2021 denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijtimoiy – gumanitar fakulteti «ilmiy tadqiqotlar metodologiyaSI»


Ilmiy muammo, unga qo‘yiladigan uslubiy va me’yoriy talablar



Download 2,71 Mb.
bet23/129
Sana03.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#735437
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129
Bog'liq
ЎҚУВ УСЛУБИЙ МАЖМУА МЕТОДОЛОГИЯ 2021 (2)

Ilmiy muammo, unga qo‘yiladigan uslubiy va me’yoriy talablar

Ilmiy muammo-izlanishning katta sohasini qamrab olgan va samarali istiqbolga ega bo‘lgan murakkab masaladir. Muammoni qo‘yishda quyidagi savolga javob berish kerak: «Nimani o‘rganish kerak, nima tadqiq qilinmagan?». Javob berish jarayonida bizda ma’lum bilim hosil bo‘ladi. Demak, muammo biz bilmagan narsa haqidagi bilim, bilish shakli ekan. Tavsiflangan ilmiy muammo tadqiqotni maqsad tomon yo‘naltiradi.
Muammoni muammoli vaziyat vujudga keltiradi. Vaziyat shundan iboratki, tadqiqot davomida oldin ma’lum bo‘lmagan xodisa haqida axborot (fakt) olinadi, lekin mavjud nazariya (g‘oya, ta’limot) uning mohiyatini tushuntirib bera olmaydi. Aytaylik, meteorologik kuzatishlar sayyoramizda iqlimni o‘zgarayotganligi, freon tuynugini kengayib borayotganligi haqida ma’lumotlar bermoqda. Ayni paytda bunday o‘zgarishlar mohiyati va qonuniyatlarini tushuntirib beradigan nazariya hali ishlab chiqilgan emas. To‘g‘ri, bu masalada bir-biridan jiddiy farq qiladigan farazlar, nazariy yondashuvlar yo‘q emas.
Muammoli vaziyat oldingi bilish bilan tushuntirilmagan yangi fakt o‘rtasida ziddiyat borligini natijasidir. Ziddiyatni hal qilish uchun muammoni qo‘yish, unga oid masalalarni belgilab olish kerak.
Ilmiy muammoni qo‘yish vaqtida uni xar tomonlama tavsiflashga to‘g‘ri keladi. Ilmiy muammoni tavsiflash – bu bosh masalani ajratib olish, tadqiqot predmeti bo‘yicha ham o‘rganlmagan masalalarni aniqlash, kutilayotgan natija va izlanish istiqbolini belgilab olishdan iboratdir.
Muammoni tavsiflashda bir qator me’yoriy talablarga rioya qilinadi. Shakliy (stilistik) me’yorlar:
- qaytarish va tavtologiyalarga yo‘l qo‘ymaslik, ko‘p ma’noli atamalarni ishlatmaslik;
-shartli belgilar birligini saqlash;
-nostandart belgi va birliklarni ishlatmaslik.
Muammo mazmuniga oid me’yorlar:
-hukm va mulohazalarni chin bo‘lishi;
-muammoni aniq va ravshan ifodalash;
-muammodan masala va savollarni keltirib chiqarishda izchillik talabiga rioya qilish;
-tatbiq qilinayotgan vositalar va usullarni tadqiqot maqsadi va natijasiga mos kelishi.
Qayd etilgan me’yoriy talablarga rioya qilgan holda ilmiy muammoni tavsiflash, matnda bayon qilish uning sifat ko‘rsatkichlari va ahamiyatini oshiradi, mantiqiy va nazariy asoslanganlik darajasini ko‘taradi.
Yana bir muhim metodologik masala muammoni ishlanganlik darajasini aniqlashdir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra ixtiro qilinganlik haqida yuborilgan talabnomalarni 40-50% u yoki bu darajada hal qilingan masalalarni takrorlaydilar. Fanda yakka tartibda ishlaydigan tadqiqotchilar orasida ishlangan mavzuni tanlab, takrorlash hodisasiga yo‘l qo‘yadigan izlanuvchilar oz emas. Odatda ish yaxshi, yuqori saviyada tashkil qilingan ilmiy jamoalarda bunday kamchiliklar deyarli uchramaydi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish