Harakat (
animatsiya
)
esa
multimedia, multiplikatsiya usullaridan foydalanib amalga oshiriladi. Koʻz
bilan koʻrib boʻlmaydigan jarayonlarni, masalan, fizikadan ichki yonuv dvigateli silindridagi porshenning
harakati, astronomiyadan kunning tunga aylanishi yoki chizmachilikdan proyeksiyalash usullari, kesim va
qirqimlar, tasvirlarni almashtirishga oid mavzular koʻrsatmalilikka, ayniqsa, multiplikatsiyaga muhtoj.
Multiplikatsiya –
bu harakatni sekin-asta ayrim- ayrim qismlarga ajratib, kerak boʻlsa kadrni toʻxtatib
hodisa va jarayonlar namoyish qilinadigan uslub boʻlib, uni multfilmga qiyoslash mumkin.
Mazkur usulning afzallik tomoni shundaki, biror jarayonning mohiyatini soʻz bilan ifoda etib
boʻlmaydigan hollarda, ya’ni abstrakt tushunchalarni oʻquvchilar tomonidan osonroq tushunib olishlari bilan
izohlanadi.
Shunday qilib, elektron darslik musiqa, matn, suxandon soʻzi, rangli tasvirlar, multimediani oʻz
tarkibiga mujassamlashtirgan zamonaviy didaktik tizimdir. Ammo bunday darslikda hamma komponentlar
ishtirok etishi kerak, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Chunki u foydalanish usuliga koʻra matnli
ma’lumotnoma xarakteridagi yoxud maktab darsligining jonlantirilgan elektron variantlari kabi bir qancha
turlarga boʻlinishi mumkin. Ammo an’anaviy darslikning elektron versiyasini elektron darslik deb
tushunmaslik kerak. Elektron oʻquv qoʻllanmalarning barcha turlari uchta asosiy belgi bilan xarakterlanadi.
•
Oʻquv materiallari kichik qismlarga (ma’lum miqdordagi axborotlarga ega boʻlgan hamda mantiqiy
jihatdan tartib bilan joylashtirilgan paragraflarga) boʻlinishi, bundan oldingi boʻlimni bilmay turib keyingisiga
oʻtmaslik.
•
Har bir paragraf oxirida oʻquvchining materialni qanday oʻzlashtirganligini aniqlash uchun sinov
savollarning qoʻyilishi, oʻquvchi bu savolga tezlik bilan javob bera olishi, aks holda u keyingi paragraflardagi
ma’lumotlarni oʻzlashtira olmasligi.
•
Oʻquvchi sinov savoliga javob berganidan keyin uning toʻg’ri yoki notoʻg’riligini darhol sinab koʻrish
imkoniyatiga ega boʻlishi, savollar axborotning tub ma’nosini ochib berishi uchun oʻquvchini oʻylashga va
mustaqil xulosalar chiqarishga majbur qilishi, boshqacha aytganda, oʻquvchi bilim va malakalarini ongli
ravishda egallashi uchun oʻz bilimi haqida komputerdan signallar olib turishi va shu yoʻl bilan oʻz xarakterini
boshqarishi kerak.
Oʻquv axborotlarni izlab topish erkinligi bilan (matnni oʻqish, uning ustida ishlash, axborotlarning
boshqa manbalariga chiqishi va hokazo) elektron darslik an’anaviy darsliklardan farq qiladi. Shu boisdan
elektron darslikning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xususiyatlariga qarab unga ta’limning interfaol vositasi
sifatida qaraladi. Ayrim fanlardan maktab darsligi chiziqli usulda yoziladi. Buning ma’nosi shuki, masalan,
birinchi betdagi matn ikkinchi betda qaytarilmaganidek, axborotlar ketma-ket joylashtiriladi, ular
takrorlanmaydi. Elektron darslikda esa, oʻquv materiallari muayyan boshqariladigan bloklarga boʻlib
konsektrik usulda beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |