiston Xalqaro yo’l harakati tashkilotiga, 1998 yilda “O’zavtosanoat” uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqarish tashkilotining to’la huquqli a’zosiga aylandi. O’zbekiston avtomobil’ ishlab chiqaruvchi dunyoning 28 chi davlatiga aylandi. O’zbekiston Respublikasida har yili oktyabr’ oyining oxirgi o’n kunligining oxirgi yakshanbasi “Avtotransport xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.

Download 69,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish