2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Grammatikaning tarkibiy qismlari, o’rganish ob’ekti



Download 6,57 Mb.
bet40/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

Grammatikaning tarkibiy qismlari, o’rganish ob’ekti. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so’z o’zgartirish va so’z biriktirish qoidalari haqida bo’lib, bunda so’z o’zgartirish doirasida so’zshakllari, so’zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o’zgarishi asosida farqlanuvchi so’zning grammatik guruhi – so’z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo’lmish so’z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o’z-o’zidan ularni o’rganuvchi ikki soha – morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi.

Morfologiyaning ob’ekti so’zning o’zgarish bilan bog’liq, ya’ni morfologik strukturasi. So’zning morfologik strukturasi – grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi – morfologik kategoriya, so’zning o’zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdankitob leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o’zgarish sistemasi), so’zshaklning hosil bo’lish yo’l va usuli, vositaci, bu vositalarning turlari.

Grammatik ma’no va grammatik shakl. Grammatik kategoriya. Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so’z yoki so’zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin.

Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi. Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko’rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:

a) grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;

b) bevosita (!) nutqni shakllantirishi;

d) umumlashma va abstraktligi.

Keyingi mavzularning birida grammatik ma’no ifodalash usullari haqida fikr yuritganda grammatik ma’no ifodalashning barcha til birliklariga xosligini anglab yetasiz.

Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo’lmay qoladi. Masalan, bola leksemasining lug’aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, sub’ektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo’lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo’q. Demak, leksema lug’aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.

Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko’p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so’zlar uchun umumiy. Lug’aviy ma’no (semema) har bir leksemada o’ziga xos va yakka, xususiy bo’lsa, grammatik ma’no bir turdagi juda ko’p leksema uchun umumiy. Yoki WPm – kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining o’ng tomoni uning grammatik ma’nosi bo’lib, u chap, ya’ni shakliy tomoni bilan birgalikda o’zbek tilidagi barcha nutqiy gap uchun umumiy.

Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Masalan, hozirgina keltirilgan WPm – kesimlik ko’rsatkichi bilan shakllangan atov birligi sintaktik qolipining grammatik ma’nosi ko’zga tashlanib turgan til birliklari zamiriga yashiringan.

Grammatik ma’no morfologik sathda so’zlarning umumiy ma’nosi bo’lgan so’z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so’zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo’yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so’z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo’laklarining bir-biriga o’zaro munosabati sifatida namoyon bo’ladi. Keng ma’noda so’z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor. CHunki yasalish natijasida so’zning turkumlardagi o’rni o’zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko’rsatadi. Masalan, aql so’zi «ot», «mavhum ot» grammatik ma’nolariga ega. Undan -li so’z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma’noda ham katta o’zgarish yuz berdi. Ko’rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo’lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan xoli bo’lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug’aviy va grammatik ma’no dialektik bog’liqlikda bo’ladi. Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud.

Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo’lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, kitoblar so’zshaklining «turdosh ot» grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo’lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko’plik» ma’nosi esa ma’lum bir shakl -lar yordamida ifodalangan. Kitobni o’qimoq birikuvidagi kitob so’zining «tobe uzv» grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan».


Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish