2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
76 
Talabalar mustaqil ishlarini rejalashtirish jarayoniga boshqarishda asosiy mas’uliyat fan oʻqituvchisi 
zimmasiga yuklanadi. Oʻqituvchi tomonidan zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida darsning modeli 
aniqlanadi, oʻquv maqsadlari (oʻqituvchining va identiv oʻquv maqsadlari) shakllantiriladi.
Shu asosda har bir asosiy savol boʻyicha mustaqil ish topshiriqlari tuziladi hamda oʻquv mashg’ulotlari 
jarayonida talabalar faoliyatini boshqarish mustaqil ishga jalb etish, nazorat qilish, rag’batlantirish, baholash, 
xulosalash kabi bosqichlarni puxta tayyorlashga erishiladi. Fan boʻyicha oʻquv dasturi talabalar mustaqil 
ishlarini rejalashtirishda asosiy manba hisoblanadi. 
Talabalar mustaqil ishlarini bajarish jarayoni loyihalashtirilayotganda talabalarda oʻz-oʻzini boshqarish 
va nazorat qilish koʻnikmalarini shakllantirilishi e’tiborga olinadi. Talabalar mustaqil ishlarini oʻqituvchining 
oʻquv dasturida fan boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar toʻla aks ettiriladi.
Muhokamalar va natijalar.
Talabalar mustaqil ishlarini amalga oshirishda samaradorlik koʻp jihatdan 
topshiriqlarning toʻg’ri rejalashtirilganligiga, aniq maqsadni moʻljallab tayyorlanganligiga, tarqatma va oʻquv- 
metodik materiallarning sifatiga har tomonlama bog’liq. 
Moddiy-texnik va dasturiy taminotning talabalar mustaqil ishlarining tashkil qilishda roli kattaligini 
e’tiborga olgan holda mustaqil ishlarni bajarishdagi samaradorlikni oʻquv- metodik va axborot ta’minoti 
sifatiga aloqadorligi qonuniyatlarini ilmiy-metodik jihatdan oʻrganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Shu oʻrinda oʻquv-metodik adabiyotlar, ma’ruza matnlar, oʻquv-metodik majmualar me’yoriy oʻquv metodik 
hujjatlar, topshiriqlar toʻplami, ilmiy, ilmiy–metodik hamda davriy nashrlarni alohida e’tiborga olish zarur. 
Talabalar mustaqil ishlari samaradorligining fan oʻqituvchilarning uslubiy nuqtayi nazardan puxta 
bilimga egaligi va ularning pedagogik mahoratiga bog’lanishi ham oʻrganilishi zarur boʻlgan masalalardandir.
Talabalar ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganligi ularda yuqori darajadagi faollik hamda mustaqillikning 
shakllanganligi muhim omillaridan hisoblanadi. Ularda ijodiy qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirishda 
mustaqil ta’limning katta ahamiyatga va imkoniyatlarga ega ekanligi masalalari J.Tolipovaning ilmiy-metodik 
ishlarida atroflicha tahlil etilgan. 
Talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda oʻquv fani mazmunining asosiy ahamiyatga ega 
ekanligini e’tiborga olgan holda, oʻqituvchi tomonidan oʻquv materiallarni bayon etishda eksperimental faktlar 
va ularning fan nazariyasi bilan bog’lanishi hamda qanday tajribalar asosida tasdiqlanishini toʻla tushuntirish 
talab qilinadi. Mustaqil ta’lim olish talabalarda ijodiy faoliyatni faollashtiradi, oʻzlashtirgan bilimlari 
chuqurlashib boradi, aqliy qobiliyatining takomillashishini ta’minlaydi. 
Mustaqil ta’limning yoki uning muhim tarkibiy qismi boʻlgan talabalar mustaqil ishlarining reja asosida 
puxta ishlangan dastur asosida bajarilishi erkin fikrlashni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega boʻladi.
Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish uchun dastlabki kurslarda talabalarning fanlardan 
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari, kutubxonada adbiyotlardan 
va internetdan foydalanib turish zarur. 
Bu ishlar kafedralar professor-oʻqituvchilari tomonidan reja asosida amalga oshirilishi talab etiladi. 
Bugungi zamonaviy kadrlarga qoʻyilgan talablarda chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatоrda 
tanlangan sоhasi boʻyicha mustaqil faоliyat koʻrsata оladigan, oʻz bilimi va malakasini mustaqil ravishda 
оshirib bоradigan, masalaga ijоdiy yondashgan hоlda muammоli vaziyatlarni toʻg’ri aniqlab, tahlil qilib
sharоitga tеz mоslasha оladigan mutaхassislarni tayyorlash asоsiy vazifalardan biri sifatida bеlgilangan. 
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, talabaning mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻp jihatdan fan 
oʻqituvchisiga bog’liq. Agar professor-oʻqituvchilar bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashib, tegishli nizom 
va yoʻriqnomalar asosida ishlarni tashkil qilsalar va bunga oliy ta’lim muassasida yetarli sharoit va 
imkoniyatlar boʻlgandagina yuqori natijalarga erishiladi. 
Shuni unutmaslik lozimki, boʻlajak mutaxassisni ishlab chiqarishda mustaqil faoliyatini yurita olish 
koʻnikmasi faqat mustaqil bilim olish hamda uni amalda sinab hozirgi kun talablariga javob berishiga layoqatli 
boʻladi. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish