Qatnashdilar: kafedra mudiri dots. D.Azimova,
Biologiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o`qituvchilari
KUN TARTIBI:
Kafedra katta o`qituvchisi U.N.Umirovning “ Biologiya va uni o’qitish metodikasi” II-bosqich 220-20, 221-20, 222-20-guruh talabalariga “Suyaklar - organ sifatida. Tayanch-harakat apparati tuzulishi. Skelet. Gavda suyaklarining tuzulishi va birikishi” mavzusida tashkil qilingan ochiq darsi muhokamasi.
Yig`ilishni kafedra mudiri dots D.Azimova olib bordi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri dots.D.Azimova so’zga chiqib yillik ochiq darslar belgilangan tartibda borayotganligi bugungi ochiq dars muhokamasida katta o’qituvchi U.N.Umirovning 22.02.2022 yil II-smena 1-juftlikda II bosqich talabalariga “Suyaklar - organ sifatida. Tayanch-harakat apparati tuzulishi. Skelet. Gavda suyaklarining tuzulishi va birikishi” mavzusidagi bo’lib o’tgan ochiq darsni hammamiz guvohi bo`ldik. Katta o’qituvchi U.N.Umirovning yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llagan holda noan’anaviy tarzda dars mashg`ulotini olib bordi dedi. Darsda talabalar savol-javoblarda faol qatnashdilar, o’qituvchi ularning diqqatini o`ziga jalb qila oldilar, turli qiziqarli shartlar bilan talabalarni qiziqishini yana ham orttirdi, talabalar bilimini turli qiziqarli savollar bilan baholab bordi. Dars jarayoni axborot texnologiyalaridan foydalanib olib borildi.
Shundan so`ng so`z navbati “Biologiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi dots.F.Rabbimova ga berildi. O`z so`zida dots. F.Rabbimova ochiq darsi juda yaxshi o`tganligini, dars jarayonida suyaklar - organ sifatida. Tayanch-harakat apparati tuzulishi. Skelet. Gavda suyaklarining tuzulishi va birikishi haqida to’liq tushunchalar berilganligini. Suyaklar - organ sifatida. Tayanch-harakat apparati tuzulishi. Skelet. Gavda suyaklarining tuzulishi va birikishi mavzusini boshqa o’tilgan mavzular asosida bog’lab o’ta olganligini, ularning inson hayotidagi amaliy ahamiyatini rasmlar va videolar asosida to’liq tushunarli qilib aytib o’tildi.
Ammo darsda faqat yutuqlar emas albatta kichik, ammo dars sifatiga ta’sir etmaydiga kamchiliklar ham mavjud bo’lganligini, albatta bu kamchiliklarni o’qituvchi dars berishi davomida tuzatishini aytib o’tib o’qituvchiga muvafaqiyat tiladi.
U.N.Umirovning ochiq darsi yaxshi o’tganligini darsni kuzatish davomida buning guvohi bo’lganligini bunda albatta o’qituvchining anchagina tajribaga ega ekanligini aytib o’tdi.
D.Azimova ochiq dars yuzasidan o’qituvchiga yanada ko’proq tajribali professor-o’qituvchilarning darslariga kirib ular bilan tajriba almashib kerakli tavsiyalarni doimiy ravishda olib turishini aytdi.
U.N.Umirovning ham bu taklif va mulohazalarni ijobiy qabul qilib, berilgan maslahatlarga amal qilishini aytdi.