“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy
investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd.
AQSh dollaridan ko’proq, asosan to’g’ridan
-
to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilmoqda, mamlakat
iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko’prog’i ularning hissasiga
to’g’ri keladi. Bu esa xorijiy investo
rlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi, uni rivojlantirish
istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. Investitsiya
faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish uchun, nafaqat, hududlar balki,
tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining sub`ekti va ob`ektlarida ham investitsion jozibadorlik
reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Bunda, asosan, chet el investitsiyasini iqtisodiyot sohalari
bo`yicha mutanosib jalb etishning kompleks dasturini ishlab chiqish va unda tarmoqlarni, asosan, 3
guruhga, ya`ni ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va ijtimoiy sohalarga bo`lib, investitsiyani ustuvor
darajada real sektorga yo`naltirib, so’ng qolgan sohalarni rivojlantirish
ga hamda iqtisodiyot rivojlanishi va
zaruriyatidan kelib chiqib, xizmat ko’rsatish va ijtimoiy sohalarga ham jalb etilsa, maqsadga muvofiq
bo`lar edi.Rivojlangan mamlakatlar xalqaro kapital harakatini, asosan, kapital eksporti-importini milliy va
xalqaro darajada ragbatlantirish orqali amalga oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va
boshqalar shaklida harakat qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib
tashlash maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalargarga nisbatan davlat har qanday
cheklashlarni amalga oshirish huquqini o`z zimmasida qoldiradi, chunki bu milliy iqtisodiy havfsizlik bilan
bog`liq.
Investitsiya muhitini ta’riflashda
va uning holatiga baho berishda quyidagilarni inobatga olish zarurdir:
–
yalpi ichki mahsulot, milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishining
o’sishi yoki
kamayishi; milliy
daromadning taqsimlanishi; jamg’arma
va
iste’mol munosabatlarining o’zgarishi;
xususiylashtirish
jarayonlarining borishi;
ma’muriy yo’l bila
n investitsiya faoliyatini tartibga solishning holati; alohida investitsiya
bozorlarining, shu jumladan, fond va pul bozorlarining taraqqiyoti;
–
investitsiya iqlimiga
ta’sir
etuvchi barcha omillarni hisobga olish. Bu omillar qatoriga quyidagilarni
kiritish
maqsadga muvofiq: hududning iqtisodiy salohiyati, ya’ni
mintaqaning pul
mablag’lari
bilan
ta’minlanganligi;
ishlab chiqarish va investitsiyalarni
yo’lga qo’yish
uchun
bo’sh erlarning
mavjudligi; mehnat
va energiya resurslari bilan
ta’minlanganlik
darajasi; ilmiy-texnikaviy salohiyatning rivojlanganlik darajasi; olib
borilayotgan umumiy
xo’jalik yuritish shart
-sharoitlari,
ya’ni ekologik holat, moddiy ishlab chiqarish
sohalarining
rivojlanganligi; tugallanmagan qurilishlarning hajmi; asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish darajasi; uy-joy
qurilishi sohasining taraqqiy etganligi;
–
mintaqada bozor muhitining tarkib topganligi,
ya’ni to’laqonli
bozor infratuzilmasining rivojlanganligi,
xususiylashtirishning investitsiya jarayoniga
ta’siri,
inflyatsiya darajasi va
ta’siri,
aholining investitsiya faoliyatiga
jalb etilish darajasi, tadbirkorlar
o’rtasida raqobat
muhitining rivojlanganlik darajasi,
xo’jaliklararo aloqalarning
faollik darajasi, eksport imkoniyatlari, xorijiy kapitalning mavjudlik darajasi;
–
siyosiy omillar, ya’ni aholining
mintaqa yoki mamlakat hokimiyat organlariga ishonchi darajasi, mintaqa
rahbariyatining markaziy davlat rahbariyati bilan munosabatlari, ijtimoiy barqarorlik darajasi, milliy, diniy
munosabatlarning ahvoli;
–
ijtimoiy va
madaniy omillar, ya’ni aholi hayot darajasi,
maishiy-yashash sharoitlari, tibbiy xizmatning
rivojlanganligi, ichkilikbozlik, giyohvandlik va shunga
o’xshash
salbiy odatlarning aholi
o’rtasida
tarqalganlik
darajasi, jinoyatchilik darajasi, haqiqiy ish haqining
o’rtacha miqdori,
aholi
ko’chishining investitsiya
jarayoniga
ta’siri, aholining o’z davlati va chet davlat tadbirkorlariga nisbatan munosabatlari, xorijlik
mutaxassislarning ishlashi uchun shart-sharoitlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |