2021 development issues of innovative economy in the agricultural sector



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet474/635
Sana25.03.2023
Hajmi6,63 Mb.
#921645
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   635
Bog'liq
SBTSUE CONFERENCE 1 PART compressed

 
 
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE 
AGRICULTURAL SECTOR”
 
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021. 
Web: 
http://conference.sbtsue.uz/uz
 
ta`minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanish imkoniyatlarini beradi. Bu vazifalarni oliy ta`lim 
muassasalarining axborot resus markazlari amalga oshiradi.
 
Elektron kutubxona-Internetning ajoyib 
imkoniyatlaridan biridir.
Ularni turlicha nomlanadi: Elektron kutubxona, Virtual kutubxona, e-kutubxona, 
e-library, digital library.
 
G`arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish 60-yillardan 
boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiyalarni yaratish 1971 yildanoq bajarib 
kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet tarmog`ining 90-yillarning oxiri-2000 yillarning boshidan 
ommalashishi bugungi kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo 
ahli bilan alishish imkonini bermoqda. 
Ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o`zlashtirish imkonini beruvchi, 
shuningdek ularni elektron axborot saylovchilarga yuklovchi "E-minbar" platformasini amaliyotga joriy 
ettirilishi ham ta`lim sifatini yangi bosqichga ko`taradi. E-minbar dars materiallarini mavzu bayonidan 
chalg`imasdan tushuntirishda yangi texnologiya bo`lib, o`qituvchi uchun kerakli bo`lgan turli ma`lumot va 
uskunalar bilan jihozlangan. Ovoz kuchaytirish moslamasi o`qituvchi va namoyish qilinayotgan 
mul`timediya materiallari ovozini talabalarga yaxshi etib borishini ta`minlaydi.Bu dasturiy platforma 
professor-o`qituvchiga o`zining virtual kabinetidagi ishini tashkil qilish, joriy sana uchun dars jadvali, 
taqvim-mavzuli (kalendar-tematik) reja, bugungi mavzu va darsga oid boshqa ma`lumotlar bilan tanishish, 
mash`ulot davomida talabalarga mavzu doirasida yanada ko`proq ma`lumot berishda qulay vosita 
hisoblanadi. 
Saqlanib qolgan an`anaviy ta`lim berish tizimini takomillashuviga, mavjud "shaffof ta`lim 
muhiti"ni yanada mustahkamlanishiga, o`quv faoliyatidagi vujudga kelishi mumkin bo`lgan
suyiste`molchiliklarni oldi olishda "Elektron universitet" platformasidan foydalanishning ahamiyati katta.
Ushbu tizimning bugungi kundagi o`ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo`ladi: 
- mazkur platforma ta`lim sifatini oshirish orqali oliy ta`lim muassasasi talabalariga keng hajmli 
bilim olish hamda professor-o`qituvchilar bilan tezkor va sifatli muloqotni yo`lga qo`yish imkoniyatlarini 
taqdim etadi; 
- hududiy to`siqlarni bartaraf etgan holda ta`limning masofaviy turida tahsil oluvchi talabalarga 
oliy ta`lim muassasasidan tashqari bir xil ta`lim olish imkoniyatlarini beradi;
- ortiqcha sarf-xarajatlarni sarflanishi oldi olinadi. 
Ta`kidlash lozimki, elektron universitet tizimida tahsil oluvchilar va faoliyat yurituvchilar axborot-
texnologiyalaridan o`z vaqtida hamda unumli foydalanish, axborot resurslari ichidan zaruriy ma`lumotlarni 
topish, mustaqil ishlash va tahlil qilish ko`nikmalariga egà bo`lishi talab etiladi. 
Elektron universitet tizimining joriy etilishi o`z navbatida ta`lim berish jarayonida 
foydalaniladigan o`quv va o`quv-uslubiy materiallarni fanlar kesimida qayta ishlov bergan holda 
rivojlantirishni taqozo etadi. Bunda modullar kesimida interaktiv usullarda ta`lim berish uchun 
mo`ljallangan elektron o`quv adabiyotlari, taqdimot-slaydlari, audio va video-ma`ruzalar hamda elektron 
testlar ishlab chiqilib, platformaga joylashtirish choralari amalga oshiriladi. 
Toshkent davlat yuridik universitetida 2019-2020 yillar davomida maxsus innovatsion loyiha 
amalga oshirilib, uning natijasida “Elektron universitet” platformasini yaratish orqali yuridik taʼ
lim olishga 
boʻlgan imkoniyatlarni kengaytirish koʻzda tutilmoqda. Oʻtkazilgan xalqaro tanlovda gʻolib deb topilgan 
ushbu loyiha uchun Jahon banki tomonidan Akademik innovatsiyalar fondi granti doirasida 140 ming 
AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi. 
Grant loyihasini amalga oshirish natijasida eng zamonaviy va 
innovatsion ilmiy, oʻquv elektron dasturlarini yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, “Elektron universitet” 
platformasi doirasida “Elektron tadqiqot”, “Elektron taʼlim”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, 
“Elektron kutubxona”, “Elektron huquqiy targʻibot” kabi dasturlarni yaratish va yagona global platformaga 
birlashtirish orqali universitet resurslaridan istalgan nuqtadan bemalol, ortiqcha qiyinchiliklarsiz 
foydalanish, taʼlim olish jarayoniga
eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
kabilar koʻzda tutilgan.


441 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   470   471   472   473   474   475   476   477   ...   635




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish