2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

Muhokamalar va natijalar.
“Texnologiya” - yunoncha “techne” soʻzidan olingan boʻlib, mahorat, 
san’at va “logos” - soʻz, ta’limot ma’nosini anglatadi. Mahorat bilan dars berish. Texnologiya - jarayonlarni 
amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek obyektda sodir boʻladigan sifat 
oʻzgarishlar tushiniladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasi: xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarga ishlov 
berish yoki qayta ishlash yoʻllari va usullari yig’indisi yuqorida koʻrsatilgan yoʻllar va usullarni ishlab 
chiquvchi hamda takomillashtiruvchi fan. Qazib olish, ishlov berish, qayta ishlash, sifatini nazorat qilish, 
tashish, omborga joylash, saqlash, sotish, amalda qoʻllash jarayoni. 


2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
71 
Texnologik jarayon – mahsulot ishlab chiqarishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik 
operatsiyalar yig’indisi Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan oʻzining ish oʻrnida bajariladigan, yakuniga 
yetkazilgan harakat koʻrinishidagi texnologik jarayonning bir qismi. 
Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini 
bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib boʻlib, ma’lum bir 
mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. Yuqorida keltirilgan 
tushunchalar tahlilidan kelib chiqib, har qanday soʻz, tushunchalar jamiyatdagi oʻzgarishlar bilan bog’liq holda 
muomalaga kiritiladi. Shu oʻrinda “pedagogik texnologiya” nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish 
tarixiga nazar tashlaylik: Shoʻrolar tuzumi davri- 30-yillarda “pedagogik texnika” tushunchasi maxsus 
adabiyotlara paydo boʻla boshladi va u oʻquv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan 
usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrlarda pedagogik texnika deb oʻquv va 
laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, koʻrgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 40-50-
yillarda esa oʻquv jarayoniga oʻqitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa, kino, radio, 
nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyalariga tenglashtirildi. 60-yillar 
oʻrtalariga kelib, bu tushunchalar mazmuni chet el pedagogik nashrlarida keng muhokamaga tortildi. 1961-
yildan boshlab AQSHda “Ta’lim texnologiyasi”, Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”, 
Yaponiyada esa 1965-yillardan “Pedagogik texnologiya” jurnallari chop etila boshlandi. 1971-yilda xuddi shu 
nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. 
B.Ziyomuxammadovning fikricha - oʻqituvchi (pedagog)ning oʻqitish vositalari yordamida tahsil 
oluvchilarga muayyan sharoitlarda koʻrsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur boʻlgan va 
oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin. 
Ta’riflar nazariyasi boʻyicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa boʻladi. “Pedagogik 
texnologiya - oʻquv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon 
turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, - deydi 
(V.M.Monaxov). M.V.Klarin fikricha, pedagogik texnologiya - oʻquv jarayoniga yondashgan holda, oldindan 
belgilab olingan maqsad koʻrsatkichlaridan kelib chiqib oʻquv jarayonini loyihalashdir. I.Ya.Lernerning 
fikriga koʻra, pedagogik texnologiya - oʻquvchilar harakatlarida aks etgan oʻqitish natijalari orqali ishonchli 
anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi. V.P. Bespalkoning oʻzbekistonlik shogirdlaridan 
N.Sayidaxmedov va A.Ochilovlarning fikricha, pedagogik texnologiya - bu oʻqituvchi (tarbiyachi)ning 
oʻqitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir koʻrsatishi va bu faoliyat mahsuli 
sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayonidir. 
Xulosa.
Oʻzbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif 
beradi: “Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv boʻlib, pedagogikada ijtimoiy-
muhandislik ong ifodasi. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri 
asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir”. 
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng 
maqbuli YUNESKO ta’rifidir. “Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish 
jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning oʻzaro ta’sirini 
hisobga olib oʻquvchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va 
rivojlantirishni koʻzda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan 
qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini oʻzida mujassamlashtiruvchi tizimdir. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish