2021 yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston qancha oltin sotgani ma’lum qilindi
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida gaz eksporti 48,1 foizga, neft va neft mahsulotlari eksporti 69,1 foizga oshgan. Elektr toki sotish esa 53,9 foizga kamaygan.
Foto: Akio Kon/Bloomberg
2021 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37,94 milliard dollarni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 4,95 milliard dollarga ko‘paygan (o‘sish — 15 foiz). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.
Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-dekabr oyi uchun tashqi savdosi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sib, 42,1 mlrd.dollarni tashkil etdi.
2021 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 5,8 mlrd.dollarga yoki 16%ga ko‘paydi va 42,1 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Oʻzbekiston 27.6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi Oʻzbekiston oʻtgan yilning 11 oyida roppa-rosa 27.6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari eksport qildi.
15.01.2022 ~ 15.02.2022
Oʻzbekiston 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida dunyoning 33 davlatiga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston 2021-yilning 11 oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarga qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan:
Rossiya – 16,4 ming tonna
Qozogʻiston – 4,7 ming tonna
Afgʻoniston – 1,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,3 ming tonna
Belarus R. – 974 tonna
Tojikiston – 908 tonna
Ukraina – 549 tonna
Koreya – 485 tonna
Ozarbayjon – 157 tonna
Turkmaniston – 86 tonna
AQSH – 44 tonna
Germaniya – 29,5 tonna
Shvetsiya – 18,3 tonna
04/02/2022
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilda 18 ta xorijiy davlatga qiymati 87,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.
Ipak va ipak mahsulotlari eksporti 2020- yil bilan solishtirilganda 12,4 mln. AQSh dollariga oshgan.
2021- yilda O‘zbekiston eng ko‘p ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Xitoy – 38 mln.
Qirg‘iz – 16,2 mln.
Tojikiston – 12,6 mln.
Vetnam – 8,7 mln.
Eron – 6,7 mln.
BAA – 1,8 mln.
Hindiston – 1,7 mln.
Koreya – 897 ming
Afg‘oniston – 340 ming
Turkmaniston – 265 ming
Turkiya – 131 ming
Pokiston – 66 ming
Qozog‘iston – 20 ming
Rossiya – 17 ming
Fransiya – 4,2 ming AQSh dollari.
O‘zbekiston 20 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qilgan, ular orasida AQSh, Germaniya va Fransiya bor
10/02/2022
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2020- yil bilan solishtirilganda 796 ming AQSh dollariga ko‘p.
O‘zbekiston 2021- yilda eng ko‘p mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 2 mln.
Qirg‘iz R. – 1,2 mln.
Tojikiston – 560 ming
Rossiya – 349 ming
Ozarbayjon – 99 ming
Hindiston – 55 ming
Xitoy – 27 ming
Turkiya – 14 ming
Ukraina – 11 ming
Fransiya – 2,5 ming
Afg‘oniston – 1,6 ming
AQSh – 0,6 ming
Germaniya – 0,3 ming AQSh dollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |