2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
26 
San’at qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni, 
shuningdek, kishilar ijtimoiy rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san’atning 
dastlabki ildizlari soʻnggi poleolit davriga, taxminan miloddan avvalgi 40-20-ming yillikka borib taqaladi. 
Birinchi san’atga doir ma’lumotlar dastlab Yunonistonda qadimdan oʻrganila boshlagani ma’lum. Arastu, 
Aflotun kabi oʻsha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san’atining tarixi bilan ham shug’ullangani 
toʻg’risida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san’atiga katta e’tibor bilan qaralgan. Miloddan 
dastlabki asrlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida me’morchilik va san’atga oid risolalar yaratilgan. Oʻrta 
asrlarda Yevropada san’at ilohiyotning (teologiya) bir qismi boʻlib qoladi. Oʻrta asr san’atshunoslari san’atni 
narigi dunyoning bu dunyodagi moddiy obrazi deb baholagan.
Uyg’onish davri san’at rivojida muhim davr boʻlib tarixga kirdi. XIV-XVI asrlarda insonparvarlik va 
realizm g’oyalari bilan bir qatorda San’atni cherkov ta’siridan ajratishga intilish kuchaydi va uni ilmiy 
tavsiflash yoʻlida muhim qadam qoʻyildi. Bu davrda San’at uning nazariyasi va tarixi boʻyicha qimmatli asarlar 
vujudga keldi. Leonardo da Vinchining rassomlikning ilmiy asoslari va imkoniyatlari, tasviriy san’atda inson 
ma’naviy hayotining aks ettirilishi kabi muhim ahamiyatga ega boʻlgan fikrlari, XVI asrda Germaniyada 
A.Dyurerning proporsiyalar haqida ilmiy fikrlari. Venetsiyada P.Aretinoning borliqni toʻg’ri aks ettirish 
boʻyicha rassomlar oldiga qoʻygan talablari san’atga muhim hissa boʻlib qoʻshildi. XVII arsdan boshlab 
Gremaniya G.Y.Lessing realism nazariyotchisi sifatida “tasviriy san’at” atamasini fanga kirtdi. 
ХIХ asrda san’atning ilmiy-tarixiy asoslari mustahkamlandi. San’at fan sifatida shakllanib takomiliga 
yetdi, oʻz uslubiyotiga ega boʻldi. Fransiyada Stendal G.Kurbe, Germaniyada I.Gyote va G.Geynning asarlari 
san’atshunoslik fanida katta rol oʻynadi. Aynan shu davrda arxeologik tadqiqotlar koʻlami kengaydi, badiiy 
muzeylar ochildi. Ayniqsa, Buyuk fransuz inqilobi g’oyalari, I.Kant, A.Shopengauer, G.F.Gegel estetik 
qarashlari, Rossiyada esa V.V.Stasov, I.N.Kramskoy, I.Ye.Repin va boshqalarning san’atning hayotiy boʻlishi 
va ijod erkinligi xususidagi qimmatli fikrlari, V.G.Belinskiy, A.I.Gersin g’oyalari san’atning realistik 
yoʻnalishi rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, bu davrda san’at din bilan ham mustahkam 
aloqada rivojlandi. 
Jahon san’ati durdonalari - buyuk arxitektura inshootlari, Vergiliy, Dante, Milton, Leonardo da Vinchi, 
Rafael, Mikelanjelo tasvirlari, I.S.Bax, I.Gaydn, V.A.Motsart musiqalari, Sharqda esa F.Attor, J.Rumiy, 
A.Jomiy, A.Navoiy asarlari diniy manbalardan ilhom olib yaralgan edi. San’at odamlarning estetik talablarini 
qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruhda tarbiyalash, ularni 
aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg’u, 
manfaat, ideallarini ifoda etgan.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish