Ключевые слова: инновация, образования, технология, техника, дидактика, профессиональная
деятельность.
This article highlights the work of the training module innovative educational technologies to increase
the awareness of teaching staff about the organizational, technical and didactic capabilities of modern
innovative educational technologies and their effective use in professional activities.
Keywords: innovation, education, technology, technology, didactics, professional activity.
Kirish.
Mustaqillik yillari tom ma’noda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib oʻrin egallashga intilish
yoʻlidagi keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari
tajribalarini oʻrganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat
hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga
erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan xalqaro hamkorlik garchi oʻz samarasini
berayotgan boʻlsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish,
mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va
qat’iyat koʻrsatishni talab etmoqda.
Asosiy qism.
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” oʻquv modulining oʻqitilayotganligi pedagog
kadrlarni zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan
xabardor boʻlishlari uchun sharoit yaratib, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi
malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi. Ayni vaqtda “Innovatsion ta’lim texnologiyalar” oʻquv
moduli oliy ta’lim pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida tinglovchilar
tomonidan oʻzlashtirilayotgan kasbiy bilim, koʻnikma, malaka va kompetentlik sifatlarini yanada
rivojlantirish, keng koʻlamli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, kuchli raqobat mavjud boʻlgan mehnat bozorida
oʻz oʻrinlarini saqlab qolishlariga yordam beradi.
Trening – (ingliz tilidan –oʻqitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg’ulotlarni amalga oshirishning asosiy
shakli boʻlib, u oʻrganilishi lozim boʻlgan nazariy g’oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida
oʻzlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening - bu nafaqat ta’lim
oluvchilarda shaxslararo oʻzaro hamkorlikning samarali koʻnikmasini shakllantirishga, balki mutaxassis
kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yoʻnaltiriladi. Trening mobaynida oʻqituvchilar
nazariy ma’lumotlarni oʻzlashtirish bilan birga, ularda bilish, emostional va xulq-atvor koʻnikmalari rivojlanib
boradi. Treninglar oʻrganilishi lozim boʻlgan nazariy g’oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida
oʻzlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi oʻzaro hamkorlikni, samarali muloqot koʻnikmasini
shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |